O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SBHA 81-GURUH TALABASI NAGASHIBAYEV TEMURNING
“BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBI” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI.
Tijorat banklarining foiz siyosati va hisobi
Reja: Tijorat banklari foiz siyosatining mohiyati, usullariva turlari
Banklarda foiz siyosatining huquqiy asoslari
Tijorat banklarida foiz siyosati holati tahlili
O'zbekiston Respublikasi banklarda foiz siyosatini takomillashtirish yo'llari.
Lekin amaliyotda tijorat banklarini kredit muassasasi va kredit tashkiloti deb atash keng tarqalgan. Boshqa moliyaviy institutlar ko’plab moliyaviy xizmatlarni taklif qilishlariga qaramasdan, faqatgina banklar bir paytning o’zida depozitlar qabul qiladi va shular hisobidan ssudalar beradi.
Depozit mahsulotlariga talabga ko’ra yoki ba’zi so’rovdan so’ng haq to’lanadi. Depozitlar banklar foydani maksimallashtirish uchun boshqarilishi kerak bo’ladigan majburiyatlar hisoblanadi. Shuningdek, ular ssuda orqali yaratilgan aktivlarni asosini tashkil qiladi. Shunday qilib, bu faoliyatning asosi depozitchilar va qarz oluvchilar o’rtasidagi vositachilik jarayonidir.Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatidagi o’ziga xos maqomni quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi.Tijorat banklari butun iqtisodiyotda subektlari hamda aholini kreditlaydigan qudratli moliya institutlari hisoblanadi. Bugungi kunda ularning kreditlarisiz biror bir mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash va uy-joy muammosini hal qilish mumkin emas. Tijorat banklari aholiga va xo’jalik yurituvchi subekt, hisob-kitob kassa xizmat ko’rsatadigan moliyaviy institut hisoblanadi.Tijorat banklari faoliyati davlat tomonidan qattiq nazorat qiladigan moliya institutidir. Davlat odatda tijorat banklari faoliyatini Markaziy bank orqali nazorat qiladi. Bunday qattiq nazoratning asosiy sababi banklarga depozitlar va omonatlar berish huquqini berilganligidir.
Tijorat banklari shartnoma asosida mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko’rsatadigan kredit institutlari hisoblanadi.Bu moliyaviy xizmatlarning bahosi bank va mijoz o’rtasidagi kelishuvga asoslandi. Hech qaysi davlat organi bank xizmatlari bahosini shakllanish jarayonida aralashishiga haqqi yo’q.Tijorat banklari mijozlarning bankka jalb etilgan mablag’larini sir tutishi ni kafoltlaydigan moliya institute hisoblanadi. Bu kafolatlar bank siri to’g’risidagi qonunda o’z ifodasini topadi.Tijorat banklari ishlab chiqarish, sug’urta va savdo faoliyati bilan shug’ullanish man etilgan instituti.Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lar doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozit va omonatlar jalb qilishga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo’yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo’ladi. Undan tashqari chetdan jalb qilingan va qo’yilgan mablag’lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag’lardan unumli foydalanishga asos yaratadi. Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud bo’lgan mablag’lar chegarasida xizmat ko’rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to’lovni amalga oshirish, boshqalarga kredit xizmatini ko’rsatish va vakillik hisob varag’ida qolgan qoldiq chegarasida naqd pullik operatsiyalarni bajarishi mumkin. 1)Tijorat banklari foiz stavkalaridan har doim iqtisodiyotni makro va mikro darajada tartibga solish uchun foydalaniladi. Agar iqtisodiyotni mikro darajada oʻrganadigan boʻlsak, tijorat banklari tomonidan foiz siyosatini qay darajada samarali ishlab chiqganligiga, yaʻni kredit va depozitlar boʻyicha oʻrnatilgan foiz stavkalariga bogʻliq boʻladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish yoʻlida moliyaviy xizmatlar bozorida tijorat banklari faol ishtirok etib kelmoqda. Ular tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga turli xildagi xizmatlar koʻrsatilmoqda. Umuman olganda, aholiga taklif etilayotgan va uning turli qatlamlari uchun qulay va manfaatli boʻlgan omonat turlarining soni oshib bormoqda. Yuridik shaxslarga, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga turli yoʻnalishlarda qisqa va uzoq muddatli kreditlar berilmoqda, banklarning lizing operatsiyalari hajmi ortib bormoqda. Maʻlumki, tijorat banklari depozitlari va kreditlari miqdorining oʻsishi tijorat banklari foiz siyosati bilan chambarchas bogʻliqdir. Bank tomonidan depozitlar boʻyicha oʻrnatiladigan foiz stavkalari, shuningdek, kreditlar boʻyicha undirish uchun belgilangan foiz stavkalari bankning depozit va kredit operatsiyalari hajmining oʻsishiga bevosita taʻsir koʻrsatadi. Tijorat banklari baho siyosati bank xizmatlariga va mahsulotlariga baho o‘rnatish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Baho siyosati nafaqat bank boshqaruvida asosiy komponent vazifasini bajaradi, balki bank daromadliligini boshqarishda iqtisodda ustuvor ham hisoblanadi. Tijorat banklarining baho siyosati asosiy yo‘nalishi bu banklarning foiz siyosatidan iborat bo‘ladi. CHunki, banklar aktiv va passivlar bo‘yicha foiz siyosatini amalga oshirish orqali baho belgilanadi.
Bank sohasida «aktiv» va «passiv» operatsiyalar bo‘yicha foizlar uchraydi. Aktiv operatsiyalar bo‘yicha foizlar – bu mijozlar tomonidan bankka to‘lanadigan foizlar. Passiv operatsiyalar foizlar esa, bu mijozlarning depozit va jamg‘armalari bo‘yicha bank tomonidan to‘lanadigan foizlar. Qarz beruvchi va qarz oluvchilar o‘rtasida moliyaviy vositachilar sifatida qatnashayotib, banklar birinchilardan olingan mablag‘larni ikkinchilarga vaqtinchalik foydalanishga beradilar. Bunda qarz beruvchilar depozitlar bo‘yicha foizlar oladi, qarz oluvchilar ma’lum vaqtda mablag‘lardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar bank manfaati esa marja ko‘rinishida ifodalanadi.Bank foizidan foydalanish mexanizmi bir nechta elementlarni o‘zida mujassamlashtiradi va uning yordamida bank foiz siyosati vujudga keladi hamda uning amaldagi ko‘rinishi ssuda foizi hisoblanadi. Bank foiz stavkasiga olimlar turlicha ta’riflar berganlar. Masalan I.O. Lavrushin bank foizini kredit munosabatlarida qatnashuvchi sub’ektlardan biri bank bo‘lgan holda vujudga kelishini ta’kidlaydi. Ssuda foizi esa ssudan vaqtinchalik foydalanishga ssudalashtiriladigan o‘ziga xos narx hisoblanadi. SHunga o‘xshash ta’rifni yana bir olim Tavasiev berib u shunday deydi: "banklar uchun pullar o‘zida "oldi-sotdi" predmetini ifodalab o‘zining narxi bo‘lgan bank foiziga ega". Nazariy nuqtai nazardan uni to‘lash manbai bo‘lib kreditdan foydalanish natijasida olinadigan qarz oluvchi foydasining bir qismi hisoblanadi.Bank foizining turli xil formalari mavjud bo‘lib ular: depozit foizi ko‘rinishida, ssuda foizi bo‘yicha, shu bilan birlikda banklararo kreditlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha investitsiya foizlari va boshqalar.Bank foizi mazmunida shuni nazarda tutish kerakki, bank muassasalari o‘zining mablag‘larini emas, balki chetdan keladigan mablag‘larni ssudaga joylashtiradi. Bank faoliyatida bajarilmaydigan majburiyatlar riski, aktiv tomondan pul qo‘yuvchilarning ham passiv tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi riskini oshiradi.
Bank foizi 2 xil ma’noda foydalaniladi: Bank foizining turli xil formalari mavjud bo‘lib ular: depozit foizi ko‘rinishida, ssuda foizi bo‘yicha, shu bilan birlikda banklararo kreditlar, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha investitsiya foizlari va boshqalar. Bank foizi mazmunida shuni nazarda tutish kerakki, bank muassasalari o‘zining mablag‘larini emas, balki chetdan keladigan mablag‘larni ssudaga joylashtiradi. Bank faoliyatida bajarilmaydigan majburiyatlar riski, aktiv tomondan pul qo‘yuvchilarning ham passiv tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi riskini oshiradi. Bank foizi 2 xil ma’noda foydalaniladi: 1.Bank jalb qilgan mablag‘lar (boshqa kredit tashkilotlaridan olingan banklararo kreditlar, jismoniy va yuridik shaxslarning omonotlari va depozitlariga foiz, mijozlarning hisobvaraqlaridagi qoldiqlarga foiz) ga to‘laydigan qiymatni ifodalashda; 2.Bank joylashtiradigan mablag‘larga olinadigan qiymatni ifodalash uchun . Boshqacha qilib aytganda bank foizi turli shakllarda : Depozit foizi; Ssudalar bo‘yicha foiz; Banklararo kreditlar bo‘yicha foiz; Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar bo‘yicha foizlar. Kredit summasiga muvofiq kelmagan foizning mutloq miqdori hech narsani anglatmaydi. SHu sababdan kredit kelishuvining samaradorligini oydinlashtirish kredit qiymatining u yoki bu ma’qul qiymatni aniqlash uchun nisbiy ko‘rsatkich - foiz normasi ko‘rsatkichidan foydalaniladi: Ssuda kapitali bozorining turli sektorlari xususiyatl 1)Bank jalb qilgan mablag‘lar (boshqa kredit tashkilotlaridan olingan banklararo kreditlar, jismoniy va yuridik shaxslarning omonotlari va depozitlariga foiz, mijozlarning hisobvaraqlaridagi qoldiqlarga foiz) ga to‘laydigan qiymatni ifodalashda; 2)Bank joylashtiradigan mablag‘larga olinadigan qiymatni ifodalash uchun . Boshqacha qilib aytganda bank foizi turli shakllarda : Depozit foizi;aridan kelib chiqib bir turdagi foiz stavkalari (bank va nobank) ning bir necha guruhini ajratish mumkin: Kredit muassasalari Ssudalar bo‘yicha foiz;
Banklararo kreditlar bo‘yicha foiz;
Qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar bo‘yicha foizlar.
Kredit summasiga muvofiq kelmagan foizning mutloq miqdori hech narsani anglatmaydi. SHu sababdan kredit kelishuvining samaradorligini oydinlashtirish kredit qiymatining u yoki bu ma’qul qiymatni aniqlash uchun nisbiy ko‘rsatkich - foiz normasi ko‘rsatkichidan foydalaniladi:
Ssuda kapitali bozorining turli sektorlari xususiyatlaridan kelib chiqib bir turdagi foiz stavkalari (bank va nobank) ning bir necha guruhini ajratish mumkin: 1)Kredit muassasalari o‘rtasidagi qisqa muddatli kredit operatsiyalarida qo‘llaniladigan pul bozori stavkasi; 2)Qayta moliyalashtirish stavkasi; 3)Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi (birlamchi va ikkilamchi bozor) stavkalar; Bank va boshqa kredit muassasalarining nobank tashkilotlariga va jismoniy shaxslar uchun foiz stavkalari. O‘z navbatida yuqoridagi guruhlarning har biri doirasida foiz stavkalarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
Bitim muddatlari bo‘yicha: Qisqa muddatli; Uzoq muddatli. o‘rtasidagi qisqa muddatli kredit operatsiyalarida qo‘llaniladigan pul bozori stavkasi; •Qayta moliyalashtirish stavkasi; Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi (birlamchi va ikkilamchi bozor) stavkalar Hakllanish xarakteri bo‘yicha- bozor va tartiblanadigan to‘g‘ri yoki egri (Markaziy bank va boshqa sub’ektlar stavkalari) stavklariga bo‘linadi. Tartiblanadigan stavkalarga qayta moliyalashtirish stavkasi va Markaziy bank shtraf stavkalari kiradi. Foydalanish ko‘lamiga bo‘yicha- hududiy, milliy va halqaro kredit bozorlarida qo‘llaniladigan stavkalar.
Kreditdan foydalanish davrida o‘zgarish xarakteriga qarab -fiksirlangan (o‘zgarmas) va suzuvchi (o‘zgaruvchi) stavkalarga ajratiladi.
Ssuda foizini belgilar bo‘yicha quyidagicha turga ajratiladi:
Kredit shakllari bo‘yicha - tijorat foizi, bank foizi, iste’mol foizi, lizing bitimlari bo‘yicha foiz, davlat krediti bo‘yicha foiz.
Kredit muassasalari turi bo‘yicha-Markaziy bank hisob stavkasi, bank foizi, lombard foizi.
Investitsiya turi bo‘yicha-oborot mablag‘lariga kredit bo‘yicha foiz, asosiy fondlarga investitsiya bo‘yicha foiz, qimmatli qog‘ozlarga investitsiya bo‘yicha foiz.
Kreditlash muddatlari bo‘yicha foiz.
Kredit muassasalarining operatsiya turlari bo‘yicha foiz.
Bank foizdan foydalanish mexanizmi o‘zida banklar amalga oshiradigan foiz stavkasi siyosatining elementlari majmuini ifodalaydi. Mexanizmning alohida elementlari sifatida quyidagilar ajratildadi: Foiz darajasini shakllantirish usullari;
Foiz stavkalarining differensiyalash mezonlari bo‘yicha;
Markaziy bank tomonidan foiz normasini tartiblash metodlari bo‘yicha;
Foizlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘tkazish va undirish tartibi bo‘yicha;
Foizning qarz oluvchilar moddiy manfaatlar tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligi;
Kredit muassasalarinng daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda foizning o‘rni. Bank foizidan foydalanishning zamonaviy mexanizmi quyidagilar bilan xarakterlanadi: Foiz darajasi kredit bitimi tomonlari o‘rtasidagi kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda shartnoma orqali aniqlanadi.
Markaziy bank doimiy ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ssuda foiz normasini ma’muriy boshqaruvidan uning darajasini qayta moliyalashtirish foiz stavkasini o‘zgartirish va majburiy rezervlar normasini manevrlash orqali tartibga solishning iqtisodiy usullariga o‘tayapti.
Ssudalar bo‘yicha foiz stavkalari tijorat banklari tomonidan kredit kelishuvining aniq shartlarini hisobga olib o‘rnatilmoqda, ya’ni ssuda hajmi va uni tugash muddati, ta’minot mavjudligi, mablag‘larni jalb qilishdagi xarajatlar, kreditni rasmiylashtirish va nazorat bo‘yicha xarajatlar, qarz oluvchining kreditga layoqatliligi va boshqalar.
Bank passiv operatsiyalari bo‘yicha foiz bo‘sh pul mablag‘larini vaqtincha omonatlarga jalb qilish stimuli sifatida oshib bormoqda. Foizlarning o‘tkazilishi va undirilish tartibi shartnomada belgilanadi. Amaliyotda ssuda kunlari sanasi yaqinlashishi bilan oddiy foizlar hisoblash usulidan foydalaniladi. Xozirgi vaqtda foizlarni to‘lash manbasi kredit qo‘yilmalarining yo‘nalishidan kelib chiqib turlichadir. Qisqa muddatli ssudalar bo‘yicha to‘lovlar mahsulot tannarhiga qo‘shiladi, uzoq muddatli va muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha xarajatlar korxona soliqqa tortilgan foydasiga olib boriladi. Zamonaviy mexanizmning xususiyati bevosita foizlar bo‘yicha daromad va xarajatlarning bank yakuniy moddiy manfaatlari bilan bevosita bog‘liqligi hisoblanadi. Bank ssuda kapitalining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari umumiy summasining joylashtirilgan mablag‘lar xajmiga nisbatan ifodalaydi. Ssuda kapitalining tannarxi quyidagi formula orqali hsioblanadi: Bank xarajatlari 2 asosiy elementlardan tarkib topadi:
Resurslarni shakllantirish bo‘yicha xarajatlar;
Bank faoliyatini ta’minlovchi xarajatlar.
Birinchi guruh xarajatlarga- jalb qilinadigan depozitlar (muddatli va talab qilib olingunga qadar depozitlar) ga to‘lovlar, Markaziy bankning resurslariga foiz, banklararo ssudalar bo‘yicha, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha va boshqalar.
Ikkinchi guruhga boshqa operatsion va bank ma’muriy boshqruv xarajatlari kiradi Qimmatliklar va hujjatlarni tashish uchun transport ijarasi xarajatlari; Blankalar, magnit lentalar va boshqa narsalarni sotib olish uchun xarajatlar; hisoblarmarkazi xizmatlariga xarajatlar; Amortizatsiya xarajatlari; Bank xodimlariga ish haqi xarajatlari; Binolarni saqlash va ta’mirlash xarajatlari. Amaliyotda ssuda kapitalining tannarxi aktiv operatsiyalar bo‘yicha foiz darajasini aniqlashda ularni bergan vaqtdan boshlab foizlar hisoblash boshlanadi. Ssuda foizining yuqori chegarasi bozor sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Quyi foiz darajasi bankning jalb qilish va faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlari orqali aniqlanadi. U kreditlash resurslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.
Har bir alohida olingan bitimda foiz normasini hisoblashda tijorat banklari quyidagilarni hisobga oladilar:
Bazaviy foiz stavkasining darajasi, bu ma’lum davrga ta’minlangan ssudalar bo‘yicha bankning eng kreditga layoqatli mijozlari uchun o‘rnatiladi; Alohida har bitim sharoitidan kelib chiqib riskni qo‘shish.
Bazaviy foiz stavkasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Bazaviy foiz stavka=S1+ S2+ P ; (1) Bu erda:
S1 - rejalashtirilayotgan davrga barcha kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi;
S2 - bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha rejalashtirilayotgan xarajatlarning joylashtirilayotgan mablag‘lar hajmiga nisbati;
P- bank ssuda operatsiyalarining rejalashtirilgan foydalilik darajasi.
Kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi (S1) o‘rtacha tortilgan formula bo‘yicha hisoblanib alohida resurs turi bahosi va uning bank umumiy jalb qilingan resurslar summasidagi ulushidan kelib chiqib hisoblanadi.
O‘z navbatida alohida bank jalb qilgan resursning o‘rtacha haqiqiy bahosi mazkur resurs bozoridagi nominal bahosi va majburiy zahira normasiga korrektirovka asosida aniqlanadi:
Riskni hisobga olgan holatda quyidagi mezonlpardan kelib chiqib guruhlanadi:
Qarz oluvchining kreditga layoqatliligi; Ssuda bo‘yicha ta’minot va uning xarakteri;
Mijozning bank bilan mustahkam aloqasi;
Foizlarni hisoblash usullari;
Qarz oluvchining kredit muddatiga rioya qilishligi.
Ma’lumki ssuda foizi bank daromadini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi va jalb qilingan mablag‘larga to‘lovlar uning xarajatlari tarkibida muhim o‘rin egallaydi. Bank foiz marjasi bank aktiv va passiv operatsiyalarpi bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalari o‘rtasidagi farq muhim ma’no kasb etadi. Quyidagicha aniqlanadi:
Dp -Rp * 100 %
Mfakt = (3)
Ad
Bunda:
Mfakt - foiz marjasining amaldagi hajmi; Dp - foizli daromadlar;
Rp -Foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar;
Ad- foiz ko‘rinishida daromad keltiruvchi aktivlar. Foiz marjasining tahlili quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
Amaldagi foiz marjasini bazaviy bilan solishtirish, fomzlar bo‘yicha daromadlarning oshishi yoki kamayishi sur’atlarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi;
Foiz marjasi komponentlarini o‘zgarishining tahlili daromad (xarajatlarning) larning qaysi kategoriyasi uning umumiy o‘zgarishiga olib kelishini aniqlash imkonini beradi.
Foiz marjasining hajmiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar bo‘lib kredit qo‘yilmalari va ularning manbalarining hajmi va tarkibi, to‘lovlar muddati qo‘llaniladigan foiz stavkalar xarakteri va boshqalar bilan bog‘liq bo‘lib hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlar bank tizimini tahlil qilganimizda tijorat banklarining xodimlari tomonidan bankning statistik maʼlumotlariga asosan kelajakda koʻrilishi mumkin boʻlgan foyda va zararlarni hisoblaganlar. Mamlakatimiz tijorat banklarini tahlil qilishda statistik maʼlumotlarni qayta ishlashni korrelyatsion-regression tahlili usuli muhim oʻrin tutadi. Tadqiqotni olib borishda jarayonlarning tendensiyasini belgilovchi omillarni aniqlash masalasi yechiladi. Bunda tendensiyani aniqlash uchun bir-biriga aloqador oʻzgaruvchilarni yaʼni bir omilni oʻzgarishi boshqasini oʻzgarishiga taʼsirini koʻrsatuvchi omillarni olamiz.
Bank operatsiyalari boʻyicha bank tomonidan toʻlanadigan va undiriladigan foizlar miqdori bankning alohida hujjatlarida aks ettiriladi. Ilgari respublikamiz banklarida kredit siyosati, depozit siyosati, foiz siyosati degan tushunchalar boʻlmagan. Xalqaro bank amaliyotini oʻrganish natijasida milliy bank tizimida yuqorida sanab oʻtilgan bank siyosatlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi. Dastlab foiz siyosati depozit va kredit siyosati ichiga kirgan boʻlsa, keyinchalik alohida foiz siyosati ishlab chiqilib, bank amaliyotida qoʻllanilib kelmoqda.
Tijorat banklari foiz siyosati depozitlar va kreditlarning oqilona foiz stavkalarini shakllantirish va foiz riskini boshqarish bilan bogʻliq tadbirlar majmuasidir.
Tijorat banklarining foiz siyosatining asosiy jihatlari quyidagilardan iborat: Foiz siyosatining asosiy maqsad va vazifalari: foiz siyosatining asosiy maqsadi foiz siyosatida aniq belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim. Ayrim banklarda foiz siyosatining asosiy maqsadi sifatida foiz risklarini boshqarish tizimini takomillashtirish belgilab qoʻyiladi, boshqalarida esa sof foizli daromad darajasini oshirish koʻrsatiladi.Foiz riskini yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan holatlar: bunday holatlar, odatda, kredit qoʻyilmalarining hajmini keskin oshirilishi natijasida yoki kreditlarning bozor stavkalarini sezilarli darajada oshishi natijasida yuzaga kelishi mumkin.Foiz riskini boshqarish usullari: odatda, bank amaliyotida foiz riskini asosiy boshqarish usullari sifatida foizli svoplardan keng foydalanadilar, kichik banklarda esa koʻproq kredit riskiga limitlar oʻrnatish uslubidan foydalanadilar.Foiz stavkalarini oʻstirmaslik maqomini belgilash tartibini joriy qilish. Tijorat banklari har bir aniq kelishuvlarida foiz meʻyorini hisoblaganda quyidagilar eʻtiborga olinadi: taʻminlangan ssudalar boʻyicha kreditga eng layoqatli mijozlar uchun aniq muddatga beriladigan bazaviy foiz stavkasining darajasini; har bir alohida kelishuvning shartlarini inobatga olgan holda tavakkalchilik uchun qoʻshimcha toʻlov. Tijorat banklarining daromad olish sohasi faoliyati uning foiz siyosati orqali amalga oshiriladi. Bank kredit bera turib mijozning foyda olishi uchun shartsharoit yaratar ekan, demak, oʻzining manfaatini ham amalga oshirgan boʻladi. Banklar foiz siyosatini amalga oshirishda omonatlar boʻyicha toʻlanadigan foizni ularning oʻzlari taqdim etadigan ssudalar uchun oladigan ssuda foizidan pastroq qilib belgilaydi. Olingan va toʻlangan foizlarning summalari oʻrtasidagi farq banklarning foydasini tashkil etadi.
2.Tijorat banklari tomonidan jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar) bo‘yicha foiz stavkalarini shakllantirish mexanizmi to‘g‘risidagi
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklarining (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) jalb qilinadigan depozitlari (omonatlari) bo‘yicha foiz stavkalarini shakllantirish qoidalarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi — banklar tomonidan hisobot davrida milliy valyutada jalb qilingan yuridik shaxslarning jamg‘arma va muddatli depozitlari hamda jismoniy shaxslarning talab qilib olinguncha, jamg‘arma va muddatli omonatlari, shuningdek bank plastik kartalaridagi mablag‘lar bo‘yicha belgilangan yillik foiz stavkalari hamda umumiy depozitlar (omonatlar) summasidan kelib chiqqan holda hisoblanadigan foiz stavkasi;
hisobot davri — yilning har bir choragi yakuni bo‘yicha olingan davr.
2. Ushbu Nizom talablari banklar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan milliy valyutada jalb qilinadigan depozitlar (omonatlar)ga tatbiq qilinadi.
3. O‘zbekiston Respublikasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda va bank depozitlari (omonatlari) bo‘yicha foiz stavkalarini ushbu Nizom talablari asosida belgilashda mustaqildirlar.
4. Banklar ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, depozit va foiz siyosatlariga tegishli o‘zgartirishlarni kiritishlari lozim.
Ushbu Nizom talablari banklar tomonidan avval jalb qilingan depozit (omonat) shartnomalari bo‘yicha belgilangan foiz stavkalarini o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi.
3. Bankalar barqarorligi va moliyaviy mustahkamligini oshirishda abnk xizmatlarining ahamiyati Banklarni yangi xizmatlarini rivojlanishida rivojlangan mamlakatlarning bank faoliyatini o’rgangan hamda, yangi xizmatlarnim joriy qilish va ularni hayotga tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Misol uchun Yaponiya davlatining bank xizmatlari va mijozlariga yengillik yaratish maqsadida yangi xizmat turlarini taklif qilmoqda va rivojlangan banklar moliya tashkilotlar tajribalaridan kelib chiqqan holda banklar o’z xizmatlarini yangi turlarini hayotga tadbiq etmoqdalar. Yana bir misol elektron pul to’lovlari pul tizimini shakllantirish jarayonida ISO (International Standarts Organisation) tashkil etilgan edi. U plastik kartochkalarning tashqi ko’rinishi boyicha ularga hisob varaqalar boyicha, ularga hisob varaqalarining tartib raqamini berish; magnot polosasining formati; ya’ni kartrochka egalari amalga oshiraigan operatsiyalar haqida jo’natiladigan ma’lumotlar formati boyicha ma’lum standartlarni ishlab chiqdi. ISOning eng yirik a’zolari Uisa Master Card American Bepriss kabiplastik kartochkalar elementlari hisoblanadi. So’nggi yillarda plastik kartochkalar qo’llanadigan muammolarning deyarli barchasi belgilangan xarid quvvatiga ega bo’lgan arzon plastik kartochkalarning soni ortib bormoqda. Masalan, Aqsh, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda bunday kartochkalar telefon aparatlari orqali o’tkazilgan telefon suhbatlari uchun qo’llaniladi. Ular uchun umumiy xususiyat o’z qiymatlarini asta sekinlik bilan to’lov predmetiga o’tkazib borishdan iborat. Elektron texnika yordamida to’lash xizmatlarini ko’rsatishning yana bir turi mijozning uyida yoki ish joyida xizsmat ko’rsatishidir. Ayniqsa bu 80 yillarda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida avj oldi. O’z uyida elektron bank xizmatlari tizimidan foydalanuvchi mijoz bank maslahati bilan uy terminal va tegishli dasturiy ta’minotlarini sotib oladi. Bunday tizimlar mijozga shaxsiy kompyuterlar monitori yoki televizor ekranidan foydalanib, telekomunikatsiya yanada minimollik orqali bank kompyuterlariga bog’lanish imkoni beradi. Bunday hollarda bank operatsiyalari haftaning 7 kuni davomida ham, tunu-kun amalga oshirilishi mumkin. Har bir operatsiyadan oldin hisob varaq egasi tizimga ruxsatsiz kirishidan mufoza qilish uchun yashirin tarzda kodlashtirib qoyilgan ”kalitdan” foydalaniladi. Ushbu tiizmdan foydalanish joiry hisob varaqni qoyilmalarni mijozning vaziyat bilan hisob varaqlarini to’lov va jamg’arma hisob varaqlarini boshqarish imkonini beradi.
Hozirgi kunda, masalan, yapon banklari o’z mijozlarining uylariga, u;larning Nyu-York, London va boshqa joylarda ochgan hisob varaqlari holati haqida axborotlar berib boradilar. Shunday qilib, uydan chiqmasdan o’z-o’ziga bank xizmatini ko’rsatish sohasida operatsiyalni amalga oshiorishda deyarli jiddiy cheklanishlar yo’q. Bank mijozi har qanday bank operatsiyalni kun va tunning xohlagan paytida bajarishi mumkin.
Yana bir misol Fransiyada mijoz bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatgan. Aqshning esa barcha yirik banklari mijozlarning uyida xizmat ko’rsatishni taklif etishadi.
Hozirda bizning banklarimiz xizmatini yaxshilashda mijozlarga ularni qoniqtiradigan to’liq xizmatlar ko’rsatishda rivojlangan jahon banklarining xizmatlarini sharoitimizga qulay va mos bo’lgan tomonlarini banklarimizda joriy etishga harakat qilinmoqda.
O’zbekistonda banklarni rivojlantirish maqsadida banklarni yangi xizmatlarni rivojlantirish hozirgi davrning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Banklarning xizmatini yanada rivojlantirishni yangi turlarini taklif qilish korxonalar faoliyatini rivojlanishiga yanada ko’proq xizmat qiladi.
Shu maqsadda banklar yangi xizmat turlarini taklif qilmoqda. Bula rquyidagilar. . Ipoteka krediti
2. Iste’mol krediti
3. Plastik kartochkalar
4. Kommunal to’lovlar
5. Elektron to’lovlar
6. Bankomatlar
7. Ofisdan turib bank operatsiyalarini bajarish
8. Vester Yunion va boshqalar
1. Ipoteka kreditlari yasah joyida royxatdan o’tgan shaxslarga kredit muddatini belgilangan holda 18 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqoroligi beriladi.
Kreditlash ob’ekti bo’lib birlamchi va ikkilamchi b ozorda sotiladigan uy-joylar ya’ni foydalanilayotgan va ko’p qavvatli turar joylardagi alohida kvartiralar hisoblanadi. Ipoteka shartnomasi-kredit shartnomasi boyicha qarzdorlikni kamaytirish sifatida sotib olayotgan uy-joy garovini belgilash haqida tomonlar shartnoma tuzadilar.
Ipoteka krediti boyicha ta’minotga majburiy talablar quyidagilardan iborat:
- Boshlang’ich badal mablag’ning miqdori sotib olinadigan uy-joy umumiy qiymatining kamida 2,5 foizini tashkil etishi;
- Ipoteka (krediti hisobiga sotib olinadigan uy-joy garovi
- Kreditning to’liq davri davomida qarz oluvchining hayoti va mehnatga layoqatini sug’urta qilinishi
- Kreditning to’liq davri davomida garovga beriladigan uy-joyni sug’urta qilinishi
- Har bir qarz oluvchiga beriladigan kredit summasi eng kam ish haqining 2500 barobari miqdoridan oshmagan holda belgilanadi
- Uy-joy sotib olish uchun berioladigan kredit 10 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr beriladi. Ipoteka krediti sotib olinadigan uy-joy qiymatining 75% miqdoridacha beriladi.
Qarz oluvchining kredit olish jarayonidagi amalga oshiradigan xarajatlari:
- Mulk qiymatini baholashda amalga oshiruvchi to’lovlar:
- Uy-joy sotib olish bilan bog’liq hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlari
- Kreditning to’liq davrida sotib olingan uy-joyni qarz oluvchining hayotini va mehnat layoqatini sug’urat qilish badallari
- Bankning ta’riflariga muvofiq boshqa xaraajtalr
- Qarz oluvchi kreditni rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlarni bankga taqdim etadi
- Qarz oluvchining pasporti pensiya jamg’arma daftarchasining asl nusxasi taqdim etiladi.
- Qarz oluvchining boshlang’ich badali to’langanligini tasdiqlovchi hujjat
- Yashash joyidan olia tarkibi haqida ma’lumotnoma, oilaning voyaga yetgan va voyaga yetmagan a’zolari shaxsinim tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasi taqdim etiladi.
- Qarz oluvchi tomonidan oxirgi 12 oyda asosiy va qo’shimcha ish joyidan olingan daromadlar va qiymatlar miqdori haqida ma’lumotnama yoki qarz oluvchi yashash boyicha soliq organlari tomonidan tasdiqlanga daromadlari haqidagi dekloratsiyalar nusxasi
- Qarz oluvchining ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan so’ngi, ya’ni hozirgi ish joydan mexnat shartnomasi va mehnat daftarchasidan nusxa:
- Uy-joyni sotib olish uchun tuzilgan shartnoma va boshqalar. 2. Istemol kredit-bu aholining istemol talablarini qondirishga yordam beruvchi kredit bo’lib, u jismoniy shaxslarga qaytarishlilik, maqsadlilik, talablik, muddatlilik va ta’minlanganlik shartlari bilan ajratiladi.
Iste’mol kredit faqat ифдщпэфе yoshiga yetgan va muomala layoqatiga ega doimiy yashash joyiga ega, royxatdan o’tgan shuningdek, doimiy ish yoki qonuniy boshqa daromad manbaiga ega bo’lgan yoshi 18 ga to’lgan va 55 yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolarigina beriladi.
Iste’mol krediti 25 minim al ish haqidan ortiq bo’lgan buyurtmalar boyicha uch oydan uch yilgacha 500 minimal sih haqidan oshmagan holda milliy valyutada ajratiladi. Istemol krediti boyicha foiz stavkalari O’z. Res. Markaziy banklarining qayta moliyalash stavkasi miqdorida belgilanadi. O’z. Res. Da ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun istemol krediti foiz stavkalari qayta moliyalash stavkasining 0.75 foizni tashkil qiladi. Istemol kredtini faqatgina maishiy va shaxsiy ehtiyojlari uning hisobiga sotib olinadigan tovarlarning bir turi ikkitadan oshmasligi lozim. Kredit buyurtmalarning rejasiga klo’ra turli istemol tovarlarning bir yo’la sotib olishga yo’naltrish mumkin.
Istemol krediti quyidagi taminot turlari biri yoki bir nechtasi asosida berilishi mumkin.
- Mijozga tegishli bo’lgan ko’char va ko’chmas mulk shu jumladan qimmatbaho buyumlarni yoki qimatbaho qog’ozlar garovi;
- Qarz oluvchining depozitlari va qimmatbaho qog’ozlari joylashgan boshqa bank kafolati;
- Qarzdor tomonidan kredtini qaytarmaslik xatarini qaytarilmaslik to’g’risida sug’urat kompaaniyasining sug’urta polisi;
- Qonunchilikda ko’zda tutilgan tarkibda tashkil etilgan sug’urta kompaniyasining kredti oluvchiga kelgusuda to’lanadigan sug’urta summalari hisobiga kafolat;
- Moliyaviy barqaror yuridik shaxslar kafilligi;
- Notarial guvohlantirilgan ikki va undan ortiq jismoniy shaxsning kafilligi qilingandan keyin qilinadi.
Funksional belgilarga qarab plastic kartochkalarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Eng avvalo magnitli va electron kartalarni farqlamoq kerak.
Magnit kartalarni 37 yil avval sayohatga chiqqan biznesmenlarga xizmat ko’rsatish uchun chiqarilgan edi. 1993 yilda faqat G’arb mamlakatlarining o’zida ikki mlrd dan ortiq shunday kartochkalar bor edi. Ularning 5 xil turi tarqalgan. Ular quyidagilar:
1. Kredit kartalar
2. To’lov kartalar
3. Ijrochi kartalar
4. Kafolatlangan chek kartalar
5. To’lov qobilayati belgilangan kartalar
Electron kartalarning esa ikki xil turi bor:
- Mikroprosessorli
- Lazerli kartalar
Bankning raqobatbardoshlik imkoniyati o’sib, nafaqat naqd pullarni bank cheklarini to’lov aylanmasidan siqib chiqarishdek umumjahon tendensiyasida uning obro’sini yanada oshiradi.
3. Plastik kartochka iborasi mohiuyati xizmat ko’rsatish turlari o’zining plastic imkoniyatlari va ul;arni chiqargan tashkilotlarti bilan farq qiladigan barcha turdagi kartochkalar uchun umumlashgan ibora hisoblanadi.
Plastik kartochkalari takomil darajasidan qat’iy nazar bitta muhim xususiyatga egadirlar, ya’ni ularda turli xil amali dasturlar foydalaniladigan axborotlar to’plami mavjuddir.
Pul muomalasi sohasida plastic kartochkalar naqd pulsiz hisob kitoblarning eng istiqbolli yo’nalishlardan biridir.
Hisob-kitoblar uchun mo’ljalangan barcha plastic kartochkalarni ikki guruhga ajratsih mumkin.
1. Shaxsiy
2. Koorperativ
Saxsiy kartochkalar xususiy shaxslarga ularning to’lov qobiliyatlarini hamda kredit tarixini, shuningdek, ushbu bankda joriy hisob varaq olingan yoki depozitni sug’urat qilingandan keyin briladi.
Koorperativ kartochkalar yuridik shaxslarga, ularning kafolati bilan hamda to’lov qobiliyatini taxlil qilingandan keyin beriladi.
4. Kommunal to’lovlar:
Communal to’lovlarni to’lashni yana yangi xizmat turlaridan biri plastic kartochkalr bilan amalga oshiriladi.
Masalan joylarda terminal o’rnatilgan bo’li ular orqali plastic kartochkagi mablag’lar communal xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarga naqdsiz to’lov tarzda o’tkazib beriladi.
Shu tarzda aholining kommunal to’lovlari xizmatlari amalga oshiriladi.
5.Bankomatlar (ATM-antomatid teller machinik) ko’p funksiyalarni bajaruvchi avtomatlar yoki avtofanlar bo’lib, ular magnitli plastic kartochkalarning so’ngi avlodi tomionidan boshqariladi. Dastlabki ATM lar 60 yillarda paydo bo’lgan edi. 70 yillar boshlarida kassa avtomatlaridan foydalanishda katta qiyinchiliklarga duch kelingan edi. Bankomatlarning oddiy operatsiyalada bajarilishda ishlatilishi bank xizmatlarini ixtisoslashgan xizmat turlarini ko’rsatishga jalb qilish bilan uzoq mudsdali istiqbolda aholiga xizmat ko’rsatish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi.
Avtomat kassalar bank xizmatlarini mijozlarga yaqinlashtirishga yordam beradi.
Iste’molchilar uchun ularning afzalligi bank operatsiyasining amalga oshirish, masalan, banklarda pul olish yoki qoyishga sarflanadigan vaqtga ancha tejalishga yordam beradi. Bank uchun avtomat xizmatlarini qisqartirish katta foyda olish, istemol bozoridagi mavqeini ushlab turish hamda raqobat ko’rsatkichini ustunlilikka ega bo’lish vositasidir.
Bankomatlarning bunday tez rivojiga sabab banklarning shanba-bozor kunlari yopiq turdagi bank tizimlarga muqobil tizim yaratmoqchi bo’ldilar.
Xarajatlar nuqtai nazaridan bankomatlar yaratish va ularga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq xarajatlarga o’rin qolmaydi.
Bankomatlardan foydalanishning asosiy kamchiliklari quyidagilardan iborat.
1. Mijozning hisob varag’idan pulni ma’lum vaqtdan keyin emas, operatsiya bajarilgan kuniyoq ko’chirish
2. Kartochkaning yo’qotib qoyilishi. Buning oldini olish uchun AQSH bankomatlariga qiymati 5 ming dollar turadigan, hamda mijoz bankomat klaviaturasida o’z raqamini nterib boshlagandan ishga tushadigan foto kamera o’rnatildi.
3. Avtomatlar ma’lum muddat ishlamay qolishlari mumkinligi qiyinchiliklarni keltirib chiqarardi. Exspertlarning fikricha bunday to’xtalishlar bankomatlar ish vaqtining atigi 5 foizdan ortiq vaqtni egallaydi. Biroq ish hajmining haddan tashqari ekanligini hisobga olsa mijozlar uchun juda ko’p vaqt yo’qotish hisoblanadi.
Vester Yunion bank xizmatlarining rivojlantirishda yana xizmat turlaridan biri bo’lib “Vester Yunion” xalqaro to’lov tizimini shoxoibchalarini ochish va ular orqali bajariladigan amaliyotlar samaradorligini oshirish maqsadida “Ipoteka” bank aksiyadorlik tijorat ipoteka bank tizimida ularni ko’chirish yo’lga qoyilgan bo’lib “Vester Yunion” pullarni ko’chirish shoxobchalari orqali samarali xizmat qilib kelmoqda.
Mazkur pul ko’chirish shoxobchalari orqali xizmat ko’rsatib kelinayotgan mijozlar soni yil sayin ortib bormoqda va ushbu tizim orqali xizmat ko’rsatishda yuqori ko’rsatkichlarda erishib kelinayotganligini ko’rishimiz mumkin.