6-mavzu. Markaziy banklarning vujudga kelish sabablari va rivojlanish shart-sharoitlari Dastlabki Markaziy banklarning vazifalari; Shvetsiya va Angliya Markaziy banklari; Emission faoliyatni markazlashtirish; tijorat banklari faoliyatini tartibga solish; mamlakatda narxlar darajasini ushlab turish; milliy valyuta barqarorligini ta’minlash. Markaziy banklar va ularning mustaqillik maqomi davlat Markaziy banklari; boshqa mulkchilik shaklidagi Markaziy banklar.Markaziy bank faoliyatining maqsadlari. Markaziy bankning funktsiyalari: emission funktsiya; “banklarning banki” funktsiyasi; “davlatning banki” funktsiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funktsiyasi. Milliy valyutaning barqarorligin ta’minlash – Markaziy bank faoliyatining strategik maqsadi sifatida. Markaziy bankning mamlakat bank tizimining barqarorligini ta’minlashdagi roli.
7-mavzu. Jahon bank amaliyotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar Moliyaviy globallashuv sharoitida Markaziy banklarning monetar siyosati rejimlarining transformatsiya bo’lishi. Yevropada uch pog’onali bank tizimining yuzaga kelishi. Investitsion banklar va universal tijorat banklari faoliyatidagi o’zaro farqlarning tobora yo’qolib borishi.
8-mavzu. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablar va uni yozish tartibi Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishi haqida dastlabki nazariy tushunchalar. Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishini yozish bo’yicha uslubiy ko’nikmalarni shakllantirish.
9-mavzu. Banklarda malakaviy amaliyot o’tish va hisobot tayyorlash Tanishuv amaliyoti. Ishlab chiqarish amaliyoti. Bitiruv-oldi malakaviy amaliyot.
Amaliyot davrida tegishli hujjatlarni yig’ish va hisobotni shakllantirish.
Amaliy mashg’ulotlar Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
amaliy mashg’ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
talabada natijani mustaqil ravishda qo’lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;
talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash.
Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
“Bank va kasbiy faoliyat asoslari” fanining maqsadi, vazifalari va predmeti
“Bank ishi” yo’nalishida mutaxassislikga qo’yilgan talablar va fanlar mazmuni
Bank xodimining kasb odob-axloqi kodeksi va uning mazmun mohiyati
Tijorat banklarining tarkibiy tuzilishi, vazifalari va bank hujjatlarining turlari
Banklarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o’rni
Markaziy banklarning vujudga kelish sabablari va rivojlanish shart-sharoitlari.
Jahon bank amaliyotida sodir bo’layotgan o’zgarishlar
Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishiga qo’yiladigan talablar va uni yozish tartibi
Banklarda malakaviy amaliyot o’tish va hisobot tayyorlash
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akadem. guruhga bir o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi lozim. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.