91
5
.Hisobvaraqlarni qayta rasmiylashtirish, boshqa bankka o‟tkazish va
yopish tartibi.
Turli mulkchilik shaklariga tegishli bo‘lgan korxonalar o‘z faoliyatlari
jarayonida, bankrot deb e‘lon qilinishi, qayta tashkil etilishi, ya‘ni qo‘shib olinishi,
bo‘linishi yoki biror korxonadan ajralib chiqishi mumkin. Shu munosabat bilan
mijoz qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda
bankka yangi tashk
il etilgan paytdagi
kabi xujjatlarni taqdim etadi. Korxonaning qayta tashkil etish bilan bog‘liq
bo‘lmagan holda nomi o‘zgaradigan bo‘lsa yoki korxonaning bo‘ysunishi
o‘zgarganda tegishli tashkilot tomonidan berilgan nomi yoki bo‘yinsinishi
o‘zgarganligin
i tasdiqlovchi xujjat nusxasi topshiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida juda ko‘plab tijorat banklari faoliyat ko‘rsatib
ular o‘rtasida kuchli raqobat boradi. Korxonalar bank muassasalarini mustaqil
ravishda tanlaydilar. Korxonalar o‘zlariga xizmat ko‘
rsatayotgan bank muassasasi
xizmatidan qoniqmasalar boshqa banklarga o‘tib
uning xizmatlaridan
foydalanishlari mumkin.
Mijoz tomonidan bankka ariza va chek daftarchalari berilgandan so‘ng, bank
mijozning hisobvarag‘idagi qoldiqni yozma ravishda tasdiqlay
di. Mijoz ushbu
tasdiqnomani hisobvaraq ochish uchun ariza bilan
birga hisobvaraq ochayotgan
bankka taqdim etadi. Arizaga asosan yangi bank mijozga vaqtinchalik 29801
-
(hisobvaraq nomini hisobvaraqlar rejasidan qo‘rib, esda saqlab qoling)
hisobvarag‘ini och
adi va haqda mijozga va uning avvalgi bankiga yozma ravishda
xabar beradi. Yozma xabarni olgach, mijoz o‘zining avvalgi bankiga
hisobvarag‘idagi qoldig‘ini hisobvaraq ochayotgan
bankdagi vaqtinchalik
hisobvarag‘iga o‘tkazib berish haqida to‘lov topshiriqno
masini taqdim etadi. Bank
mijozning yuridik xujjatlar yig‘majildidagi xujjatlar va boshqa to‘lov xujjatlari
bo‘yicha dalolatnoma tuzib, imzolar va muxr qo‘yilgan xolda kurerlar yoki pochta
orqali dalolatnomani va u bilan birga xujjatlarni hisobvaraq ochayotgan bankka
jo‘natadi. Bu xujjatlarni qabul qilganligi haqida hisobvaraq
ochayotgan bankda
dalolatnomaning bir nusxasiga bank rahbari va bosh buxgalterining imzosi va
muxr qo‘yilgan xolda avvalgi bankka etkazib beriladi. Hisobvaraq egasi orqali
ushbu xujja
tlarni bir bankdan ikkinchi bankka etkazib berish ta‘qiqlanadi.
Dalolatnoma olingandan so‘ng mijoz hisobvarag‘idagi pul mablag‘lar qoldig‘ini
hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisobvaraqqa o‘tkazib
beriladi.
Hisobvaraq ochayotgan bank o‘
zida mijozga hisobvaraq
ochib vaqtinchalik
hisobvaraqdan yangi ochilgan hisobvaraqqa mablag‘larni o‘tkazib qo‘yadi.
Hisobvaraq yopgan bankda barcha berib yuborilgan xujjatlardan nusxa olib,
belgilangan tartibda o‘z arxivida saqlaydi. Mijoz to‘g‘risidagi barcha ma‘lumotlar
ikki oy davomida ma‘lumotlar bazasida saqlanadi, ikki oydan so‘ng ular
arxivlashtirilib tegishli tartibda saqlanadi.
Korxonalarning hisobvaraqlari turli sabablarga ko‘ra yopilishi mumkin.
Hisobvaraqlar yopilayotganda bank va mijoz o‘rtasi
da
tuzilgan bank
hisobvaraqlarini yuritishi bo‘yicha shartnomalar bekor qilinadi.
Mijozlarning
hisobvaraqlari quyidagi xollarda yopiladi:
hisobvaraq egasining arizasiga ko‘ra;
korxonani tashkil etgan yuqori tashkilot qaroriga ko‘ra;
korxona tugatilganda;
bank talabi bilan.
Asosiy hisobvaraq bo‘yicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasining
farmoyishiga ko‘ra, hisobvaraqdagi pul mablag‘lari surishtiruvchi, tergovchi qarori
bo‘yicha yoki sud ajrimiga ko‘ra xatlanganda to‘xtatib qo‘yiladi.
Bank hisobvarag‘i
shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga xamda bank
talabiga ko‘ra bekor qilinadi. Bank talabiga ko‘ra bank hisobvarag‘i shartnomasi
sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
-
Agar korxona shartnomada yoki bank qoidalarida ko‘rsatilgan minim
al
miqdorda hisobvaraqda pul mablag‘larini ushlab
turmasa va bu haqda bank
tomonidan ogoxlantirilgandan so‘ng, bir oy ichida belgilangan summaga
etkazilmasa;
-
Agar shartnomada boshqa muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, korxona
hisobvarag‘i bo‘yicha 1 yil davomida operatsiyalar o‘tkazilmasa.
Hisobvaraqdagi pul mablag‘lari qoldig‘i mijozning tegishli yozma arizasiga
ko‘ra kechi bilan 7 kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko‘rsatmasiga binoan
boshqa hisobvaraqqa o‘tkaziladi Bank hisobvarag‘i
shartnomasining be
kor
qilinishi hisobvaraqnin
g yopilishi uchun asos bo‘ladi.