Annotatsiya: Iqtisodiyotning raqamli modernizatsiyasi hozirgi kunda juda ham ommaviy masalalardan biri hisoblanadi. Jahon iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishi sharoitida alohida davlatlar iqtisodiyotining integratsiyasi va toʻlov tizimlarining rivojlanishi, xususan, naqdsiz toʻlov shakllari, banklarning raqamli xizmatlari turlarini rivojlantirish yoʻnalishi kuzatilmoqda. Bank tizimiga elektron axborot texnologiyalarining kirib kelishi esa bu yoʻnalishdagi serharajat ishlarni yangicha tashkil etish, takomillashtirishga sharoit yaratdi. Ushbu maqolada, bank tizimiga raqamli axborot texnologiyalarini kirib kelishi haqida fikr va mulohazalar yuritiladi.
Kalit so'zlar: bank, bank tizimi, raqamli bank, elektron axborot, modernizatsiya, transformatsiya, mijoz, bank xizmatlari.
KIRISH Bank tizimi bozor iqtisodiyotining muhim va ajralmas qismi-dir. Tovar pul munosabatlarining keng miqyosda rivojlanishi bank-lar oldida yangidan-yangi operatsiyalar bajarishga imkoniyatlar ochib beradi.Shuning uchun ham, respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablari-ga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug‘ildi. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining bosh maqsadi jahon tala-biga mos keluvchi, rivojlangan milliy kredit tizimiga ega bo‘lish, xo‘jaliklar va aholining bo‘sh turgan mablag‘larini jalb qilish va uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishishdan iborat. Bu maqsadga erishishni taminlash uchun davlatimiz tomonidan mamlakatimiz bank sektorining rivojlanishini ta’minlovchi zaru-riy makroiqtisodiy sharoitlarni hamda bank tizimi barqarorli-gini ta’minlash, shuningdek, bank nazorati tizimini va banklar faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish, banklarning depozit, kredit, va investitsiya faoliyatini yanada rivojlantirishga erishish va banklar o‘rtasida raqobat bo‘lishini ta’minlashga asos yaratishdan, nobank tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, moliya-kredit sektorining huquqiy bazasini yaxshilash, ularning moddiy-texnik jihatdan samarali taminlanganligiga erishish kabi choralarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.