Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanidan O‘quv-uslubiy majmua


ASOSIY QISM (ma’ruza mashg‘ulotlari)



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə77/95
tarix21.07.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#62860
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95
Fakulteti

ASOSIY QISM (ma’ruza mashg‘ulotlari)


1-mavzu. “Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti
“Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanining maqsadi va vazifalari. Fanning predmeti. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro aloqadorligi.


2-mavzu. “Bank ishi” yo’nalishida mutaxassislikka qo’yilgan talablar va fanlar mazmuni
“Bank ishi” yo’nalishida mutaxassislikka qo’yilgan talablar va fanlarning mazmuni bank sohasiga doir bo’lgan huquqiy va me’yoriy hujjatlar mazmunini chuqur tahlil etish.


3-mavzu. Bank xodimining kasb odob-axloqi kodeksi va uning mazmun mohiyati
Bank xodimining kasb odob-ahloqi kodeksi. Kasb odob-axloqi me’yorlari va ananalarga so’zsiz rioya qilish. Jamiyat va davlat oldidagi o’zining fuqarolik va professional burchlarini anglash, amaldagi qonunchilik me’yorlariga asoslangan davlat organlarining talablarini o’z vaqtida va to’liq bajarish. O’ziga olingan majburiyatlarga rioya qilish va yuqori saviyali va sifatli xizmat ko’rsatilishini ta’minlash.O’zaro hurmat, hamfikrlik va o’zaro yordam berish asosida xalqaro professional aloqalarni o’rnatish va rivojlantirish;korporativ boshqaruv, shuningdek bank xizmatlarini ko’rsatishda halollik yuzasidan ichki va o’zaro nazoratni o’rnatish. O’z ish faoliyatining sifati va natijalari bo’yicha javobgarlikning to’laqonliligi.


4-mavzu. Tijorat banklarining tarkibiy tuzilishi, vazifalari va bank hujjatlarining turlari
Tijorat banklarining boshqaruv organlari va ularning tuzilishi: aksiyadorlar umumiy yig’ilishi, bank kengashi, bank boshqaruvi. Bankning bosh ofisi, bankning mintaqaviy, shahar, tuman filiallari, bank bo’limlari, minibanklar. Bank faoliyatida qo’llaniladigan hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirish: dalolatnoma, ariza, taftish xulosasi, kredit xulosasi, da’vo arizalari, rasmiy xat va boshqa hujjatlar.


5-mavzu. Banklarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o’rni
O’zbekiston bank tizimining yuzaga kelishi. O’zbekiston bank tizimini isloh qilish va ikki pog’onali bank tizimining yaratilishi. Banklarining makroiqtisodiy o’sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashdagi roli. Banklarning uzoq muddatli kreditlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsion xarajatlarini moliyalashtirishning muhim manbai sifatida. Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatining uzluksizligini ta’minlashdagi ahamiyati. Aholining turmush farovonligini oshirishda tijorat banklarining iste’mol va ipoteka kreditlarining o’rni va ahamiyati. Mamlakatning eksport salohiyatini yuksaltirishda tijorat banklari kreditlarining ahamiyati.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin