Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/59
tarix06.12.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#72528
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan

“TASDIQLAYMAN”


M.Ulug’bek nomidagi O’zbekiston

Milliy universiteti Hayot faoliyati xavfsizligi bo’limi boshlig’i R.Oxunov
11.01.2021 yil

Barcha yo’nalishlar uchun “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan “yakuniy nazorat” savollari variantlari


1.Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari?
1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari.
Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. Insonni turli xavf–xatarlardan muhofaza qilish muammosi yer yuzida uzoq ajdodlarimiz paydo bo‘lishlari bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. Bu muammo hozirgi kunga qadar ham insoniyat oldida keskin muammo bo‘lib turibdi va kundan kunga xavfsizlik masalasi yanada ko‘proq e’tiborni talab etmoqda. Agar bashariyatning ilk davrlarida insonga asosan tabiiy xususiyatli xavflar tahdid solgan bo‘lsa, keyinchalik vaqt o‘tishi bilan inson o‘z qo‘llari bilan yangi-yangi xavf manbalarini yarata boshladi. Oqibatda inson hayotiy faoliyati xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoldi.
Hayot faoliyati xavfsizligi insonlarga tahdid soladigan xavflar, ularning kelib chiqish qonuniyatlari va ulardan ximoyalanish usullari o‘rganiladigan fan sohasi hisoblanadi. Turli falokatlar, halokatlar va ofatlardan insonlar hayot faoliyatini saqlash “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining maqsadlaridan biridir.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani 2009-2010 o‘quv yilidan boshlab barcha oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayoniga kiritilgan.
Mamlakatimizda “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani nisbatan yangi yo‘nalish bo‘lsada hayot faoliyati xavfsizligi masalalari bilan qadim zamonlardan beri ko‘p ulug‘ allomalar shug‘ullanib kelishgan. Inson hayotini himoya qilish muammolarini birinchilardan bo‘lib Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) va Gippokrat (eramizdan avvalgi 460-377 yillar) o‘rgangan. Ular o‘zlarining asarlarida inson uchun qulay va xavfsiz ish sharoitlarini ko‘rib chiqishgan. Paratsels (1493-1541) va Agrikola (1494-1555) tog‘ ishi (konchilik) bilan bog‘liq xavflarni o‘rganishgan. Paratsels doza va me’yor prinsiplariga asos solgan. Uning ta’kidlashicha “Barcha narsa yoki zahar, yoki malham. Faqat qabul qilish dozasiga qarab u zahar yoki malham bo‘lishi mumkin”. Agrikola bizning davrimizgacha etib kelgan “Tog‘ ishi” (Konchilik) asarining muallifidir. Ramatsini (1633-1714) “Hunarmandlar kasalliklari” kitobida ishlab chiqarish gigienasiga asos soldi. Rossiyada esa mehnat muhofazasi bo‘yicha izlanishlar kimyoviy gazlarning konchilarga ta’sirini o‘rgangan M.V.Lomonosovga (1711-1765) tegishlidir. K.Marks (1818-1883) va F.Engels (1820-1895) ishlab chiqarishda mehnat sharoiti va inson xavfsizligi muammolarini o‘rganishgan. Ularning ta’kidlashicha “iqtisodiy davr nima ishlab chiqarilishi bilan emas, qanday ishlab chiqarilishi bilan farqlanadi”. Birinchi marta mehnat sharoiti mehnat unumdorligini ta’minlovchi va qo‘shimcha qiymat olish manbai, vositasi sifatida kiritildi. “Mehnatni kuchaytirish”, “mehnatni jadallashtirish” (intensifikatsiya truda) terminlari paydo bo‘ldi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab sanoatda texnika rivojlanishi munosabati bilan, bir guruh olimlar xavfsizlik muammosi bilan shug‘ullanganlar: Kirpichev V.L. (1845-1913), Press A.A. (1857-1930), Erisman F.F. (1842-1915), Nikolskiy D.P. (1855-1918), Levitskiy V.A. (1867-1936), Skochinskiy A.A. (1874-1960), Kaplun (1897-1943) va boshqalar.
Ulug‘ o‘zbek xakimi Abu Ali Ibn Sino (980-1087) o‘z ishlari bilan bundan 1000 yil muqaddam gigiena faniga asos solgan. Abu Abu Rayhon Beruniy esa tabiat va atrof-muhit muhofazasi masalalarini o‘rgangan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da inson va tabiat munosabatlariga keng o‘rin ajratilgan.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, faoliyat xavfsizligini ta’minlash masalalari tarixi hali to‘liq o‘rganilmagan.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fani - ilmiy metodologik fanlar qatoriga kirib, uning asosiy maqsadi, inson hayot faoliyatida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish uslublarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilish, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan himoyalanishga tayyorlash hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining markaziy e’tiborida “inson- tabiat-jamiyat” rivojlanishining maqsadlari yotadi.
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy vazifalari:
1. Xavflarning identifikatsiyasini o‘rganish. Bunda inson faoliyati jarayonida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning xususiyatlarini va ko‘ngilsiz oqibatlarini o‘rganiladi.
2. Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko‘rsatish sohalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganish.
3. Ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan uslubiyatlarni ishlab chiqish.
4. Fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o‘rgatish.
5. Mehnat jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish chora- tadbirlarini o‘rganish.
6. Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklash ishlarini o‘tkazish.
7. Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish.
Hayot faoliyati xavfsizligi” fani tuzilish jihatdan to‘rt bo‘limdan tashkil topgan:
1. Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari bo‘limida fanning asosiy tushunchalari, ularning mazmuni, xavfsizlikni ta’minlash usul va vositalari, inson faoliyatining turlari, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasi, ularga qo‘yiladigan talablar hamda mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari mavzulari muhokama etilgan.
Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari ilmiy fan sifatida o‘zining nazariyasi, metodologiyasi va metodlariga ega va bir vaqtning o‘zida muhandislik psixologiyasi, odam fiziologiyasi, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, elektr xavfsizligi, ekologiya, ergonomika va boshqa fanlarning yutuqlariga suyanadi.
2. Fuqaro muhofazasi bo‘limida favqulodda vaziyatlar, ularning sababchi omillari, xususiyatlari va oqibatlari, favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni, moddiy boyliklarini, ob’ektlarni himoya qilish usullari va himoyalovchi vositalardan foydalana bilish qoidalariga o‘rgatish, shikastlanish o‘choqlarida qutqaruv va birinchi tiklov ishlarini o‘tkazish va boshqa muhim vazifalar muhokama etilgan. Bu bo‘limda keltirilgan ma’lumotlarga O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga oid qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va favqulodda vaziyatlar vazirligining yo‘riqnomalari asos qilib olingan.
3. Yong‘in xavfsizligi bo‘limida, yong‘in, uning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari, yonish jarayoni, uning fazalari, yong‘in xavfiga bardoshli bino, inshootlar va qurilish materiallarining turlari, yong‘inni so‘ndiruvchi vositalar, ularning xususiyatlari, ularga qo‘yiladigan talablar va boshqa aholini is gazidan zaharlanishini oldini olish, tabiiy gaz va boshqa muqobil yoqilg’i vositalari bilan, elektr energiyasi bilan isitiladigan pechlardan to‘g‘ri foydalanish masalalari muhokama etilgan. Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrda qabul qilingan «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi» Qonuni va boshqa me’yoriy hujjatlar asos qilib olingan.
4. Favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limida fuqarolarni ishlab chiqarish xavflaridan, avariya, halokat hamda hayotiy faoliyatining boshqa jabhalarida yuz berishi mumkin bo’lgan tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulotda vaziyatlardan oladigan turli jarohatlarida ularga mos birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoida va usullarini, yordam ko‘rsatishda foydalaniladigan tibbiyot vositalarini o‘rgatadi. Birinchi yordam ko’rsatish malakasiga ega bo’lgan insonlar nafaqat o’zini, balki yon-atrofadagilarni ham qutqara oladi. Shu sababdan har bir fuqaro o’ziga va o’galarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishi zarur hisoblanadi.
Fanni o‘qitishda uzviylik va izchillikni ta’minlash, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirish, ilm-fan sohasidagi yangiliklarni ularda aks ettirish, bugungi va istiqboldagi vazifalarni yoritish, mustaqil ta’lim, o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatlari hisobga olinadi.
Hayot faoliyati xavfsizligini o‘qitish borasida milliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, fan namunaviy o‘quv dasturini takomillashtirish va uning asosida ma’ruza matnlari, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, elektron adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

2.Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchalari?



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin