Aholi va mijozlaming banklarga ЬоЧдап ishonchining mustahkamligi. Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib otilgan qisqa davrda yigllgan tajribalaming natijalari shuni ko^rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlaming banklarga bolgan ishonchi yo‘qolishi bilan boglab ko'radigan bolsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ulaming jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi.
Aholi va mijozlaming banklarga bolgan ishonchining zaifligiga quyidagilar sabab bolishi mumkin:
banklarning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa;
aholi va mijozlaming kreditga, ayniqsa naqd pulga bolgan talabi toliq va o‘z vaqtida qondirilmasa;
mijozlaming hisobvaraqlari bo^icha mablaglar qoldigl va aylanmalari haqida bank siri ta’minlanmasa;
- bankda omonatlami saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va boshqalar.
Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish lozim.Tijorat banklarining xojalik subyektlariga kreditlami berishda, mijozlaming naqd pullarga bolgan talabini qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bulaming barchasi banklaming iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi.
Banklaming iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ulaming sayi harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, banklar milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida subyekt sifatida sarnarali faoliyat yuritishi mumkin emas.
Masalan, banklaming asosiy faoliyat turlaridan biri muomalaga pulni emissiya qilishini oladigan bolsak, muomalaga emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan bolishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyatsiya darajasi oshishi bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan ta’minlangan bolishi lozim. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda ishlab chiqarish va tovarlar aylanmasi samaradorligi ta’minlanganligini talab etadi.
Demak, iqtisodiyotda tovar massasi va pul massasi o^asidagi muvozanatlikning ta’minlanishi, birinchidan, bankning iqtisodiyotdagi rolini oshirsa, ikkinchidan, milliy iqtisodiyotning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq, bu muvozanatlikni ta’minlanishiga qator obyektiv va subyektiv omillar ta’sir qiladi.
Masalan, 90 yillaming oxirlarida Rossiyada, shuningdek, qator sobiq ittifoq respublikalarida, shu jumladan malakatimizda ham pullami muomalaga chiqarish hajmi ishlab chiqarish hajmidan sezilarli darajada pasayib ketdi. Buning natijasida ishlab chiqarish jarayonida uzilishlami vujudga kelishiga, shuningdek, xojalik yurituvchi subyektlar o'rtasida debitor - kr edit or summalari miqdorining sezilarli darajada oshib ketishiga olib keldi.
Banklaming mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini, ya’ni ulaming rolini real sektomi kreditlash munosabatlari misolida ham ko^rishimiz mumkin. Mamlakat real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bolib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz sharoitida iste’mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari haj mining qisqarishi, debitorlarning tolovga layoqatsizligi korxonalarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bolgan kuchli talabni paydo bolishiga sabab boladi. Albatta, ushbu talab toliglcha banklaming kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish uchun yetarli moliyaviy resurslaming taqchilligi paydo boladi.
Bundan tashqari, eng muhimi banklar tomonidan berilgan kreditlaming toliq qaytmaslik xavfi, ya’ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy inqiroz sharoitida banklaming kreditiga talab yuqori bolsada, banklar kredit quyilmalari hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu banklaming iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas, balki banklar ham tijorat muassasa sifatida asosiy e’tiborini iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi banklar risk asosida kredit sifatida beradigan mablaglari o‘z mablaglari emas, balki chetdan jalb qilingan boshqa shaxslaming mablaglari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik lozim.
Xulosa olnida talddlash mumkinki, banklaming iqtisodiyotdagi roli nafaqat banklaming o‘ziga, balki milliy iqtisodiyotning rivoji va raqobatbardoshligiga bevosita bogliq. O‘z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita bogliqdir. Bir so‘z bilan aytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir-biridan ayri holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri-birini toldirgan holda, bir-biriga o‘zaro hamohang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy- moliyaviy subyektlar hisoblanadi.
2 Деньги, кредит, банки: Учебник/Кол. авт Под ред О И Лавшурина. - М: КНОРУС, 2007 С.319 - 324
3 Банки и банковские операции: Учебник для вузов/ Е.Ф.Жуков, Л.М.Максимова, О.М.Макарова и др. Под ред Е.Ф.Жукова. - М.: Банки и биржи, КЭНИТИ, 1997. С 6.