6-mavzu. Markaziy banklarning vujudga kelish sabablari va rivojlanish shart-sharoitlari
1. Markaziy bank faoliyatining maqsadlari.
2. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; “banklarning banki” funktsiyasi; “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi.
3. Milliy valyutaning barqarorligin ta’minlash – Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadi sifatida.
1. Markaziy bank faoliyatining maqsadlari.
Markaziy bank orqali davlatning iqtisodiy siyosati, yanada aniqrog’i davlatning pul-kredit siyosati olib boriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosati davlatning shu iqtisodni boshqarish siyosatining bir qismi bo’lib, muomaladagi pul massasi, kredit hajmi, foiz stavkalari darajasini va boshqa pul muomalasi va ssuda kapitali bozori ko’rsatkichlarini o’zgartirish bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar yig’indisidan tashkil topadi.
Odatda Markaziy bank - bu davlat balki, masalan, Angliya banki, Frantsiya banki, Buides bank, Yaponiya banki, Shvetsariya milliy banki, Finlyandiya banki va boshqa yagona banklardan tashkil topadi. Biroq, AQSh Markaziy bank 12 xududiy Federal banklardan, ya’ni federal zahira tizimi (FRS) boshqaruv kengash tomonidan boshqariladigan bo’limlardan iboratdir.
Markaziy bank kapitaliga bo’lgan mulk shakliga ko’ra, ular Davlat (kapital davlatga tegishli) aktsioner va aralash kapitalli turlariga bo’linadi.
Ba’zi Markaziy banklar Davlat banklari ko’rinishlarida shakllanadilar. Ularga Nemis Federal Banki (Germaniya Bundes banki). 1957 yilda Rexs bankning davomchisi (1975 yilda paydo bo’lgan ) sifatida shakllandi. Ba’zi Markaziy banklar- oldin xususiy bank masalan, Angliya banki (1694), Frantsiya banklari (1800y.) sifatida keyinchalik esa milliylashtirilib davlat bankiga aylantirilgan.
2. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; “banklarning banki” funktsiyasi; “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zahiralarini boshqarish funktsiyasi.
Markaziy bank “tor” va “keng” ma’noda pul -kredat siyosatini olib borishi mumkin. “Tor” siyosatda valyuta bozorida investitsiya, xisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar buyicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursini maqbulliliga erishish tushuniladi. “Keng” siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash olib borish tushuniladi. Pul-kredit siyosatining xalqaro jihatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to’lov balansi kabi masalalarning echimiga qaratilgan bo’ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
-minimal majburiy rezerv normalarini o’rnatish,
-foiz (diskont) siyosati ,
-tijorat banklarini qayta moliyalashtirish,
-ochiq bozor siyosati,
-targetlash va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |