Banklarda hisob-operatsion apparatining tuzilishi va buxgalteriya xodimlarining huquq hamda majburiyatlari. Reja: Kirish


Buxgalteriya xodimlarining huquq va majburiyatlari



Yüklə 66,72 Kb.
səhifə6/9
tarix15.01.2023
ölçüsü66,72 Kb.
#79307
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bank kurs ishi

Buxgalteriya xodimlarining huquq va majburiyatlari

Bank bosh buxgalterining vazifalari, huquqlari va javobgarligi. Bank bosh buxgalteri bankda hisob-operatsion ishlarni tashkil etadi, bankning moddiy va moliyaviy resurslarining to‘la saqlanishini ta’minlaydi. U bank rahbari tomonidan bosh buxgalter vazifasiga tayinlanadi va vazifasidan bo‘shatiladi. Agar bankning yuqori bank tashkiloti bo‘lsa, yuqori bank tashkiloti rahbari, buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i bilan kelishiladi va Markaziy bank boshqaruvi qoshidagi Komissiya taqdimotidan o‘tkaziladi. Har bir bankda xodimlarning lavozim vazifalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Bankning bosh buxgalteri “Bank tizimining bosh buxgalterlari to‘g‘risidagi” Nizom asosida ish olib boradi.Bank bosh buxgalterining vazifalari. Bosh buxgalter buxgalteriya hisobini bank hisob siyosatida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar asosida tashkil etib, quyidagi vazifalarni bajaradi:
– buxgalteriya hisobi ishlarini zamonaviy texnik vositalari va axborot texnologiyasidan foydalangan holda oqilona tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida bank operatsiyalarini to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirilishi hamda foydalanuvchilar uchun ishonchli moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim qilish; – bankka kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha operatsiyalarning tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilib, kunlik balans tuzilishi va tegishli joyga topshirilishini tashkil etish; ijozlarga hisobvaraqlar ochish va hisobvaraqlarni yopish
– mijozlardan kelib tushadigan pul hisob-kitob hujjatlarining shakli va mazmuni bo‘yicha to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ular bo‘yicha operatsiyalarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi;– ichki bank operatsiyalarining qonuniy bajarilishini va ular ustidan monitoring o‘rnatish, mablag‘ va qimmatliklar but saqlanishi; ektron to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri shakllantirilishini ularning asl nusxasi bilan solishtirish orqali tekshirish;
Bank bosh buxgalterining huquqlari. Bankning barcha hisob-operatsion apparat xodimlari bosh buxgalterga bo‘ysunadilar. Bosh buxgalter hisoboperatsion apparat xodimlari uchun majburiyatlar belgilab, o‘z vazifalarini bajarish uchun shart-sharoit yaratadi. Operatsiyalarni bajarish yoki rasmiylashtirish bo‘yicha buxgalterning ko‘rsatmalarini bajarish barcha bank xodimlari uchun majburiy hisoblanadi. Bosh buxgalterning ko‘rsatmalarini bajarmaganligi yoki noto‘g‘ri bajarganligi uchun mukofotdan butunlay, qisman mahrum bo‘lishi, alohida hollarda jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin. Bundan tashqari, bosh buxgalter bank rahbaridan buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rishni talab qilish, kassalarda pul qabul qilish, saqlash, ishlatish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarni to‘g‘ri bajarish ustidan nazorat qilish, mukofotlar miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega.
Moddiy javobgar shaxslarni, kassir, ombor mudirini lavozimga tayinlash, ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish masalasi ham bosh buxgalter bilan kelishib hal qilinadi. Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqiga ustamalar belgilash hamda ularni mukofotlash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.Bank bosh buxgalteri quyidagi hollarda javobgardir:
– buxgalteriya hisobining noto‘g‘ri olib borilish natijasida hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishida;
– depozit va boshqa hisobvaraqlar, debitorlar va kreditorlar bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar berilsa, hisob ishlari o‘z vaqtida olib borilmasa;
– buxgalteriya xodimlarining aybi bilan noto‘g‘ri hisobot berilsa;
– Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari bo‘yicha xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa;
– bank rahbari bilan teng ravishda bankning moliyaviy, xo‘jalik faoliyatini tashkil qilishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yilsa, javobgar hisoblanadi
Umuman, bosh buxgalterlarning intizomiy, moddiy va jinoiy javobgarligi amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi. Bank mas’ul ijrochilarining vazifalari. Hisob operatsion apparatining asosiy xodimlari – bu mas’ul ijrochilardir. Bank mijozlarining asosiy hisob-kitob va boshqa operatsiyalarining hisobini yuritish, mijozlar bilan muloqotda bo‘lishi aynan mas’ul ijrochilarga yuklatilgan. Mas’ul ijrochilar quyidagi vazifalarni bajaradi:
– biriktirib qo‘yilgan bank mijozlari va xodimlardan qabul qilingan hisobkitob va pul hujjatlariga tegishli ishlov berish;
– taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha pul o‘tkazish yoki pul to‘lash mumkin yoki mumkin emasligini hisobvaraqlardagi pul mablag‘larining yetarliligi asosida aniqlash;
– kelib tushgan barcha hisob-kitob hujjatlarini operatsiyalar qonuniyligi hamda ularning kreditlash va hisob-kitob qilish qoidalariga muvofiqligini tekshirish;
– akkreditiv, chek, to‘lov topshirig‘i, to‘lov talabnomasi, inkasso topshirig‘i va boshqa hujjatlarning hamda ularga ilova qilingan tovar transport hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirish, barcha rekvizitlarning mavjudligini aniqlash;
– pul chekining nomeri imzolar va muhr namunasi tushirilgan kartochkada qayd etilgan chek daftarchasining nomeriga to‘g‘ri kelishini tekshirish;
Hozirgi kunda xalqaro andozalarga muvofiq balans ichidagi hisob raqamlari ham, balansdan tashqari hisobvaraqlar ham ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Buxgalteriya hisobining tashkil qilishning asosiy tamoyillaridan biri ham aynan ikkiyoqlama yozuv usulidir. Ikki yoqlama yozuv usulining mazmuni nimadan iborat? Hisob siyosatida ikkiyoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus buxgalteriya hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq bo‘lib, u ikki qismdan iborat bo‘ladi: chap tomoni “debet”, o‘ng tomoni esa “kredit” deb nomlanadi. Har bir hisobvaraqning kun boshiga bo‘lgan boshlang‘ich qoldig‘i (saldo) bo‘lib, operatsiyalar o‘tkazilgandan so‘ng debet va kredit aylanmalarni hisobga olgan holda kun oxiriga bo‘lgan qoldig‘i chiqariladi. Barcha hisobvaraqlar o‘z mazmuniga ko‘ra aktiv yoki passiv bo‘lishi mumkin. Bankning o‘z mablag‘larini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Bank mablag‘larining manbayini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hisobvaraqlar bo‘lib hisoblanadi. Aktiv hisobvaraqlarga bankdagi naqd pullar, bankning vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar, turli muddatlarga, banklarga, hukumatga, korxona tashkilotlarga berilgan ssudalar, asosiy vositalari, bank xarajatlari kiradi. Passiv hisobvaraqlarga esa turli depozitlardagi mablag‘lar, budjet mablag‘lari, bank kapitali, daromadlari va hokazo kiradi. Aktiv hisobvaraqlarning qoldig‘i uning “debet” qismida bo‘lib, mablag‘larning ko‘payishi ham debetda aks ettiriladi, mablag‘larning kamayishi esa hisobvaraqning kreditida ko‘rsatiladi. Passiv hisobvaraqlar bo‘yicha, aksincha, qoldiq hisobvaraqning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi uning kreditida, mablag‘larning kamayishi, ya’ni chiqib ketishi debetida o‘z ifodasini topadi.
Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklar ham buxgalteriya hisobini yagona hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edilar. Har bir hisobvaraq nomeri va nomi yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo‘yilgan edi. Yangi hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy bank emissiya markazi hisoblangani uchun kassadagi pullar banknot va tangalarga bo‘lingan holda ko‘rsatiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limidagi hisobvaraqlar muddatiga ko‘ra joylashtirilgan hisoblanadi. “Majburiyatlar” bo‘limi Markaziy bankning asosiy funksiyalaridan biri hisoblangan “Pul emissiya”sidan boshlanib, uning hisobi 20100- “Pul emissiyasi” hisobvarag‘ida yuritiladi. Demak, Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan banknotlar va tangalar bank balansining passiv qismida, ya’ni majburiyatlar bo‘limida hisobga olinadi.Markaziy bankning hisobvaraqlar rejasining “Majburiyatlar” bo‘limida, shuningdek, norezident banklarning, xalqaro moliya institutlarining talab qilib olingungacha saqlanadigan, jamg‘arib boriladigan muddatli depozitlari, Markaziy bankning obligatsiyalari, davlat budjetining daromadlar va xarajatlari hisobvaraqlari yuritiladi.
Markaziy bank hisobvaraqlar rejasining “Kapital” deb nomlangan bo‘limda “E’lon qilingan ustav kapitali”, “Shakllangan ustav kapitali” kabi hisobvaraqlar ochilgan. Tijorat banklari hisobvaraqlar rejasining Sh-bo‘limida, ya’ni “Kapital” bo‘limida oddiy va imtiyozli ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali hamda oddiy va imtiyozli chiqarilgan ustav kapitali kabi Markaziy banklarning hiosbvaraqlar rejasida bo‘lmagan hisobvaraqlar ochiladi.
Tijorat banklar iqtisodiyot tarmoqlarining turli mulkchilik shakllariga tegishli xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatadi, shunga asosan tijorat banklarda alohida hisobvaraqlar ochiladi. Markaziy bank esa iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki hukumat va nazorat idoralari va vazirliklarga xizmat ko‘rsatadi. Shunday xususiyatlar har ikki bank hisobvaraqlar rejalarida hisobga olingan.Hozirgi kunda amalda bo‘lgan hisobvaraqlar rejasi olti bo‘limdan iborat bo‘lib, ulardan beshtasi balans ichidan hisobvaraqlarni o‘z ichiga oladi, oxirgi oltinchi bo‘lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobvaraqlar alohida bo‘limlarga kiritilgan, ya’ni:
I bo‘lim 10000 – Aktivlar
II bo‘lim 20000 – Majburiyatlar
III bo‘lim 30000 – Kapital
IV bo‘lim 40000 – Daromadlar
V bo‘lim 50000 – Xarajatlar
VI bo‘lim 90000 – Ko‘zda tutilmagan holat bo‘yicha (ya’ni balansdan tashqari) hisobvaraqlar
Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda
– birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi kitoblarda joylashuvini osonlashtirish;
– ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va klassifikatsiya qilish;
– uchinchidan, hisob ishlarini komputerlashtirish;
–to‘rtinchidan, operatsiyalar bo‘yicha yozuvlarni bajarishni tezlashtirishni ta’minlash mumkinligi hisobga olingan.
Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib kodlashtirilgan.Barcha aktivlar 40 ta atrofida asosiy hisobvaraqqa bo‘linadi, har bir asosiy hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat. Masalan: 10100 - asosiy hisobvaraq “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb nomlanadi va quyidagi subschyotlarni o‘z ichiga oladi:
10101 – aylanma kassadagi naqd pullar;
10102 – zaxiradagi naqd pullar;
10105 – cheklar va boshqa kassa hujjatlari;
10107 – bankomatlardagi naqd pullar;
10109 – yo‘ldagi pullar;
10111 – bank binosidan tashqaridagi kassalardagi naqd pullar.Huddi shunday misolni «Majburiyatlar» kategoriyasi bo‘yicha ko‘rib chiqamiz. Bank majburiyatlari “Talab qilib olinguncha saqlanadigan” (muddatsiz) depozitlardan boshlanadi: ya’ni,
20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, bunda:
2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga tegishli asosiy hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordamchi hisobvaraqlarni (subschyotlarni) o‘z ichiga oladi:
20202 – Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari;
20203 – Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatsiz depozitlari;
20204 – Mahalliy budjet qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari;
20205 – Budjetdan tashqari fondlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari;20296 – boshqa talab qilib olinadigan depozitlar.
Demak, 20200 – talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar asosiy hisobvarag‘i bir nechta yordamchi hisobvaraqni o‘z ichiga olar ekan. Yuqorida sanab o‘tgan depozit hisobvaraqlarining hammasi korxona va tashkilotlarining hisob-kitob schyotlariga tenglashtirilgan bo‘lib, ular orqali mijozlarining hisob-kitob, kassa, kreditni qaytarish va boshqa operatsiyalari o‘tkaziladi.Hisobvaraqlar rejasining qolgan bo‘limlaridagi hisobvaraqlari ham huddi shunday tartibda nomerlanadi.


  1. Yüklə 66,72 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin