2. Bankning o’z aktsiyadorlari oldidagi majburiyati. Banklararo hamkorlik bo’yicha asosiy majburiyatlar. Bank xodimining kasb odob-ahloqi Kodeksiga ko’ra, banklar o’z aktsiyadorlari oldida quyidagilarga rioya etishga majburdir:
aktsiyadorlarni bank faoliyatini boshqarishda, dastavval hal qiluvchi qarorlar qabul qilishda korporativ tamoyillarga asoslangan holda ularning real ishtirokini ta’minlash;
aktsiyadorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini cheklab qo’yishga yo’l qo’ymaslik;
bank boshqaruvi organlari faoliyatida maksimal shaffoflikka erishish, aktsiyadorlarni bank faoliyati haqida doimiy va o’z vaqtida axborotlar bilan ta’minlanishi uchun sharoit yaratish.
3.Banklar mijozlar bilan munosabatlarni o’rnatish. Banklarning o’z xodimlari oldidagi majburiyatlari.
Bank xodimining kasb odob-ahloqi Kodeksiga ko’ra, banklar mijozlar bilan munosabatlarni o’rnatishda quyidagilarga majburdir:
banklarning mijozlar bilan munosabatlari o’zaro ishonchga asoslangan shartnomalar asosida tuziladi. Shu bilan birga, bank xodimlari mijozlarga nisbatan iltifotli, xayrixoh va e’tiborli bo’lishlari kerak;
umumqabul qilingan yagona mazmundagi ibora va so’zlarni ishlatishlari va o’zaro munosabatlarni vijdonan hamjihatlik asosida qurishlari lozim;
bank tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar va mahsulotlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va talab etiladigan texnik talablarga mos kelishi lozim;
o’rsatiladigan xizmatlar va bank mahsulotlari to’g’risida to’liq ma’lumotlar taqdim etishda, mijozlarda qiyinchlik tug’dirgan masalalarning echimini topishda ko’mak ko’rsatish zarur.
4. Korporativ xulq odobi qoidalari. Bank xodimlarining mas’uliyati.
Bank tizimi xodimlari: korporativ madaniyat va xulq odobini namoyon etuvchilari hisoblanadi;
o’z jamoasini va mehnatni qadrlaydi, bankning umumiy ishi uchun o’zida javobgarlik hissini tarbiyalab borishi zarur;
korporativ xulq odobi qoidalarini va qabul qilingan qo’shma qarorlarni hurmat qilishi, jamoa ishlarida ishtirok etishi, ishbilarmonlik va samarali hamkorlikka intilishlari zarur;
hamkasblari va mijozlar bilan muloqot davrida xayrixoh bo’lishlari lozim;
bank tizimi obro’sini tushirishga va bank xodimini mehnat imijini pastga urilishiga yo’l qo’ymasligi zarur;
bank tizimining yaxshi an’analarini saqlashi, bank tizimida yangi ish boshlagan xodimlarga ushbu an’analarni, kasbiy tajraba va ko’nikmalarni etkazishi zarur.
Bank xodimining kasb odob-ahloqi Kodeksiga ko’ra, xizmatdagi odob-ahloq qoidalari asosan qo’yidagilar hisoblanadi.