Barg xilma – xilligi va ularning ahamiyati


Barg og’zichalari tuzilishi va ishlash mexanizmi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə10/13
tarix02.01.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#41165
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Barg og’izchalari, ularning tuzilishi va ishlash mexanizmi

2.2. Barg og’zichalari tuzilishi va ishlash mexanizmi.

Transpiratsiyaning miqdori atmosfera omillari bilangina belgilanmay, unga bargning tuzilishi va hujayra hamda to’qimalarning holati ham katta ta’sir qiladi. Bu omillar o’simliklarning suv chiqarish protsessini ancha murakkablashtiradi. Bargdagi suv hujayra oraliqlaridan, ularning ustini qoplagan parenxima hujayralari sathidan bug’lanadi, ya’ni suyuq holatdan bug’ holatiga o’tadi. Bargning hujayra oraliqlari aloxida shamollantirish sistema shaklida bo’ladi. Ularning tashqariga chiqadigan teshiklari labchalarning yoriqlaridan iborat. Barglarning boshqa joylari muttasil epidermal hujayralar qatlami bilan qoplangan bo’ladi. Bu qatlam hujayralarining ustki po’stlari va suv bug’ini juda oz o’tkazadigan kutikula pardasi bilan qoplangan.

Barglardagi hujayra oraliqlarining umumiy sathi juda katta. 1936 yilda Terrel o’lchab hisoblagan barglarning umumiy ichki sathi, ya’ni butun ichki hujayra devorlarining ustki sathlari yig’indisi, soyada o’sadigan yupqa bargli, hujayralar orasida chegaradosh bo’lgan o’simliklarda 7-10 marta va undan oshiq, mezofit o’simliklarda 12-19 marta, ancha qalin och yashil bargli kseromorf tipidagi o’simliklarda esa 17-30 marta ortiq bo’ladi. Labchalar barg sathining juda oz qismini tashkil etadi, hatto keng ochilib turganlarida ham ular butun barg sathining ko’pi bilan 1% ni tashkil etadi. Shuning uchun karbonat angidridning shunday kichik teshiklardan o’tishi zarur bo’lgani sababli, uning barg ichiga kirish protsessida juda ham kechikishi lozim edi deb, o’ylash mumkin edi.

Labchalar orqali bo’ladigan diffuziyaning tezligi labcha teshiklarining yig’indisi bilan bargning umumiy sathi o’rtasidagi nisbatga asosan ko’zda tutilishi mumkin bo’lgandan ko’ra ancha ortiqligi ma’lum. Har bir labcha teshikchasini suv bug’lantiradigan juda kichkina idishga o’xshatish mumkin. Stefan qonuniga muvofiq kichik sathlardan bo’ladigan bug’lanish ularning sathiga emas, balki diametriga mutanosib bo’ladi. Shuning uchun suv sathini muhit atmosferasidan ajratadigan to’siqdagi bir necha kichik teshik kattalik jihatidan ularga baravar keladigan bir teshikdan ko’ra suv bug’larini tezroq o’tkazadi. Bu hodisaga sabab shuki, teshikchalarning chetlarida yoki suvli idishning devorchalarida o’rtasiga nisbatan diffuziya tezroq bo’ladi, chunki bunda diffuziyalanadigan bo’lakchalar bir-biriga kamroq ta’sir etadi va fazoda tezroq yoyilib ketishi mumkin. Shuning uchun perimetr teshikchalar sathiga nisbatan qancha katta bo’lsa (diametr qancha kichik bo’lsa, u shuncha katta bo’ladi), bug’lanish va diffuziya shuncha tezroq o’tadi(10-rasm)






Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin