Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi


Qiziqishlarni shakllantirish funksiyasi



Yüklə 419,04 Kb.
səhifə7/23
tarix15.02.2023
ölçüsü419,04 Kb.
#84348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
8 Ёш экскурсовод қўлланма тайёр Автосохраненный

Qiziqishlarni shakllantirish funksiyasi-Ekskursiya xizmatining asosiy vazifasi ekskursiya ishtirokchilariga bilimlar berish orqali ularga qiziqish uyg‘otishdir. Mazkur bilimlar orqali ekskursiya ishtirokchilari ma’lum bir yozuvchining ijodiga qiziqa boshlaydilar, amaliy san’at, adabiy ijodiyot bo‘yicha kitoblar o‘qiydilar, muzeylarga boradilar. Har bir ekskursiya xizmati qaysi guruxga o‘tkazilishiga qarab, bir vaqtning o‘zida bir nechta funksiyani bajaradi. Masalan: bolalar va yoshlar uchun ularning dunyoqarashini kengaytirish funksiyasini, kasb tanlayotgan o‘smirlar uchun qiziqishlarini shakllantirish funksiyasini, xorijiy turistlar uchun axborot funksiyasini bajaradi.
6.Sayohatda xavfsizlik masalalari
Bir mamlakatdan o‘zga mamlakatlarga sayohat qilmoqchi bo‘lgan turist, albatta bu mamlakatdagi siyosiy-ijtimoiy vaziyat bilan qiziqadi, axborotlarni toplaydi va ko‘ngil tinchligi, xavotir yo‘qligidan aniq bir qarorga keladi. Turizmning xalqaro miqyosida rivojlanib borayotganligining sabablaridan biri, xalqaro nizolarning pasayishi natijasida jahon xalqlarining bir-biriga qiziqishi, xalqlarning tarixiy-ma’naviy madaniyatiga, ular yashyotgan davlatlar tabiatiga qiziqishi hisoblanadi. Turizmdagi xalqaro huquqiy-me’yorlarni qabul qilgan mamlakatlarda turistlar mazkur huquq-me’yorlarga ishonib, erkin harakat qilishadi. Mamlakatimizda turistik salohiyatni kuchaytirish, turistlar oqimini ko‘paytirish, shuningdek, ularga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan “Turistlar xavfsizligini ta’minlash” qarori qabul qilindi. Turizm xavfsizligi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, turizmda xavfsizlik turist va uning yuklarining xavfsizligi, turistik muhit qatnashchilarining muhim hayotiy qiziqishlarini ichki va tashqi xavflardan hamda turizm rivojlanishida atrof muhitni salbiy omillardan himoyalanganligi tushuniladi.
Turizmdagi xavfsizlik-bu turist hayoti va sog‘lig‘ini saqlash maqsadida hamda unga va atrof-muhitga (jamoaga, jamiyatga, tabiatga) yetkazilgan zararlarni minimallashtirishga qaratilgan majmuali tadbirlardan iborat. Hozirgi paytda turizmda xavfsizlik masalasi quyidagi tamoyillar asosida ta’minlanadi.


  1. Yüklə 419,04 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin