57
05-04. Bolalarning rivojlanish xaritalari. Yillik hisobot
Bolalarning rivojlanish xaritasi ularning rivojlanishini
hujjatlashtirishning asosiy
shaklidir. Bolaning rivojlanish xaritasini toʻldirish uchun uch bosqichdan iborat boʻlgan
kuzatish olib boriladi: dastlabki (oʻquv yili boshida), oraliq (oʻquv yili oʻrtasida) va yakuniy
(oʻquv yili yakunida).
Dastlabki kuzatish oʻquv yili boshida oʻtkaziladi (taxminan sentyabr oyida). Bu
bosqichda har bir bolaning boshlangʻich imkoniyatlari (boshlangʻich, ayni damdagi dolzarb
rivojlanish darajasi) aniqlanadi. Uning shu davrgacha
erishgan yutuqlari, kuchli tomonlari,
shuningdek oʻquv yilining boshida rivojlanish ehtiyoj va muammolari
aniqlanadi
hamda
ularni hal qilish uchun pedagogning yordami talab qilinadi. Pedagog (tarbiyachi) bola
yutuqlari xaritasini toʻldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi (+) bilan belgilaydi. Kuzatish
rivojlanishning barcha sohalari boʻyicha olib boriladi. Agar u yoki bu rivojlanish sohasidagi
indikator (kutilayotgan natijalar) “ishlamasa”, pedagog (tarbiyachi) “Pedagog izohi” ustunida
eslatma yozishi lozim.
Bolaning rivojlanish darajasi quyidagi tushuntirishlar yordamida belgilanadi:
K –
kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon
qiladi / xatti harakatlari kam yoki umuman namoyon qilmaydi).
B –
baʼzida kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi /
xatti-harakatlari
tasodifiy yoki maʼlum vaziyatlarda).
T –
tez-tez kuzatiladi (bola asosiy koʻnikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab namoyish
etadi).
D –
doimiy ravishda kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi /
xattiharakatlari talab darajasida, mustaqil tarzda takrorlaydi).
Oraliq kuzatish shu tartibga binoan oʻtkaziladi. Kuzatishning bu turi birinchi yarim
yillik oxiri (dekabr, yanvar)da oʻtkaziladi. Bunday kuzatishni oʻtkazishdan maqsad bolaga
nisbatan tanlangan metodikaning toʻgʻriligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan
iborat. Mazkur kuzatish natijalariga koʻra, pedagog, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda,
zarurat tugʻilgan holatlarda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin.
Oʻquv yili oxirida (odatda may oyida) pedagog yakuniy kuzatishni oʻtkazadi. Mazkur
kuzatish asosida yil boshida qoʻyilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola
rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi
pedagogik jarayondan
koʻzda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatishni oʻtkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
•
kuzatish bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam
berishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatish kamida ikki hafta
(yoki bir oy) mobaynida olib boriladi.
58
•
pedagog bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ota-onalar yoki tashkilotning boshqa
xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin.
•
pedagog
bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning
muloqot qilish va bilim
olish xususiyatlariga eʼtibor qaratishi lozim.
3-6 yoshdagi bolalarni oraliq va yakuniy kuzatish natijalariga koʻra, ushbu bolaning
rivojlanish sohalari boʻyicha rivojlanishida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda
keyingi pedagogik jarayonning maqsadlari aniqlanadi.
6-7 yoshdagi bolalar uchun (MTT bitiruvchisi) faqat
oraliq kuzatish maqsadlari
aniqlanadi, yakuniy kuzatishdan soʻng bolaning maktabga tayyorligi xaritasi toʻldiriladi.
Dostları ilə paylaş: