2-mavzu. X bob. Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha asosiy vositalar baholanganqiymatbo’yichabalansgaquyidagichakirimqilinadi: Debet 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i Kredit 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”
Agar omborgakirimqilinsa:
Debet 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” Kredit 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar”
Bank xodimlarining aybi bilan foydalanishga yaroqsiz holga kelgan asosiyvositalar qiymati yoki kamomad aniqlangan holda, quyidagi buxgalteriya yozuvirasmiylashtiriladi: jamg’arilganeskirish summasiga:
Debet 16500 Asosiy vositalarning tegishli jamg’arilgan eskirish hisobvarag’i Kredit 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i
agar undirilishi lozim bo’lgan summa aktivning qoldik qiymatidan ortiqbo’lsa:
Debet 19908 “Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar” – aybdor shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan summaga
Kredit 16500 Tegishli asosiy vositaning hisobvarag’i – qoldiq qiymat va/yoki
Kredit 45994 “Boshqa foizsiz daromadlar” - undirilishi lozim bo’lgan summa bilan aktivning qoldik qiymati o’rtasidagi farq summaga
agar undirilishi lozim bo’lgan summa aktivning qoldik qiymatidan kambo’lsa:
Debet 19908 “Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar” – undirilishi lozim bo’lgan summa
Debet 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar” - aktivning qoldiq qiymati bilan undirilishi lozim bo’lgan summa o’rtasidagi farq
Kredit 16500 Tegishli asosiy vositaning hisobvarag’i – qoldiq qiymati – qoldik qiymat
mablag’larundiribolinganda:
Debet 10101 “Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar” va/yoki
Debet 29803 “Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar” (xodimning ish haqidan ushlab qolish)
Kredit 19908 “Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda unidirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar”
Yuqoridagi buxgalteriya o’tkazmalarini aniq misolda ko’rib chiqamiz.
ATB“O’zsanoatqurilishbank”“SAMSUNG”MCHJbilan2019yil7avgustda o’zaro shartnoma tuzib,harbirining qiymati 5 mln.so’mlik 50 donakompyuter va 2,5 mln.so’mlik 30 dona printerni oldindan pul to’lash yo’li bilanxarid qildi. Bundan tashqari, АJ «GM UZBEKISTAN» bilan 2019 yil 10 avgustdao’zaroshartnomatuzib,5donaChevroletCobaltavtomobiliniharbirini86mln.somdanhamda10donaChevroletDamasavtomobiliniharbirini66mln.somdan pulini keyin to’lash shartibi bilan xariq qilgan. 2019 yil 20 avgustdaavtomobillarning puli bank tomonidan to’lab berildi. 2019 yil 15 avgustda Boshbankdan Toshkent shahar mintaqaviy filialiga 10 dona kompyuter va 10 donaprinterberilgan.YuqoridagiАJ«GMUZBEKISTAN»va“SAMSUNG”MCHJlarningasosiy hisobvarag’iATB“O’zsanoatqurilishbank”daochilgan. Topshiriq: 1. Yuqoridagi muomalalarga tegishli buxgalteriya o’tkazmasinibering?