Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


-mavzu. Tijorat banklarining tarkibiy tuzilishi, vazifalari va bank hujjatlarining turlari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə53/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95
Fakulteti

4-mavzu. Tijorat banklarining tarkibiy tuzilishi, vazifalari va bank hujjatlarining turlari


1. Tijorat banklarining makroiqtisodiy o’sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashdagi roli.
2. Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatining uzluksizligini ta’minlashdagi ahamiyati.
3. Aholining turmush farovonligini oshirishda tijorat banklarining iste’mol va ipoteka kreditlarining o’rni va ahamiyati.


1. Tijorat banklarining makroiqtisodiy o’sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashdagi roli.

Jahon amaliyotida umumiy biror ehtiyojni qoplash uchun ishlatiladigan kreditlar mavjud. Bunda bank tomonidan beriladigan kreditlar qarz oluvchining moliyaviy resurslarga bo’lgan turli ehtiyojlarini qondirish uchun o’z ixtiyori bo’yicha ishlatiladi. Hozirgi sharoitda ular qisqa muddatli kreditlash sohasida cheklangan tarzda qo’llaniladi, o’rta va uzoq muddatli kreditlashda umuman qo’llanilmaydi. Bizning amaliyotimizda banklar tomonidan biror maqsadni amalga oshirish uchungina kreditlar beriladi.


Kreditning qaysi maqsad uchun berilayotganligi kredit shartnomasida ko’rsatiladi va bank tomonidan berilgan resurslar qarz oluvchi tomonidan faqatgina shartnomada ko’rsatilgan masalani hal etish uchun ishlatiladi. (masalan, olinayotgan tovarlar bo’yicha hisoblashish, ish haqi to’lash va h.k. uchun) Qarz oluvchi tomonidan ko’rsatilgan majburiyatlarning buzilishida bitimda ko’rsatilgan jarimalar qo’llaniladi.
2. Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatining uzluksizligini ta’minlashdagi ahamiyati.
Tijorat banklari tomonidan xo’jaliklarga berilgan xar bir kreditlar sifatini tovar moddiy kiymatlari va ishlab chiqarish harajatlari bilan taminlangan bo’lishi lozim. Kreditning bu sharti boshqa shartlar bilan o’zaro bog’liq bo’lib, o’z vaqtida ularning bajarilishini ham ta’minlaydi. Qachonki beradigan kreditlar to’la ta’minlangan bo’lsa, kredit o’rnatilshi muddatda, to’lov bilan qaytarish mumkin, aks holda kreditning qaytarilishi ma’lum muddatga kechikishi yoki boshqa negativ holatlar sodir bo’lishi mumkin.
Xo’jaliklarni qisqa muddatli kreditlash «O’zbekiston Respublikasi banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun»ga muvofiq amalga oshiriladi Qisqa muddatli kreditlar yuqoridagi shartlar asosida o’z balansiga ega bo’lgan, iqtisodiy jihatdan mustaqil, o’z mablag’lariga korxonalar to’g’risidagi qonunga bo’ysunuvchi shaxslarga beriladi.
Kredit paketining tashkil topishi va uning tahlili quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
1. Bundan qarz oluvchi mijoz rahbarining mutaxassisiligi, ishbilamonlik qobiliyati, xujjatning boshqa xo’jaliklar bilan munosabatlari va so’rayotgan kreditni ishlatishdan maqsad kabi holatlar aniqlanadi.
2. Qarz oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlash va baholash. Bu bilan so’ralayotgan kreditning tavakkalchilik darajasini aniqlash, uning qaytarilmaslik imkoniyatlari va boshqa moliyaviy holatlar aniqlanadi.
3. So’ralayotgan kreditning bahosini aniqlash (foiz o’rnatish).
4. Kredit shartnomasini tayyorlash va uning kuchga kiritilishi.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin