Yakuniy nazorat xizmati tomonidan keyingi bank ish kunidan kechikmagan holda elektron ma’lumotlar bazasiga kirib, bankda amalga oshirilgan barcha operatsiyalar Bosh va yordamchi kitoblardagi amal qilib turgan shaxsiy hisobvaraqlarda to‘g‘ri aks ettirilganligini pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalari bilan solishtirib tekshirishdan o‘tkazilishi shart. Tekshirish natijalari dasturiy bayonnoma bilan rasmiylashtirilishi va kunlik yig‘majildga tikilishi shart.
Bundan tashqari, yakuniy nazorat xodim bank operatsiyalarini bajarish uchun asos bo‘lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to‘g‘ri va maqsadga muvofiq bajarilganligi bo‘yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.7
Xulosa Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bank tizimida islohotlarni amalga oshirishda asosiy e'tibor tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va ularning mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish borasidagi vazifalar ijrosiga qaratiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarlar natijasida iqtisodiyotimiz yildan yilga o‘sib bormoqda. Tijorat banklarida mavjud kredit resurslaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.Ushbu resurslarning harakatini buxgalteriya hisobi va hisobotlarida o‘z vaqtida to‘g‘ri hisobga olishni taqozo etadi. Tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi-bank aktivlari va passivlaridan samarali foydalanish, ularni joylashtirish va ko‘rsatilgan bank xizmatlari yuzasidan daromad (foizli)larni hamda bank operatsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar (foizli) ni, shuningdek, byudjet va byudjetdan tashqari to‘lovlarni o‘z vaqtida hisoblab, yakuniy moliyaviy natijalarni to‘g‘ri aniqlashdan iboratdir
Bankning asosiy vazifalari quyidagilar:
Qishloq hududlaridagi uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish uchun kredit berish va bank xizmati ko’rsatish; Qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha uy-joylar,ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish hamda ta’mirlashni tashkil etish uchun kredit berish va lizing xizmatlarini ko’rsatish;
Universal tijorat banki sifatida kompleks bank xizmatlarini ko’rsatish.
Bankning asosiy bosh maqsadi uy-joy, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalar qurilishi bilan bog’liq loyihalarni kreditlash bo’yicha kompleks xizmatlar,shuningdek tadbirkorlarga keng ko’lamli bank va konsalting xizmatlar ko’rsatish hisoblanadi.