Banklarda buxgalteriya hisobini mazmuni va operatsion apparatni tashkil etishning ahamiyati.
Banklarda buxgalteriya hisobining yuritilishi, hisob-operatsion ishlarining to‘g‘ri tashkil etilishi va samarali nazoratning joriy etilishi bank vazifalarini to‘liq bajarishini, investorlar, kreditorlar, hukumat muassasalari, vazirliklar va mijozlar, shuningdek, bank aksiyadorlari uchun zarur axborotlar olish va qarorlar qabul qilish imkoniyatini ta’minlaydi. Banklarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va ularni joylashtirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni hisob varaqlarda aks ettirish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish bank buxgalteriya hisobining predmeti hisoblanadi. Banklarning aktivlari, majburiyatlari, kapitali, zahirasi, daromad va xarajatlari, foyda va zararlari hamda ularning harakati bilan bog‘liq operatsiyalari bank buxgalteriya hisobining ob’ekti hisoblanadi. O‘zbekiston banklarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va tegishli me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 5–moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklatilgan. Markaziy bank “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki” to‘g‘risidagi qonunga muvofiq samarali to‘lov tizimini tashkil etish va banklarda buxgalteriya hisobi hamda hisobotlarini aniqlash huquqiga ega. 56 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki banklarda buxgalteriya hisobini samarali tashkil etish, banklar orqali amalga oshirilayotgan operatsiyalarning haqqoniyligini ta’minlash maqsadida respublika Markaziy banki va uning hududiy bosh boshqarmalarida tegishli tarkibiy tuzilmalarga ega. Shuningdek, respublika tijorat banklari tarkibiy tuzilmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, nazoratini amalga oshirish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha mas’ul boshqarma va bo‘limlar faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston bank tizimida buxgalteriya hisobini tashkil etish va amalga oshirish to‘liq avtomatlashtirilgan elektron to‘lov tizimiga o‘tkazilgan, mazkur vazifalarni amalga oshirish Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalari tarkibida tashkil etilgan Axborotlashtirish bosh markazi va uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi kabi, banklar buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi undan foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdan iboratdir. Ushbu maqsadni amalga oshirishda bank buxgalteriya hisobi quyidagi funksiyalarni bajaradi: –hukumatni iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida pul oqimlari ustidan monitoring o‘tkazish va ijtimoiy–iqtisodiy ahamiyatiga ega bo‘lgan qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlash; –xalqaro moliya tashkilotlari, investorlar va xorijiy hamkorlarni banklarning faoliyati va moliyaviy holati bo‘yicha ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; –Markaziy bankning mamlakat pul tizimi, pul o‘tkazmalari ustidan nazorat qilish, monetar siyosatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlash; –tijorat banklari boshqaruv kengashi va aksiyadorlari, investorlari va mijozlar uchun qarorlar qabul qilish va zarur axborotlarni olish imkoniyatini yaratish va boshqa maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Markaziy bank va tijorat banklari buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratiladi: 57 - hisob–kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to‘g‘ri bajarish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotida o‘z vaqtida va aniq aks ettirish; - bank aktivlari, majburiyatlari, daromadlari va xarajatlari hamda kapitali holati va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar to‘plash; - bankning moliyaviy holati, moliyaviy holatidagi o‘zgarishlar va moliyaviy natijalari to‘g‘risidagi va bank rahbariyati faoliyatiga baho beruvchi moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun xizmat qiluvchi axborotlar tizimini yaratish; - bank ish kuni tartibiga qat’iy rioya qilish, mijozlarga tez va aniq xizmat ko‘rsatish; - hisob–kitoblardagi mablag‘lar aylanishini tezlashtirish; - bankdan chiqayotgan hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirish va buning natijasida ulardan foydalanishni osonlashtirish, shuningdek, boshqa banklarda ushbu hujjatlar bilan operatsiyalar bajarilishini hamda ular tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi mijozlarning operatsiyalari hisobini yuritishni belgilangan talablarga muvofiqlashtirishni tashkil etish; - bankdagi pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar, shuningdek, qat’iy hisobda turuvchi blankalar kamomadi yoki ortiqchaligiga yo‘l qo‘ymaslik hamda belgilangan tartibda ularning saqlanishini tashkil etish; - operatsiyalarning qonuniyligi hamda to‘g‘riligini doimiy ichki nazorat va auditdan o‘tkazish, ularning natijalari bo‘yicha ma’lumotnomalar tuzish va rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish; - pul–to‘lov hujjatlari asosida amalga oshiriladigan to‘lovlar va pul o‘tkazmalarning iqtisodiy xafsizligi hamda qonuniyligini ta’minlash; - zamonaviy kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda bank operatsiyalari hisobini dasturiy amalga oshirish, hisob ishlarini yuritish hamda hisobotlar tuzishda mehnat va mablag‘ sarfini qisqartirish kabi masalalar shular jumlasidandir. Banklarning moliyaviy mablag‘larini vujudga kelish manbalari va ularning joylashtirilishi buxgalteriya balansida aks ettiriladi. Bankning balansi aktiv va 58 passiv qismdan tashkil topgan ikki tomonning o‘zaro tengligidir. Bank balansining passivida moliyaviy mablag‘larning vujudga kelish manbalari, uning aktivida esa moliyaviy resurslarning tegishli maqsadlarga joylashtirilishi aks etadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni bank filiali (bundan keyingi o‘rinlarda bank deb yuritiladi) rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya apparatiga bankning bosh buxgalteri rahbarlik qiladi. U Bank tizimining bosh buxgalterlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida ish olib boradi. Bosh buxgalter bo‘lmagan vaqtda uning vazifalarini bosh buxgalter o‘rinbosari bajaradi. Banklarda buxgalteriya ishlarini yuritish uchun buxgalteriya apparati tuziladi. Bank buxgalteriya apparatiga shartnoma asosida chetdan jalb qilingan buxgalterlar yoki buxgalteriya firmasi xodimlarining kiritilishi qat’iyan taqiqlanadi. Bank buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va unda tashkil etiladigan bo‘limlar soni amalga oshiriladigan operatsiyalar hajmiga va ularning avtomatlashtirilganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.2 Ish hajmi kichik banklarda buxgalteriya apparati bankning yaxlit bo‘linmasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Bunda banklararo hisob-kitoblar, chet el valyutasi bo‘yicha operatsiyalar va bankning ichki hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarning hisobini yuritish maxsus bo‘limlarga topshirilishi mumkin. Ish hajmi katta banklarda buxgalteriya apparati ushbu Yo‘riqnoma talablarini hisobga olgan holda tashkil etilishi lozim. SHuningdek, barcha operatsiyalar mas’ul ijrochi buxgalterlar tomonidan dastlabki va nazoratchi buxgalterlar tomonidan joriy nazoratdan o‘tishini ta’minlash maqsadida ish hajmidan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochi va nazoratchilar soni o‘rtasida mutanosiblik saqlanishi lozim. Buxgalteriya apparati xodimlarining aniq vazifalari bosh buxgalter tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Mas’ul ijrochi va nazoratchi buxgalterlar zimmasiga muayyan hisobvaraqlarni yuritish yoki alohida operatsiyalarni amalga oshirish ishlari yuklatiladi.
Hisobvaraqlar xodimlar o‘rtasida bank ichki tartib qoidalari asosida 59 operatsiyalar hajmi, mijozlar turi va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda taqsimlanadi. Bank bosh buxgalteri muhrlar, shtamplar va blanklarni ularning yo‘qolishiga yoki boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tarzda saqlanishi hamda foydalanishi ustidan nazoratni ta’minlashi shart. Bank muhrlari va bur chakli shtamplarining hisobi ularni saqlayotgan shaxs familiyasi va lavozimi ko‘rsatilgan maxsus daftarda yuritiladi. Daftar varaqlari raqamlangan, bog‘langan va bank muhri, bank rahbari hamda bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlangan bo‘lishi va bank rahbarining yozma farmoyishi bilan tayinlangan va qimmatliklar bilan operatsiyalar olib borishdan ozod etilgan shaxs tomonidan yuritilishi lozim. Bank xodimlarining ish joylari shunday joylashtirilgan bo‘lishi kerakki, bunda mijozlar va boshqa begona shaxslarning bankning muhrlari, shtamplari, hujjatlari va blanklarini olishlariga imkon bo‘lmasligi lozim. Xodim mehnat ta’tiliga chiqqan, kasal bo‘lib qolgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan hollarda unga biriktirilgan hisobvaraqlar hamda uning vazifalari muhr va shtamplar bilan birgalikda boshqa xodimga topshiriladi va bu haqda maxsus daftarda tegishli yozuvlar qayd etiladi. Bosh buxgalter zimmasiga umumiy nazoratni tashkil etish hamda har kuni buxgalteriya va kassa ishlarining barcha bo‘g‘inlarida o‘rnatilgan tartibga amal qilinishini kuzatib borish yuklatiladi. SHuningdek, bank bosh buxgalteriga bosh va yordamchi kitoblarda operatsiyalarni qayd etish, tegishli buxgalteriya hisobi hisobotlarini dasturiy ravishda tuzish ishlariga rahbarlik qilish yuklatiladi. Bank bosh buxgalteri ishda bo‘lmagan vaqtda, ushbu vazifalar bank rahbarining buyrug‘iga ko‘ra uning o‘pinbosapiga topshiriladi. Mijozlarning bank xodimlarining xatti-harakatlari ustidan shikoyatlari hamda boshqa murojaatlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi. Murojaat qilish tartibi e’lonlar osib qo‘yish yo‘li bilan mijozlarga ma’lum qilinishi lozim. 60 Bank rahbari buxgalteriya ishi holatini umumiy kuzatish bilan bir qatorda balans va boshqa hisobotlarni o‘z vaqtida tuzilishini tekshirib borishi, mijozlarga o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishini muntazam nazorat qilib turishi shart.
Tarkibiy tuzilmasi Front-ofis va Bek-ofis sifatida tashkil etilgan banklarning buxgalteriya apparati shu tarkibiy tuzilmalarga mos ravishda tashkil etilishi mumkin. Buxgalteriya apparatini Front-ofis va Bek-ofisga ajratish zaruriyati yuzasidan sharhlar 7-ilovada keltirilgan. Front-ofis va Bek-ofis xodimlarining aniq vazifalari mos ravishda Front-ofis va Bek-ofis boshliqlari tomonidan belgilab beriladi va bank rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Bank xizmatlari ofislarida buxgalteriya hisobi mavjud ish hajmidan kelib chiqqan holda tashkil etilishi lozim. Bank xizmatlari ofislarida dastlabki nazoratni o‘tkazish uchun mas’ul ijrochi buxgalter shtati bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Joriy nazorat bank xizmatlari ofisi buxgalteriyasi boshlig‘i tomonidan (bundan buyon matnda etakchi buxgalter deb yuritiladi) amalga oshiriladi. Bank xizmatlari ofislaridan o‘tkaziladigan to‘lovlar joriy nazoratdan o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshiriladi. Bunda to‘lovlar joriy nazoratdan o‘tkazilganligi bank filialining Bek-ofisi boshlig‘i yoki Bosh buxgalteri tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi. Bank xizmatlari ofislari ularda amalga oshirilgan operatsiya va o‘tkazilgan to‘lovlarning nazoratini ta’minlash maqsadida, operatsiyalarga va (yoki) to‘lovlarga asos bo‘lgan hujjatlar, shu jumladan pul-hisob-kitob hujjatlarining elektron nusxasini bankka (filialga) taqdim etishi mumkin. Bank xizmatlari ofislarida bank ish kuni davomida amalga oshirilgan operatsiyalarga asos bo‘lgan pul hisob-kitob hujjatlari belgilangan tartibda yakuniy nazoratdan o‘tkazilishi lozim. Bank xizmatlari ofislarida kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildi belgilangan tartibda shakllantirilishi va saqlanishi yoki shakllantirilgan kunlik buxgalteriya hujjatlari yig‘majildi saqlash uchun davriy ravishda, lekin bir oyda 61 kamida bir marotaba bank xizmatlari ofisini tashkil etgan bankka (filialga) etkazilishi lozim. Mazkur holat bankning ichki qoidalarida (hujjatlarida) aniq ko‘rsatilishi lozim. Ushbu qoidalarga qat’iy rioya qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan banklar (filial) bank xizmatlari ofislari ochishi mumkin. Bank rahbari va bosh buxgalteri o‘zlariga qarashli bo‘lgan minibanklarda buxgalteriya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish va bank operatsiyalarini aniq va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatishlari lozim.
Buxgalteriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda bank tomonidan amaliyot kuni davomida ijroga qabul qilingan pul hisob-kitob hujjatlari dastlabki va joriy nazoratdan o‘tkazilib, ular o‘z vaqtida ijro etilishi, ya’ni hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar buxgalteriya hisobida aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tuzilishi hamda keyingi bank ish kunidan kechiktirmasdan bajarilgan barcha operatsiyalar yakuniy nazoratdan o‘tkazilishi shart, bundan bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar mustasno. Har bir bank quyida keltirilgan talablarga rioya qilgan holda, amaliyot kuni davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish va hujjatlar aylanish tartibini mustaqil belgilaydi: - banklar yangi ish kunini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Hisob-kitob markazi (bundan keyingi o‘rinlarda HKM deb yuritiladi)da ochilgan tashqi ("21302-Rezident bankning vakillik hisobvarag‘i") vakillik hisobvarag‘ining kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, o‘zlarining ichki ("10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i") vakillik hisobvarag‘ining aylanma va qoldiq summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlashadi. Ichki va tashqi vakillik hisobvarag‘i aylanma va qoldiq summalarini mosligini tasdiqlash uchun HKM ga elektron fayl yuboradi; - HKM tijorat banklari yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning tashqi va ichki vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda taqqoslaydi hamda ularni mosligini tasdiqlab banklarga qaytaradi. Vakillik hisobvaraqlar qoldiq summalari mos kelmasa, mavjud farq bartaraf etilmaguncha 62 bank amaliyot kuni ochilmaydi hamda banklararo to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi; - HKM dan tasdiq (W-fayl) olgandan so‘ng, banklarga banklararo to‘lovlarni amalga oshirish uchun ruxsat beriladi; - filiallari mavjud bank filiallariga "To‘lov markazi"da ochilgan tashqi ("22204-Bosh bank-filiallarga to‘lanadigan mablag‘lar") va filiallarda ochilgan ("16103-Bosh bank/filiallardan filiallararo va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar") ichki vakillik hisobvaraqlar qoldiq summasini mosligini tasdiqlash Bosh bank tomonidan amalga oshiriladi. Filiallar ichki vakillik hisobvarag‘i (16103) va "To‘lov markazi"da ochilgan tashqi (22204) vakillik hisobvarag‘i o‘rtasida farq mavjud bo‘lsa, ushbu filialga uni bartaraf etmaguncha filiallararo va banklararo to‘lovlarni amalga oshirish va yangi kunga o‘tib ishlashga ruxsat etilmaydi; - filiallararo va ichki to‘lovlarni o‘tkazish uchun bank o‘z mijozlaridan to‘lov hujjatlarini qabul qilish vaqtini o‘zi mustaqil ravishda belgilaydi. Filiallararo to‘lovlarga bir bank filiallari o‘rtasidagi to‘lovlar, ichki to‘lovlarga kassa amallari, to‘lanishi va olinishi lozim bo‘lgan foizlar hisobini hisoblash hamda xodimlarga ish haqi hisoblash va shunga o‘xshash amallar kiradi; - banklararo to‘lovlar bo‘yicha banklar mijozlaridan bank amaliyot kuni davomida (qog‘oz shakldagi to‘lov hujjatlari uchun soat 16-00 gacha) qabul qilingan to‘lov hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini banklararo to‘lovlar vaqti tugagunga qadar HKMga etkazib berishlari kerak, aks holda banklararo to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat bo‘yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taalluqli bo‘lmagan tashqi omillar mustasno; - HKM banklarga banklararo to‘lovlar tugaganligi to‘g‘risida ma’lumotni (END fayl) jo‘natadi, shundan so‘ng shu amaliyot kuni uchun banklar o‘rtasida banklararo to‘lovlar to‘xtatiladi. Banklar bank ish kuni yakunlangandan so‘ng, lekin keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka elektron balans (0106BS) hisobotini jo‘natadilar. 63 Banklarda ish kuni bank operatsiyalari buxgalteriya hisobotida to‘liq aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolangandan so‘ng yakunlanadi.3