Barg yuksak yashil o‘simliklarga xos bo‘lgan vegetativ organ bo'lib, fotosintez va transpiratsiya kabi muhim funksiyalarni amalga oshiradi



Yüklə 75,78 Kb.
səhifə3/4
tarix27.04.2023
ölçüsü75,78 Kb.
#103409
1   2   3   4
Barg

3.13-rasm. GVza bargi:
I-barg tuzilishi; 11-barg etining ко ‘rinishi: 1- epidermis, 2-kutikula, 3-og‘izcha, 4-ustunsimonto‘qima, 5-g‘ovakto'qima, 6-asosiy parervcima, 7-kollenxima, 8-lub, 9-yog‘ochlik, 10-oddiy tukcha.
Bug‘doy bargining et qismini mezofill tashkil qiladi. Mezofill deyarli bir xil ko'rinishdagi bulutsimon hujayralardan iborat bo‘lib, barg tomiri ustida joylashgan hujayralar bu hujayralarga nisbatan ancha kichik bo‘lib, o‘tkazuvchi bog‘lamni o‘rab turuvchi hujayralar deb yuritiladi. Barg mezofill qavatidagi bulutsimon to‘qima hujayralari epidermisga nisbatan perpendikular joylashgan bo‘lib, bu to‘qima hujayralari xlorofillga boy bo‘ladi. Ularda fotosintez jarayoni boradi. Bunday o'simliklarga so‘li, arpa, sholi, oq jo‘xori kabi bir urug‘pallali o‘simliklar kiradi. Ustki epidermisning yirik yelpig‘ichsimon hujayralari motor hujayralar deb yuritiladi va o‘simlik suvga nisbatan tanqislik sezgan vaqtida ular tezda turgor holatini yo‘qotadi. Barg tomirlari ikkita asosiy vazifani bajaradi. Ularda o‘tkazuvchi naylar bo‘lganligi uchun suv va unda erigan mineral hamda organik moddalar oqadi. Mexanik to‘qimalar esa barg etini mustahkam tutib turadi (3.15-rasm).
142
3.14-rasm. Makkajo‘xori bargining ko‘ndalang kesimi:
1 - ustki epidermis, 2 - harakatlantirnvchi motor hujayralar,
3 - mezofill hujayralar, 4-o'tkazuvchi bog‘lam: a - ksilema, b —floema, 5-o‘tkazuvchi bog’lamni о‘rab turuvchi mezofill,
6 - ostki epidermis.
Barg sirtining ham ostki, ham ustki tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermis hujayralari bargda suv bug‘lantirishni va havo ahnashinib turishini to’g‘ri ta’minlab beradi. Bu hujayralar oraliqsiz zich joylashib, bargni qurib qolishidan hamda tashqi fizik-mexanik ta’sirlardan, shuningdek, bargning ichki hujayralari mezofillga mikroorganizmlarni kirishidan saqlaydi. Ayrim 0‘simiikIaming (piyoz, begoniya, tradeskansiya) ustki epidermis hujayralarida antotsion pigmentlari bo‘lib, bargni, barg bandini har xil rangga bo‘yaydi. Barg epidermisi xoh rangsiz, xoh rangli bo‘lsin o‘zidan bemalol quyosh energiyasini o‘tkazadi. Ostki epidermis hujayralari orasida kocpgina ustitsalar joylashadi. Epidermis hujayralari ustida oddiy, hujayralar orasida esa tuklar joylashgan bo‘ladi. Oddiy tuklar ко‘pine ha oq rangda yoki rangsiz bo‘lib, quyosh energiyasini qaytaradi. Ustitsalarni ustini yopib qo‘yib, suv bug'lantirishni kamaytiradi. Bezli tuklar esa har xil kislotalami va efir moylarni ajratish bilan birga himoya vazifasini o‘taydi. Ostki hamda ustki epidermis orasida xlorofill donachalariga boy bo‘lgan mezofill deb ataladigan assimilatsion to"qimalar joylashgan.
143

Barg og'izchisi Barg ogiizchaiari epidermi, huj.yr.lari
hujayrabiri

Yüklə 75,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin