Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi banklarning vujudga kelishi va mohiyati



Yüklə 33,55 Kb.
səhifə2/6
tarix03.06.2023
ölçüsü33,55 Kb.
#124175
1   2   3   4   5   6
BANKLARNING KELIB CHIQISHI

Mulkiy jihatdan - davlat banki, aksiyadorlik banki, kooperativ bank, xususiy va xorijiy kapital ishiirokida qo‘shma banklariga bo‘linadi. Banklami mulkchilik nuqtai nazardan tasniflanganda asosan ulaming ustav kapitali tarkibida kimning ulushi 51 foizdan yuqori bolsa, bank shu shaxslaming nomlarini oladi.
Masalan, bank kapitalining asosiy ulushi xususiy yoki kooperativ tashkilotlar hissasiga to‘gri kelsa, mazkur banklar xususiy yoki kooperativ bank deya yuritiladi.
Davlat banklari kapitalining asosiy ulushi davlatga tegishli boladi, ko‘pchilik mamlakatlarda Markaziy banklar davlat banki hisoblanadi. O‘zbekistonda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Davlat - aksiyadorlik Xalq banki, aksiyadorlik tijorat “Asaka” banklaming kapitali tarkibida asosiy ulush davlatga tegishli bolganligi bois mazkur banklar davlat banklari hisoblanadi.
Mamlakatimizda aksiyadorlik tijorat banklari sifatida, aksiyadorlik tijorat “Agrobank”ni, Aloqabank, Turonbank va boshqalami keltirish mumkin. Mamlakatimizda yopiq turdagi aksiyadorlik tijorat banklari mavjud emas.
Xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma banklar mamlakat qonunchiligiga asosan belgilangan miqdordagi ustav kapitali xorijiy ishtirokchilar tomonidan shakllantirilsa mazkur banklar shu maqomga ega boladi. Mamlakatimizda xorijiy kapital ishtirokidagi banklami tashkil etish O'zbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlariga muvofiq arnalga oshiriladi.
Huquqiy jihatdan - banklar ochiq va yopiq turdagi jamiyatlar sifatida tasniflanadi. Banklaming kapitalini asosiy ulushi yuridik shaxslar hissasiga to‘gri keladi, ushbu banklar ochiq aksiyadorlik yoki yopiq aksiyadorlik banklari bolishi mumkin.
Ochiq yoki yopiq aksiyadorlik banklari deyilishiga sabab ulaming aksiyalarini sotish va sotib olish jarayoni bilan bogliq boladi. Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlaming roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bolgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. Mamlakatimizda mulkiy jihatdan tashkil topishidan qa’tiy nazar, faoliyat yuritayotgan barcha banklar ochiq aksiyadorlik banklari hisoblanadi.

Yüklə 33,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin