Barg yuksak yashil o‘simliklarga xos bo‘lgan vegetativ organ bo'lib, fotosintez va transpiratsiya kabi muhim funksiyalarni amalga oshiradi


Barglaming novdalarda joylashishi



Yüklə 75,78 Kb.
səhifə2/4
tarix27.04.2023
ölçüsü75,78 Kb.
#103409
1   2   3   4
Barg

Barglaming novdalarda joylashishi. O‘simliklaming barglari ma’lum bir tartibda, tabiat qonuniyatlari asosida - har doim bir-biriga soya qilmaydigan holda joylashadi:l. Navbat bilan yoki ketma-ket joylashish. Bunda novdaning har qaysi bo‘g‘imidan faqat bittadan barg chiqib, novda bo‘ylab pastdan yuqoriga: bir - biriga teskari yoki spiral holda birin-ketin navbat bilan joylashadi. Masalan, olma, o‘rik, olcha barglari spiralsimon yoki ketma-ket joylashgan; 2. Qarama- qarshi joylashish. Novdaning har qaysi bo‘g‘imida bir-biriga qarama-qarshi ikkita barg joylashsa, qarama-qarshi joylashish deb ataladi. Rayhon, yalpiz va kiyiko't barglari bunga misol bo'ladi; 3. Halqasimon yoki doiraviy joylashish. Novda bo‘g‘imda uch va undan ziyod barglar joylashsa, halqasimon yoki doiraviy joylashish bo‘)adi: elodeya, qirqbo‘g‘im, oleandr barglari halqasimon joylashgan. Agar o‘simliklaming yoki bir novdaning barglariga quyosh tushadigan tomonidan qaralsa, ularning hammasini ko‘rish mumkin. Hattoki ostki barglar ustki barglarga nisbatan birmuncha uzun bo‘lib, quyosh yorug‘ligiga talpinib turadi. Barglaming bunday joylanishiga barg mazaikasi yoki naqshlari deb ataladi.
Shakli o‘zgargan barglar (barg metamorfozi)
0‘simlikning bargi bajaradigan vazifasiga qarab o‘z shaklini o'zgartirishi mumkin. Masalan, barg tikanga, jingalakka aylanishi mumkin. Barg shaklining o‘zgarishi barg metamorfozi deyiladi. Parazit hayot kechiruvchi o'simliklarda barglar qobiqchaga aylanadi yoki butunlay yo‘q bo‘lib ketadi. Masalan, shumg‘iyada barg qobiqchaga aylangan, devpechakda esa yo‘q bo‘lib ketgan. Ko‘p yillik o‘tlaming ildizpoyasida ham bargtar qobiqchaga aylangan boiadi. Piyozning ustma-ust joylashgan seret barglari oziq moddalar to‘planadigan joyga aylangan. Kaktus o'simligida fotosintez barglarda emas, balki asosan o'simlik poyasi hujayralarida amalga oshadi. Qalin etli barglar hujayralarida suv zaxira shakiida to'planadi, shuningdek shakli o'zgargan barglar - tikoniar o'simlikni o‘txo‘r hayvonlar yeb ketishidan saqlash funksiyasini bajaradi. Ayrim o'simlik turlarida ko‘rimsiz va gultojibarglarga ega bo‘lmagan gullaming atrofida xuddi gultojibarglar kabi yorqin rangga ega bo'Igan — shakli o‘zgargan barglar doira shakiida joylashadi. Masalan, euforbia (Euphorbia pulcherrima) o‘simlik turining ko‘rimsiz gullari atrofida gultojibarglarni eslatuvchi yorqin qLz.il rangdagi shakli o'zgargan barglar joylashgan. Bu «yolg‘ondakam gultojibarg» barglar gulning changlanishi uchun hasharotlarni jalb qilish funksiyasini bajaradi. Ayrim o‘simlik turlari poyasida shakli o‘zgargan barglar gajak hosil qiladi, bu gajaklar o'simlikning boshqa o'simliklar poyasiga va shuningdek, qattiq substratlarga chirmashini ta’minlaydi. No‘xat, mosh, loviya o'simliklarida barg jingalakka aylanib, yonidagi tik turgan narsalarga ilashib oladi, ya’ni bunday o‘simliklar jingalaklari yordamida vertikal holatda joylashadi. Soxta akatsiyada yonbargcha tikanga aylangan. Bir qator o‘simlik turlarida shakli o'zgargan barglar suv va boshqa tipdagi ozuqa moddalarini zaxira holida to‘plash funksiyasini bajarishga ixtisoslashgan. Masalan, shakli o‘zgargan yer osti poya hisoblangan piyozboshning ustki qismi ozuqa moddalarini zaxira holida to‘plovchi shakli o'zgargan barglar bilan o‘ralgan. Piyoz va lola o'simligi piyozbosh hosil qiladi. Qurg'oqchilik hukmronlik qiluvchi iqlim mintaqalarida o‘sishga moslashgan, aloe kabi ko‘pgina o‘simlik turlarida suv saqlashga ixtisoslashgan shakli o'zgargan burglar shakllangan. Jumladan, Afrikatosh o‘simligi (Lithops karasmontana) tashqi morfologik ko‘rinishidan toshni eslatuvchi, suvni ko‘p miqdorda saqlovchi qalin shakli o‘zgargan barg hosil qiladi. Shuningdek, bu barglarda fotosintez jarayoni amalga oshadi. Ayrim o'simlik turlarida odatdan tashqari g'ayrioddiy funksiya bajaruvchi shakli o‘zgargan barglar ham shakllangan. Masalan, tropik mintaqalarda o‘suvchi Dischidia rqfflesiana epifit o'simlik turi boshqa daraxtlar poyasiga chirmashib o'sishga moslashgan bo‘lib, poyasida 2 ta tipdagi: ya’ni me’yoriy funksiya bajaruvchi barglar va ichi bo‘sh idish (tuvak) shaklidagi barglar hosil qiladi. Ayrim o‘simliklar yashash sharoitiga moslashgan bo‘Iadi: cho‘lda yashaydigan velvechiya va suvda hayot kechiradigan nilufar o‘simJigining barglarida o‘ziga xos morfologik va anatomik tuzilishida o‘zgarishlar kuzatiladi. Suvda yoki botqoqlik yerlarda o‘sadigan o‘simliklarning barglari hasharotlami tutib olib, uni hazm qilishga moslashgan. Shuning uchun ham ular hasharotxo‘r o‘simliklar deb ataladi. Tropik mintaqalarda o‘suvchi ayrim hasharotxo‘r o'simlik barglari hosil qiluvchi idishsimon «qopqon» o‘lchami yetarli darajada katta bo‘lib, uning ichki hajmi 1 Jitrgacha yetishi mumkin. Dionea muscipula o'simlik turi barglari hasharot qo‘nishi bilan tezda qopqon mexanizmi asosida yopiluvchi tutqichga ega. Idishning chetida joylashgan hujayralarda sintezlanuvchi kuchi hidga ega bo‘lgan nektar turli xil hasharot turlarini o‘ziga jalb qiladi va hasharot sirpanchiq yuzadan idishning ichiga qulab tushadi. Garchi, uchish xususiyatiga ega bo‘lgan hasharotlar idishning ichki qismidan chiqib ketishga harakat qilsa-da, biroq idishning devorlari sirpanchiqligi va og*iz qismida joylashgan soyabonsimon qoplag‘ich hasharotning chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada hasharot idish ichida suyuqlikka cho'kib nobud bo‘ladi. Shuningdek, idish ichidagi suyuqlikda ayrim hasharotlaming lichinkalari, mikroorganizmlar hayot kechirishga moslashgan. Bu organizmlar hujayralarida sintezlanuvchi ferment tizimi suyuqlikning parcha- lovchi ta’sirini neytrallash xossasiga ega. Bu organizmlar idish ichiga tushib qolgan hasharotlar parchalanishi hisobiga hosil bo‘lgan ozuqa qoldiqlari bilan oziqlanadi. Hozirgi vaqtda bu organizmlaming idish ichidagi kuchli parchalovchi suyuqlikda yashashga moslashish mexanizmlari toiiq holatda o‘rganilmagan. Hasharotxo‘r o‘simliklardan Dionea muscipula barglari qopqonga aylangan bo‘lsa, attenboro hepentesida (Nepenthes Attenboroughii) esa hasharot tutuvchi kuvacha ko‘rinishiga o‘tgan. Shakli o‘zgargan qopqonsimon bargning har bir yopiluvchi chekka qismlarida uchta-oltita kichik o‘lchamdagi, qattiq tikonchalar shaklidagi o‘siqIar shakllangan. Agar tutqich bargga qo‘ngan hasharot o'rtacha 20 sekund davomida tikonchalardan kamida ikkitasiga tegib ketsa, u holda signalizatsiya tizimi ishga tushadi va favqulodda darajada tezkorlikda qopqon yopiladi. Qopqon tikonchalari o‘zaro bir-biriga taqalib turishi hisobiga hasharot chiqib ketishi mumkin emas. Hasharot chiqib ketishga harakat qilib qimirlashi davomida bargning ichki qismida joylashgan hujayralarda sintezlanuvchi hazm qilish fermentlariga «cho ‘miladi» va o‘z navbatida, hasharot tanasi parchalanishi boshlanadi. Hasharot nobud bo‘lganidan keyin, 5-12 kun davomida hasharot tanasining yumshoq to‘qimalari parchalanadi va o'simlik tomonidan o‘zlashtiriladi, hazm bo‘lmagan tana qismlari tashqariga chiqarib tashlanadi. Shuningdek, hasharotxo‘r o‘sim!ikIar hasharot tutmagan vaqt davomida fotosintezlash xususiyatiga ega hisoblanadi. Hasharotxo‘r o‘sim!ik turlaridan yana biri - Sundew hisoblanib, bu o‘simlik turi faol tarzda ov qilish mexanizmiga ega. 0‘simlik barglarining yuzasida bez shaklida suyuqlik sekretsiyalovchi tukchalar qoplami mavjud bo‘lib, hasharot qo'nishi bilan tezda yo'naltirilgan holatda harakatlanish xossasiga ega. Bu tukchalar hujayralarida yopishqoq va kuchli hazm fermentlari sintezlanadi. Hasharot o‘simlik bargiga qo'nishi bilan unga yopishib qoladi va qutilib ketishga harakatlanishi davomida bargda boshqa tukchalarga signal uzatilishi hisobiga ular ham faollashadi va tezlik bilan hasharot tanasiga yopishadi.
Barglaming ichki tuzilishi
Barglaming ichki tuzilishi, ularning bajaradigan fimksiyasiga qarab o‘zgargan bo‘ladi. Bargning tashqi sharoitiga moslashuvchi organ ekanligi, uning ichki tuzilishida aniq ifodalangan. Bargning ichki tuzilishiga undagi, ayrim gistologik elementlaming struktu- rasiga va ularning joylashish tartibiga suv rejmi, yorug‘lik, harakat, shamol, tuproq sharoiti, dengiz sathidan balandlikda joylashishi va boshqa omillar sezilarli darajada ta’sir qiladi. Shuning uchun ham bargning ichki tuzilishi, hatto bir o‘simlikning o'zida ham farq qiladi. «Yorug‘likda va soyada o‘sgan barglar, hatto bitta o‘simlikda har xil yarusda joylashgan barglar bir-biridan farq qiladi» - deb ko‘rsatgan edi V. R. Zalenskiy. Barglar o‘simlikning ustki yarusiga ko‘tarilgan sari ma’Ium bir sathda barg tomiri yig‘indisining uzunligi ortib boradi, gistologik elementlari zichlashadi, hujayralar birmuncha kichrayadi, hujayra po'sti va kutikulasi qalinlashadi. Ayniqsa, ustki yarusda ustitsalarning hajmi birmuncha kichrayadi, miqdori esa ko‘payadi. BSrgning et qismida mezofilldagi ustinsimon parenximalarda ham o‘zgarishlar bo‘ladi, hujayralar oralig‘i qisqaradi va zichlashadi. Izenning epidermis hujayralarining ustki devorlari sezilarli darajada qalinlashgan va kutikula bilan qoplangan. Uning ustitsalari kichkina bo‘lib, 1mm kv yuzada 67 donagacha bo‘ladi. Epidermis hujayralari tuklar bilan qoplangan. Suv saqlash funksiyasini bajaruvchi bir yoki ikki qavat yupqa po‘stli rangsiz parenxima hujayralar - gipoderma epidermis ostida joylashgan. Bargning ichki tuzilishi ko‘p jihatdan bargplastinkasining formasiga, ya’ni uning yassi, keng yoki ingichka va ignasimon bo‘lishiga bogiiq. Ikki pallali o‘simliklaming kengplastinkali bargi ikki asosiy qismdan: barg eti va tomirlarga qaraganda yupqa bo‘Iadi. Ikki pallali o‘simliklar bargini ichki tuzilishini o‘rganganda, uning et qismi usti va osti tomondan epidermis bilan qoplanganligini kuzatish mumkin. Ustki epidermis tashqi tomondan rangsiz mumsimon modda kutikula pardasi bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ustki epidermis ostida ustinsimon to‘qima joylashgan bo'lib, barg eti qalinligining yarmidan ko'pini tashkil qiladi. Ustinsimon to‘qima ostida dumaloq shaklli hujayralardan iborat g‘ovak to‘qima joylashadi. Epidermisning ichki qismida kollenxima joylashgan. Bargning et qismi asosiy parenxima bilan to‘lgan bo‘lib, ustki qismiga yaqinroq joyda ksilema, ostiga yaqin qismida lub joylashgan bo‘ladi. Epidermisda oddiy va bezli tuklar hamda barg og‘izchalari (ustitsalar) joylashgan. G'o‘za bargining Ism2 ustki epidermisida 400ta og‘izcha boisa, ostki epidermisida 226000ta og‘izcha bo'ladi. Og‘izchalar orqali transpiratsiya (suv bug‘latish) va gazlar almashinuvi jarayoni boradi (3.13; 3.14-rasmlar).
141

Yüklə 75,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin