Mavzu: Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq tolash boyicha hisob kitoblar hisobining xususiyatlari



Yüklə 28,19 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü28,19 Kb.
#117981

Mavzu: Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq tolash boyicha hisob kitoblar hisobining xususiyatlari

Reja

1.Qurilish tashkilotlarida asosiy hodimlar



2.Akkord tizimi.

3. Qurilish tashkilotlarida ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni


schotlarda aks ettirish

Qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish ishJarini bajarish ularda turli ixtisoslikka ega bo‘lgan mutaxassislarjamoasini shakllantirishni, shuningdek mos ravishda ular mehnati hamda mehnatiga haq to‘ lash tizimlarini tashkil qilishni taqozo etadi. Qurilish tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ikkita guruhga boiinadi: (1 ) asosiy xodimlar; (2) asosiy bo‘ lmagan xodimlar. Asosiy xodimlar deganda qurilish tashkilotlarining shtat jadvalida belgilangan Iavozimlami egallab turgan xodimlar tushuniladi. Bunday xodimlar tarkibiga injener-loyihachilar, injener-quruvchilar, prorablar, masterlar, mexaniklar, elektriklar, slesarlar, ganchkorlar, pardozlovchilar, taxtaga ishlov beruvchi va ulardan turli tayyor moslamalaryasovchi ustalar, g‘isht teruvchilar, ombor mudirlari, ta’minotchilar va shu kabi boshqa xodimlar kiradi.


Asosiy bo‘lmagan xodimlar deganda individual mehnat shartnomasiga ko‘ra alohida ishlami bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushuniladi.
Qurilish tashkilotlarida xodimlami ishga olish vaishdan bo‘shatish, ular
bilan mehnat shamomalarini tuzish hamda uni bekor qilish Respublikamiz
qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Qurilish tashkilotlarining xodimlar boiimi ishga qabul qilingan xodimlar hisobini belgilangan tartibda yuritadi. Qurilish ishlari olib borilayotgan joylarda xodimlaming ishga kelishi, ular tomonidan bajarilgan ishlaming dastlabki hisobi registrlari (ishga chiqish hisobi tabeli, naiyadlar, hisobotlar,ma’ lumotnomalar, dalolatnomalar)ni tuzish hamda yuritish uchastka boshlig‘lari (prorablar, masterlar, brigadirlar)ga yuklatiladi.
Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lash vaqtbay va ishbay shakllarda amalga oshiriladi. Ushbu shakllaming qoilanilishi qurilish tashkilotining ichki me’yoriy hujjatlari (jamoa va individual mehnat shartnomalari) bilan tartibga solinadi. Ish haqi hisoblashning vaqtbay shakli asosan ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlar uchun qo‘llaniladi. Ushbu shaklda mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tarif razryadi bo‘yicha belgilangan maosh, xodimlarning haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli hisoblanadi.
Ma’muriy-boshqaruv hamda injener-texnik xodimlarga hisobot oyida hisoblanadigan asosiy ish haqi ularga belgilangan maoshni shu oydagi ish
kunlari soniga bo‘lish va haqiqatda ishlagan kunlari soniga ko‘paytirish
yo‘li bilan topiladi. Hisobot oyida to‘liq ishlagan xodimlarga asosiy ish
haqi belgilangan maosh miqdorida hisoblanadi.
Mehnat va jamoa shartnomalarida ma’muriy-boshqaruv hamda injenertexnik
xodimlarga erishilgan yutuqlar uchun qo‘shimcha tarzda mukofotlar berish ham ko‘zda tutiladi. Shu bois, vaqtbay shakl boshqachasiga
vaqtbay-mukofotli shakl ham deb ataladi. Xodimlarga beriladigan
mukofotning miqdori qurilish tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan belgilanadi.
Ish haqi hisoblashning ishbay shakli bevosita qurilish ishlarini olib boruvchi xodimlar uchun qo‘llaniladi. Bunday xodimlarga ishchilar, maxsus mashina va mexanizmlarni boshqaruvchi mashinistlar, transport vositalarining haydovchilari. masterlar, prorablar, brigadirlar va boshqalar kiradi. Ushbu shaklda mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘lib qurilish tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtat jadvali, tarif razryadi, tariff razryadi bo‘yicha belgilangan maosh, bir birlik ish uchun tasdiqlangan mehnat haqi me‘yori (rastsenka), xodimlaming haqiqatda ishlagan vaqti hisobi tabeli, bajarilgan ish hajmi to‘g‘risidahisobotlar, bildirgi-naryadlar, ma’lumotnomalar va dalolatnomalar hisoblanadi.
Qurilish ishlari, odatda, jamoa, ya‘ni brigada tomonidan bajariladi.
Bajarilgan ishlar yaxlitjamoaning (brigadaning) mehnati sifatidatavsiflanadi.
Mos ravishda hisoblangan ish haqi ham jami jamoa (brigada) uchun hisoblangan ish haqi hisoblanadi. Ish haqini hisoblashning bunday tizimi adabiyotlarda akkord, akkord-naryad tizimi, deb ham e’tirof etiladi.
Akkord tizimda hisoblangan asosiy ish haqi, mukofatlar va boshqa qo‘shimchalar dastlab jami brigada uchun yaxlit tarzda belgilanadi.
Ish haqining jami miqdori brigada tomonidan haqiqatda bajarilgan ishning
hajmini, bir birlik ish uchun belgilangan mehnat haqi me’yoriga (rassenkaga)
ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Korxona rahbari buyrug‘i bilan belgilangan mukofot va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar ham yaxlit brigadaga tegishli hisoblanadi. Asosiy va qo‘shimcha ish haqlari brigada a‘zolarining o‘rtasida ulaming umumiy bajarilgan ishdagi hissasiga, ya’ni mehnatda ishtirok koeffitsiyenti (MIK)ga qarab taqsimlanadi. Ushbu koeiFitsient brigada kengashi majlisi qarori bilan belgilanadi va maxsus bayonnoma ko‘rinishida buxgalteriyaga taqdim etiladi. Qurilish tashkilotlarida hisoblangan ish haqidan ushlanmalar boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi kabi majburiy va ixtiyoriy ushlanmalarga bo‘linadi. Majburiy ushlanmalarga xodimlarish haqidan undiriladigan daromad solig‘i, 4 foizlikpensiya fondiga ushlanma, 1 foizlik jamg'arib boriladigan pensiya ta’minoti schotiga ushlanma, sud ijro hujjatlari asosida amalga oshiriladigan ushlanmalar, berilgan bo‘nak va boshqalar kiradi. Ixtiyoriy ushlanmalarga xodimlaming arizasiga ko‘ra ushlanadigan turli tolovlar, hayriyalar kiradi. Respublikamiz qonunlariga ko‘ra ish haqidan ushlanmalaming jami miqdori xodimlar oylik ish haqining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Ish haqidan undiriladigan barcha ushlanmalaining hisob kitoblari umumbelgilangan tartiblarda amalga oshiriladi.
Qurilish tashkilotlari boshqa korxonalar singan ish haqini berishning bo‘nakli va bo‘naksiztizimlarini qo‘llaydilar. Bo‘nakli tizim qo‘llanilganda oyning birinchi yarnii tugagach, xodimlarga oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda bo‘nak qaydnomalar asosida beriladi. Bo‘naksiz tizim qoilanilganda ish haqi faqat hisobot oyi tugagach qaydnomalar asosida beriladi. Qurilish tashkilotlari buxgalteriyasi mehnatga haq toiashga doir barcha hisob-kitob m a’lumotlarini ish haqi kitobida, xodimlaming shaxsiy varaqalarida yoki hisob-to‘lov qaydnomalarida mujassamlashtiradi. Ushbu registrlarda keltirilgan ma’lumotlar ish haqi bo'yicha hisob-kitoblaming sintetik va tahliliy hisobini yuritishga asos bo‘ ladi. Qurilish tashkilotlari mehnatga haq toiash hisob-kitoblaming sintetik hisobini 6700 Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlami hisobga oluvchi schotlar tizimida ochiladigan 6710 Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar va 6720 Deponentlangan ish haqi schotlaridayiiritislilari lozim.
Qurilish tashkilotlarida mehnatga haq to‘lashga ketgan sarf-xarajatlami
ikkita guruhga ajratish muinkin: (1) qurilish ishlari tannarxiga kiritiladigan
xarajatlar; (2) qurilish ishlari tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.
Qurilish ishlari tannarxiga kiritiladigan mehnat haqi xarajatlari.
Bu guruhga kiruvchi xarajatlar, o‘z navbatida, yana ikki turga boiinadi:
(1) qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bevosita mehnat haqi
xarajatlari; (2) qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bilvosita mehnat haqi xarajatlari. Qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bevosita mehnat haqi
xarajatlariga aniq qurilish ishi uchun uni olib borgan ishchi xodimlarga
hisoblangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat haqlari kiritiladi. Bitta qurilish
obyekti bo‘yicha hisoblangan mehnat haqi xarajatlari boshqa qurilish
obyektiga doir mehnat haqi xarajatlariga kiritilishi mumkin emas. Bunday
xarajatlar buxgalteriyada 2010 Asosiy ishlab chiqarish schoti doirasida
har bir qurilish ishlari obyekti uchun ochilgan mos tahliliy schotlarda aks
ettirilishi lozim. Qurilish ishlari tannarxiga olib boriladigan bilvosita mehnat haqi
xarajatlariga barcha qurilish obyektlariga taalluqli boigan hamda ular
o‘rtasida taqsimlanishi lozim boigan mehnatga haq to‘lash xarajatlari kiradi.
Bunday xarajatlar bo‘lib, jumladan, qurilish mashina va mexanizlarining
boshqaruvchilariga (mashinistlarga) hisoblangan ish haqi, yordamchi
avtoxo‘jalik xodimlariga hisoblangan ish haqi va shu kabilar hisoblanadi.
Ushbu turdagi yordamchi xo‘jaliklar hisobot oyida turli qurilish obyektlariga
xizmat ko‘rsatganligi uchun hisoblangan ish haqi xarajatlarini u yoki bu
qurilish obyekti tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib borib bo‘lmaydi. Shuning
uchun bu xo‘jaliklar bo‘yicha hisoblangan ish haqi xarajatlari dastlab 2310
Yordamchi ishlab chiqarish va 2510 Umiunishlab chiqarish xarajatlari
schotlarida to‘ planadi, so‘ ng hisob siyosatida belgilangan tartibga ko‘ ra
tegishli qurilish ishlari o‘rtasidataqsiinlanadi hamda mos ravishdaulaming
tannarxiga kiritiladi. Qurilish ishlari tannarxiga kiritilmaydigan mehnat haqi
xarajatlari.
Bu xarajatlami quyidagi guruhlargaajratish mumkin:
1. Kapital investitsiyalar tarkibiga kiradigan mehnatga haq
to ‘lashxarajatlari. Bunday xarajatlar xo‘jalik usulida olib borilgan kapital
investitsiyalarga doir mehnatga haq toiash xarajatlari hisoblanadi. Ular
qurilish tashkilotlarida 0800 Kapital qo‘yilmalar schotining debetida
aks ettiriladi hamda kapital qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va
modemizatsiya ishlari yakunlangach, mos ravishda, asosiy vositalaming
boshlang‘ich (tiklangan) qiymatiga kiritiladi.
2. Asosiy vositalarni tugatishdan olinadigan daromadlar hisobidan
qoplanadigan ish haqi xarajatlari. Bu turdagi xaraj atlar 9210 Asosiy
vositalaming chiqimi schotining debetida aks ettiriladi. Tugatishdan
daromad ko‘rilmaganda tugatish uchun hisoblangan ish haqi xarajatlari
qurilish tashkilotlari uchun qo‘shimcha zarar olib keladi va u, mos ravishda,
9430 Boshqa operatsion xarajatlar schotigayopiladi.
3. Davr xarajatlariga kiritiladigan mehnatga haq to ‘lash
xarajatlari. Ushbu xarajatlarbo'lib bajarilgan qurilish ishlarini sotish (9410
schot), ma’muriy-boshqaruv (9420 schot), shuningdek boshqa operatsion
xarajatlarga (9430 schot) kiritilgan ish haqi xarajatlari hisoblanadi. Ular
qurilish tashkilotining sotishdan oigan yalpi foydasi hisobidan qoplanadi
va mos ravishda 9910 Yakuniy moliyaviy natija schotiga yopiladi.
Qurilish tashkilotlarida pudrat shartnomalariga ko‘ra bajarilayotgan
qurilish ishlari ulaming asosiy ishlab chiqarishini tashkil qiladi. Ishlab
chiqarishga sarflangan xarajatlar esa bajarilgan qurilish ishlarining tannarxini
tashkil etadi.
Qurilish ishlari tannarxiga kiradigan xarajatlaming tasnifi, guruhlari va aniq moddalarining tarkibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1999-yil 5- fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan
Mahsulot (ish, xizmat)lami ishlab chiqish va sotish xarajatlarining tarkibi
hamda moliyaviy natijalami shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom≫ga
muvofiq bo‘lishi lozim. Ushbu nizomga ko‘ra qurilish ishlari tannarxiga kiradigan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari bevosita va bilvosita (ustama) xarajatlarga bo‘linadi. Ushbu turdagi xarajatlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra beshta guruhga ajratiladi va ulaming tarkibiga quyidagi xarajat moddalari kiritiladi'(5.1 -jadval). >
Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik
hisobi 2010 Asosiy ishlab chiqarish schotida olib boriladi. Ushbu schot
doirasida har bir qurilish obyekti xarajatlari hisobi uchun alohida tahliliy
schotlar ochiladi.
2010 Asosiy ishlab chiqarish schoti doirasida tahliliy schotlaming
ochilishi, yuritilishi hamda yopilishi misol tariqasictef 5.2-jadvalda keltirilgan.2010 Asosiy ishlab chiqarish schotining debetida qurilish ishlarining oy boshiga va oxiriga bo‘lgan qoldig‘i, ya’ni tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi), oy mobaynida qurilish ishlariga ketgan haqiqiy sarf-xarajatlar ko‘rsatiladi. Ushbu schotning kreditida buyurtmachilarga topshirilgan qurilish ishlarining tannarxi (sotish tannarxi) aks ettiriladi.
Qurilish ishlari buyurtmachilarga bosqichma-bosqich topshirilgan
hollarda qurilish tashkilotlarida hisobot davri oxiriga to‘g‘ri keladigan
tugallanmagan qurilish qiymati (tannarxi) inventarizatsiya yoii bilan
aniqlanadi. Inventarizatsiya qaydnomasida ko‘rsatilgan tugallanmagan
ishlab chiqarish qiymati (tannarxi) 2010 Asosiy ishlab chiqarish schotiga
ochilgan tahliliy schot (qurilish obyekti)da hisobot davri oxiridagi qoldiq
sifatida ko‘rsatiladi. Bu holda buyurtmachilarga topshirilgan ishlar
bosqichining haqiqiy tannarxi (sotish tannarxi) obyekt uchun ochilgan 2010
Asosiy ishlab chiqarish schotining bosh qoldig‘iga uning debet aylanma
summasini qo‘shish hamda hisobot davri oxirigaqo‘rsatilgan qoldiqni
ayirish yoii bilan topiladi. Qurilish tashkilotlarida yordamchi ishlab chiqarish deganda qurilish ishlarining olib borilishida bevosita va bilvosita ishtirok etadigan yordamchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish boiinmalarining faoliyati
tushuniladi. Ularga, chunonchi, quyidagilar kiradi:
(1) qurilish materiallari, detallari, konstruksiya va moslamalarini
tayyorlash sexlari (yog‘och materiallar, temir-tersaklar, beton, g‘isht
plitalari, granit toshlar, bitum, asfalt va shu kabi boshqa materiallarga ishlov berish sexlari yoki ustaxonalari);
(2) energiyaning turli xillari (elektr energiyasi, bug‘ va boshqalar) bilan
ta’minlash bo‘yicha xizmatlami ko‘rsatuvchi bo‘ linmalar;
(3) transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi bo‘linmalar (avtoxo‘jalik, garaj,
ustaxonalar);
(4) ta’mirlash ishlarini olib boruvchi bo‘linmalar;
(5) qurilish ishlarini loyihalashtirish, tairiba konstruktorlik ishlarini olib
boruvchi boiinmalar.
(6) qurilish ishlari bilan band xodimlarga maishiy, tibbiy, sanitariyagigiyena,
ovqatlanishni tashkil qilish bo‘yicha xizmatlami ko‘rsatish
bo‘linmalari.
Yordamchi ishlab chiqarish xaraj atlarining yig‘ ma sintetik hisobi bosh
kitobda 2310 Yordamchi ishlab chiqarish schotida olib boriladi. Ushbu
schotning debetida va kreditlanadigan korrespondensiyalanuvchi
schotlarda (1000, 6710, 6520, 0200, 6000, 6990 va boshqalar) mos
ravishda yordamchi ishlab chiqarishgaketgan material, ish haqi, ijtimoiy
sug‘urta, amortizatsiya, turli xizmatlar va boshqa sarf-xarajatlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar jamlanadi. 2310 Yordamchi ishlab chiqarish schotining
kreditida yordamchi ishlab chiqarishdan olingan tayyor mahsulotlar, yarim
tayyor mahsulotlar, qurilish materiallari, konstruksiyalar, moslama va
buyular, slumingdek ko‘rsatilganxizmatlargaketganjami saif-xarajatlaming
hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Maxsus qurilish konstruksiyalari va
moslamalarini yasash sexlari bo‘yicha tugallanmagan ishlab chiqarish
mavjud bo‘lishi mumkin. Bu hollarda2310 Yordamchi islilab chiqarish
schoti qoldiqqa ega bo‘ladi. Qolgan hollardaushbu schotning debetida
to‘p!angan summa mos ravishdagi boshqa schotlarga o‘tkaziladi va u shu
yoi bilanyopiladi. 2310 Yordamchi ishlab chiqarish schotining yopilishi quyidagi
buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladi:
(1) yordamchi ishlab chiqarishdan tayyor mahsulotlar olinganda:
Debet 2810 Ombordagi tayyor mahsulotlar
Kredit 2310 Yordamchi ishlab chiqarish
(2) yordamchi ishlab chiqarishdan yarim tayyor mahsulotlar
olinganda:
Debet 2110 Yarim tayyor mahsulotlar Kredit 2310 Yordamchi ishlab chiqarish
(3) yordamchi ishlab chiqarishdan qurilish materiallari,
konstruksiyalar, moslamalar, xojalikjihozlari olinganda:
Debet 1000 Materiallar Kredit 2310 Yordamchi ishlab chiqarish
(4) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari kapital investitsiya
sifatida tan olinganda: Debet 0890 Boshqa kapital qo‘yilmalar
Kredit 2310 Yordamchi ishlab chiqarish
(5) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari summasini asosiy ishlab
chiqarish xarajatlariga kiritilganda: Debet 2010 Asosiy ishlab chiqarish
Kredit 2310 Yordamchi ishlab chiqarish
(6) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini davr xarajatlari hisobi
schotlariga o ‘tkazilganda:
Debet 9400 Davr xarajatlarini hisobga olib boruvchi schotlar
Kredit 2310 Yordamchi ishlab chiqarish Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarilishi uning alohida moddalarini aniq qurilish obyektlari tannarxiga bevosita olib borish yoki hisob siyosatida keltirilgan tartibga muvofiqtaqsimlashyoii bilan amalgaoshiriladi. Ulami taqsimlab chiqish tartibi yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining ayrim moddalari bo'yicha oldingi boblardayoritilgan. Yordamchi ishlabchiqarish xarajatlari vaulartaqsimotining tahliliy hisobi har bir yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘linmalari bo‘yicha 10-s jumal-orderda alohida yuritiladi. „
Qurilish tashkilotlaridaqurilish ishlariningrejatannarxi, normativ tannarxi
va haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Reja yoki normativ tannarx,
odatda, qurilish ishlari boshlanishidan oldin hisob-kitob qilinadi. Haqiqiy
tannarx qurilish ishlari yakunlanganda va buyurtmachilarga
topshirilayotganda aniqlanadi.
Yüklə 28,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin