Psixologiya fani tarixida birinchi bo’lib “Jon haqida”gi asarni kim yozgan?
|
Aristotel
|
Shaxsni faollikka undovchi omil nima?
|
Ehtiyoj
|
Psixik taraqqiyot qonunlarini ontogenez rivojlanishi jarayonining har bir bosqichlarida kishilarga xos bo’ladigan psixologik xususiyatlarni o’rganadigan psixologiya fanining sohasi qanday ataladi?
|
Yosh davrlari psixologiyasi
|
Individuallik – bu?
|
Individning o’zgachaligi, o’ziga xosligi
|
Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni ko’rsating.
|
Irsiyat, muhit, tarbiya, ta’lim
|
Quyidagi ta’riflarning qaysi biri sezgi mazmuni to’laroq ifodalaydi?
|
Obyektiv olamdagi predmet va hodisalarning sezgi a’zolarimizga ta’sir etishi
|
Quyidagi hukmlardan qaysi biri tafakkurni to’g’ri ta’riflaydi?
|
Tafakkur voqyelikni umumlashtirgan xolda va vositali ravishda aks ettirishidan iborat bo’lgan psixik jarayon
|
Shaxsning bilish jarayonlarini ko’rsating?
|
Taffakur, idrok, diqqat, xotira, qobiliyat, xayol, sezgi
|
Diqqat necha turga bo’linadi?
|
3 ta
|
Xotira jarayonini aniqlang.
|
Esda olib qolish, esda saqlash, tanish, esga tushurish va unutish
|
Mavjud obrazlar tasavvurlashning qayta tiklanishi va ularning bir-biri bilan qo’shilishi asosida yangi obrazlarning hosil bo’lish jarayoni psixologiyada qanday ataladi?
|
Hayol
|
|