50
ettiriladi hamda beshta rivojlantirish markazlarida taʼlimiy faoliyat turlari tashkil
etiladi:
●
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi;
●
Syujetli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish markazi;
●
Til va nutq markazi;
●
Fan va tabiat markazi;
●
Sanʼat markazi.
Namunaviy rejalashtirish berilgan markazlardagi faoliyatlarga, hudud
(shahar)larning ichki imkoniyatlarini inobatga olib yoki ijodiy yondoshgan holda
(
asosiy oy mavzusidan chiqib ketilmaydi
) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda
markazlardagi faoliyat ish daftarida qayd etiladi.
Ish jurnalining sayr boʻlimi 5 qismdan iborat.
Kuzatish –
ikki turdan iborat boʻlib, jonli va jonsiz tabiatni kuzatadi. Obyektga
mos boʻlgan mehnat turini tanlashi kerak (
oʻz-oʻziga hizmat, xoʻjalik-maishiy
mehnat, tabiatdagi mehnat, qoʻl mehnati (katta va tayyorlov guruhlarda
oʻtkaziladi
).
Mehnat -
ushbu qismda tarbiyachi maydonchada olib borilishi mumkin
boʻlgan bolalarning yoshiga mos mehnat turlarini tanlaydi. Maydonchaga
chiqishda albatta mehnat qurollarini ham olib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: