Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


Bank kadrlari tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə51/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95
Fakulteti

4. Bank kadrlari tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlari.



Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. Chunki ta’lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog’liq bo’lgan holat va hodisalar o’rgatiladi. Bu jarayonda o’quvchi jamiyatga «kirishadi» va u bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular ma’lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko’rsatma) orttiradilar, ya’ni, ijtimoiylashadilar.
Ijtimoiylashuv uzoq davom etadigan murakkab jarayon. Chunki har qanday jamiyat rivojlanish jarayonida ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar, ideallr, axloqiy me’yorlar va qoidalar tizimini ishlab chiqadi, har bir bola yuqoridagi qoidalarni qabul qilib, o’rganib mazkur jamiyatda yashash, uning a’zosi bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buning uchun jamiyat u yoki bu shaklda shaxsga maqsadga muvofiq ta’sir etadi. Bu ta’sir ta’lim vositasida amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, shaxsning shakllanishiga turli g’oyalar, ijtimoiy muhit ta’sir ko’rsatadi.

3-mavzu. Bank xodimining kasb odob-ahloqi kodeksi va uning mazmun mohiyati.


1.Bank xodimining kasb odob-ahloqi kodeksi va uning mazmun mohiyati.
2.Bankning o’z aktsiyadorlari oldidagi majburiyati. banklararo hamkorlik bo’yicha asosiy majburiyatlar.
3. Banklar mijozlar bilan munosabatlarni o’rnatish. banklarning o’z xodimlari oldidagi majburiyatlari.
4. Korporativ xulq odobi qoidalari. Bank xodimlarining mas’uliyati.


1.Bank xodimining kasb odob-ahloqi kodeksi va uning mazmun mohiyati.

Bank xodimining kasb odob-ahloqi Kodeksi O’zbekiston Respublikasi bank hamjamiyatida ish yuzasidan o’zaro hamkorlikni mustahkamlash va haqqoniy raqobat uchun sharoitlarni yaratish maqsadlarida ishlab chiqilgan.


Kodeks banklarning barcha xodimlari rioya etadigan odob-ahloqning asosiy etik me’yorlarini belgilab beradi.
Ushbu Kodeks bandlarini bajarilishi, banklar va boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bank mijozlariga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatishda ishbilarmonlik va kasb odob-ahloqiga rioya etishlari, ularning kasbiy mahorati, shuningdek ular faoliyatining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, hamda umumqabul qilingan odob-ahloq me’yorlariga muvofiqligining qo’shimcha isboti, garovi va ishonchliligi bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi banklari o’zining professional faoliyatini quyidagi tamoyillar asosida olib boradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, kasb odob-ahloqi me’yorlari va ananalarga so’zsiz rioya qilish;

  • jamiyat va davlat oldidagi o’zining fuqarolik va professional burchlarini anglash, amaldagi qonunchilik me’yorlariga asoslangan davlat organlarining talablarini o’z vaqtida va to’liq bajarish;

  • bank biznesi sohasiga jalb qilingan bank mijozlari, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini hurmat qilish;

tijorat banklarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin