Mustaqil ta’lim yozish uchun talaba avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta o‘zlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni “matn” yoki “referat” tarzida yoritishi uchun talaba mavzu doirasida 3-4 reja qo‘yiladi va xulosa beriladi. Mavzu doirasida qo`shimch adabiyotlardan ma`lumotlar, dalillar, statistik ma’lumotlar to‘planadi. Tahlil qilinayotgan masala bo‘yicha mavjud fikrlar, qarashlar bayon qilinadi. Talaba ularga o‘z nuqtai nazarini bildiradi. Mustaqil ta’lim hajmi qo‘l yozma shaklda 15-20 bet atrofida, shakilda berishi lozim (slaydlardan tashqari).Talaba mavzu doirasida tarqatma materillar, psixologik vaziyatlar to`plashi lozim.
Mustaqil ta’limni yozishda dastlab mavzuga, xususan, uning rejalariga oid ma’lumotlar yig‘iladi va tartiblashtiriladi, so‘ngra, ketma-ketlikda yoziladi. Mustaqil ta’limning asosiy qismida barcha muhim fikrlar aks ettirilishi zarur. Rejaga binoan, mustaqil ta’limning asosiy qismi yig‘ilgan materialni taqsimlashga ko‘ra mos ravishda savollar va savolchalarga (qismlarga) ajratilishi talab etiladi. Materialni ifoda etish tavsifiy harakterga ega bo‘lmasligi kerak. Mos ravishda xulosalari bo‘lgan tahlili bo‘lmog‘i lozim. Shuningdek, matnda iqtibos (sitata) keltirilsa yoki mualliflar ilmiy-tadqiqot ishlaridagi xulosalar, qaydlar, mulohaza va fikrlardan foydalanilgan holatda muqarrar ravishda havolalar bo‘lishi lozim. Mustaqil ta’lim ravon tilda aniq yozilgan bo‘lishi va jalb etadigan ko‘rinishga ega bo‘lmog‘i lozim. So‘zlar qisqartirilishiga, faqat umumiy qabul qilinganlardan tashqari, shuningdek, xatoliklarga, tushunarsizliklarga, stilistik tafovutlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Mustaqil ta’lim ilmiy rahbarga taqdim etilishi holatida barcha taraflama maksimal darajada me’yoriga etkazilgan bo‘lmog‘i lozim.
Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan mustaqil ta’lim kompyuterda 14-shrift, 1,5 interval oralig‘ida A4 shaklidagi qog‘ozning bir tomonida chapdan - 3 sm, o‘ngdan - 1,5 sm, yuqori va pastidan - 2 sm. dan kam bo‘lmagan hoshiya qoldirilgan holda terilishi talab etiladi.
Matn sahifalari tartib raqamlariga ega bo‘lishi lozim. Tartib raqamlari bir varaqdan ikkinchi varaqqa o‘tadigan va 3- betdan boshlanishi (birinchi va ikkinchi varaq – bu titul varag‘i va ish rejasi bo‘lib, sahifalanmaydi) lozim bo‘ladi. Varaq tartib raqami yuqori yoki pastiga o‘rtadan yoki o‘ng tomoniga qo‘yiladi.