Tayanch so’z va iboralar. Asosiy vositalar, boshlang’ich qiymat, qoldiq qiymat,
amortizatsiya, nomoddiy aktivlar, bino – inshoatlar,
mebel va jihozlar, qayta baholash, oldindan to’lash, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar,
inventarizatsiya, taqsimlanmagan foyda, gudvill, dasturiy ta’minot.
Tijorat banklari asosiy vositalarning mazmuni va uni hisobini tashkil etilishi
Asosiy vositalar – bu moddiy aktivlar bo’lib:
bank faoliyatida bank xizmatlarini ko’rsatish jarayonida, ijaraga berish uchun yoki ma’muriy maqsadlarda foydalaniladi;
bir yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanishga mo’ljallangan.
Asosiy vositalarga quyidagilar kiradi: bino, inshootlar,
uskuna va asboblar, kompyuterlar, mebel, hisoblash texnikasi,
transport vositalari, foydalanish huquqi bilan olingan er, kutubxona fondlari, qiymatidan qat’iy nazar, signalizatsiya (ogohlantirish) va binoni qurishda uning narxiga kiritilmagan telefonlashtirish ob’ektlari va h.
Tijorat banklarda asosiy vositalarning hisobi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2004 yil 27 noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi 25/8-sonli Nizomiga asosan olib boriladi. Unga ko’ra, bank balansiga asosiy vositalar quyidagi hollarda kiritiladi:
to’lov evaziga sotib olish;
ob’ektlarni qurish yoki rekonstruktsiya qilish yo’li bilan olish;
tekinga yoki subsidiya ko’rinishda olish;
moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olish;
ortiqcha chiqqan (hisobga olinmagan) asosiy vositalar aniqlanishi.
jadval