2. O’zbekiston bank tizimini isloh qilish va ikki pog’onali bank tizimining yaratilishi.
Banklarning ikki pog’onali tizimi paydo bo’lishi pul muomalasi barqarorligini ta’minlash zaruratining oqibati bo’ldi, iqtisodiyotning "sog’lomligi" ko’p jihatdan ana shunga edi. Pul aylanishini umumilliy darajada tartibga solish huquqini olgan banklar keyinchalik yoki to’la davlat banklariga yohud davlat bilan mustahkam bog’liq bo’lgan banklarga aylanadi bu esa ularga davlat pul-kredit siyosatini amalga oshirish imkonini beradi.
Markaziy bank-bank tizimi mavjud bo’lgan barcha davlatlar pul-kredit tizimining asosini tashkil qiladi. Markaziy bankning moliya bozoridagi o’rni mamlakatda bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga va xususiyatiga bog’liq.
Bu esa o’z navbatida ikki pog’onali bank tizimini shakllanishiga asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Chunki buning tepasida Markaziy bank bo’ladi.
Ikki pog’onali bank tizimining zarurli bozor munosabatlarining qarama-qarshiliklaridan kelib chiqadi. Bir tomondan, bu xususiy moliya mablag’laridan erkin foydalanish xuquqini talab qiladi. Bu quyi pog’ona banklar-tijorat banklari orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi tomondan, bu munosabatlarni ma’lum miqdorda tartibga solish nazorat qilish maqsadli yo’naltirish zarur. Bunday maxsus institut sifatida Markaziy bank yuzaga chiqadi.
4.O’zbekiston bank tizimining zamonaviy holati.
Bank tijorati "Hamma narsa mijoz uchun hamma narsa uning foydali faoliyatini ta’minlash uchun" qoidasi asosida harakat qilishi lozim. Bankning amaliy faoliyatida eng muhimi mijozning foyda ko’rishi, undan keyingina bankning foydasi, chunki pirovard natijada mijoz foyda olib faoliyat ko’rsatgandagina bank ham foyda olgan bo’ladi, sababi-kreditlar bo’yicha foizlar faqat mijoz olgan foyda hisobidan to’lanadi. Bank mijozning foyda olishi uchun shart-sharoit yaratar ekan, demak o’zining manfaatini ham amalga oshirgan bo’ladi. Banklarning kelajakdagi yangi xizmat turlarini kengaytirish va mijozlarni yanada jalb qilish maqsadi yuzasidan; “Zamonaviy bank xizmatlari bu tarmoqni kengayishida turtki bo’ladi”,- deydi amerikalik taxlilshunos olima Keyt Stalter.11 Shunday ekan, tijorat bankning mijozlarga nisbatan sheriklik munosabati o’zaro manfaatdorlik qoidasiga asoslanishi lozim. Bank uchun ham mijoz uchun ham hamkorlik tufayli kozonilgan ishonch ular o’rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlaydigan jiddiy omilga aylanadi. Yaxshi sherik bo’lishni istagan bank o’z mijozlarini xizmatlar "majmuasi"bilan ta’minlashi zarur. Tijorat banklari xizmatining an’anaviy turlari qatorida, jumladan, xar-hil kreditlar berish barobarida valyuta, trast operatsiyalarini ham bajaradilar, ayni paytda o’z mijozlarining iqtisodiyotini to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |