Barcha tashkilotlarda pedagoglarning ish hujjatlari mazkur roʻyxat va


T –  tez-tez kuzatiladi (bola asosiy koʻnikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab namoyish  etadi). D –



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/76
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#206711
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
99 Buyruq 28.08.2023 (4)

T – 
tez-tez kuzatiladi (bola asosiy koʻnikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab namoyish 
etadi).
D – 
doimiy ravishda kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / 
xattiharakatlari talab darajasida, mustaqil tarzda takrorlaydi).
Oraliq kuzatish shu tartibga binoan oʻtkaziladi. Kuzatishning bu turi birinchi yarim 
yillik oxiri (dekabr, yanvar)da oʻtkaziladi. Bunday kuzatishni oʻtkazishdan maqsad bolaga 
nisbatan tanlangan metodikaning toʻgʻriligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan 
iborat. Mazkur kuzatish natijalariga koʻra, pedagog, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, 
zarurat tugʻilgan holatlarda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin.
Oʻquv yili oxirida (odatda may oyida) pedagog yakuniy kuzatishni oʻtkazadi. Mazkur 
kuzatish asosida yil boshida qoʻyilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola 
rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan 
koʻzda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.
Kuzatishni oʻtkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:

kuzatish bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam 
berishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatish kamida ikki hafta 
(yoki bir oy) mobaynida olib boriladi.

pedagog bola toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ota-onalar yoki tashkilotning boshqa 
xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin.

pedagog bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim 
olish xususiyatlariga eʼtibor qaratishi lozim.
Bolalarni kuzatish natijalariga ko'ra, ushbu bolaning rivojlanish sohalarida 
rivojlanishida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda, keyingi pedagogik 
jarayonning maqsadlari aniqlanadi. 6-7 yoshli bolalarning yakuniy kuzatuvidan so'ng 
bolaning maktabga tayyorligi xaritasi to'ldiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin