Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari. Mijozlarga hisobvaraq ochish tartibi



Yüklə 296,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix19.10.2023
ölçüsü296,11 Kb.
#157753
1   2   3   4   5   6
5 Mijozlarga hisobvaraq ochish va yuritish

 


91 
5
.Hisobvaraqlarni qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o‟tkazish va 
yopish tartibi. 
Turli mulkchilik shaklariga tegishli bo‘lgan korxonalar o‘z faoliyatlari 
jarayonida, bankrot deb e‘lon qilinishi, qayta tashkil etilishi, ya‘ni qo‘shib olinishi, 
bo‘linishi yoki biror korxonadan ajralib chiqishi mumkin. Shu munosabat bilan 
mijoz qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda bankka yangi tashk
il etilgan paytdagi 
kabi xujjatlarni taqdim etadi. Korxonaning qayta tashkil etish bilan bog‘liq 
bo‘lmagan holda nomi o‘zgaradigan bo‘lsa yoki korxonaning bo‘ysunishi 
o‘zgarganda tegishli tashkilot tomonidan berilgan nomi yoki bo‘yinsinishi 
o‘zgarganligin
i tasdiqlovchi xujjat nusxasi topshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida juda ko‘plab tijorat banklari faoliyat ko‘rsatib 
ular o‘rtasida kuchli raqobat boradi. Korxonalar bank muassasalarini mustaqil 
ravishda tanlaydilar. Korxonalar o‘zlariga xizmat ko‘
rsatayotgan bank muassasasi 
xizmatidan qoniqmasalar boshqa banklarga o‘tib uning xizmatlaridan 
foydalanishlari mumkin.
Mijoz tomonidan bankka ariza va chek daftarchalari berilgandan so‘ng, bank 
mijozning hisobvarag‘idagi qoldiqni yozma ravishda tasdiqlay
di. Mijoz ushbu 
tasdiqnomani hisobvaraq ochish uchun ariza bilan birga hisobvaraq ochayotgan 
bankka taqdim etadi. Arizaga asosan yangi bank mijozga vaqtinchalik 29801
-
(hisobvaraq nomini hisobvaraqlar rejasidan qo‘rib, esda saqlab qoling)
 
hisobvarag‘ini och
adi va haqda mijozga va uning avvalgi bankiga yozma ravishda 
xabar beradi. Yozma xabarni olgach, mijoz o‘zining avvalgi bankiga 
hisobvarag‘idagi qoldig‘ini hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik 
hisobvarag‘iga o‘tkazib berish haqida to‘lov topshiriqno
masini taqdim etadi. Bank 
mijozning yuridik xujjatlar yig‘majildidagi xujjatlar va boshqa to‘lov xujjatlari 
bo‘yicha dalolatnoma tuzib, imzolar va muxr qo‘yilgan xolda kurerlar yoki pochta 
orqali dalolatnomani va u bilan birga xujjatlarni hisobvaraq ochayotgan bankka 
jo‘natadi. Bu xujjatlarni qabul qilganligi haqida hisobvaraq ochayotgan bankda 
dalolatnomaning bir nusxasiga bank rahbari va bosh buxgalterining imzosi va 
muxr qo‘yilgan xolda avvalgi bankka etkazib beriladi. Hisobvaraq egasi orqali 
ushbu xujja
tlarni bir bankdan ikkinchi bankka etkazib berish ta‘qiqlanadi. 
Dalolatnoma olingandan so‘ng mijoz hisobvarag‘idagi pul mablag‘lar qoldig‘ini 
hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazib 
beriladi. 
Hisobvaraq ochayotgan bank o‘
zida mijozga hisobvaraq ochib vaqtinchalik 
hisobvaraqdan yangi ochilgan hisobvaraqqa mablag‘larni o‘tkazib qo‘yadi. 
Hisobvaraq yopgan bankda barcha berib yuborilgan xujjatlardan nusxa olib, 
belgilangan tartibda o‘z arxivida saqlaydi. Mijoz to‘g‘risidagi barcha ma‘lumotlar 
ikki oy davomida ma‘lumotlar bazasida saqlanadi, ikki oydan so‘ng ular 
arxivlashtirilib tegishli tartibda saqlanadi. 
Korxonalarning hisobvaraqlari turli sabablarga ko‘ra yopilishi mumkin. 
Hisobvaraqlar yopilayotganda bank va mijoz o‘rtasi
da tuzilgan bank 
hisobvaraqlarini yuritishi bo‘yicha shartnomalar bekor qilinadi. 
Mijozlarning 
hisobvaraqlari quyidagi xollarda yopiladi: 



hisobvaraq egasining arizasiga ko‘ra;

korxonani tashkil etgan yuqori tashkilot qaroriga ko‘ra;

korxona tugatilganda;

bank talabi bilan.
Asosiy hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasining
farmoyishiga ko‘ra, hisobvaraqdagi pul mablag‘lari surishtiruvchi, tergovchi qarori
bo‘yicha yoki sud ajrimiga ko‘ra xatlanganda to‘xtatib qo‘yiladi.
Bank hisobvarag‘i
shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga xamda bank
talabiga ko‘ra bekor qilinadi. Bank talabiga ko‘ra bank hisobvarag‘i shartnomasi
sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

Agar korxona shartnomada yoki bank qoidalarida ko‘rsatilgan minim
al
miqdorda hisobvaraqda pul mablag‘larini ushlab turmasa va bu haqda bank
tomonidan ogoxlantirilgandan so‘ng, bir oy ichida belgilangan summaga
etkazilmasa;

Agar shartnomada boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, korxona
hisobvarag‘i bo‘yicha 1 yil davomida operatsiyalar o‘tkazilmasa.
Hisobvaraqdagi pul mablag‘lari qoldig‘i mijozning tegishli yozma arizasiga
ko‘ra kechi bilan 7 kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko‘rsatmasiga binoan
boshqa hisobvaraqqa o‘tkaziladi Bank hisobvarag‘i shartnomasining be
kor
qilinishi hisobvaraqnin
g yopilishi uchun asos bo‘ladi.

 


 


 



Yüklə 296,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin