Milliy qonunlar, xalqaro hududlar asosida. Turistlarni jo‘natuvchi, qabul qiluvchi, davlat ularni himoya qilishi shart.
Makro darajadagi tashkiliy mexanizm asosida Bevosita va bilvosita turistlar xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq davlat va jamoa tarkiblari yordamida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy mexanizmlar asosida. Xavfzizlik ta’minlanishining iqtisodiy mexanizmlari turist hayoti va mulkiga zarar yetkazilganda uni moliyaviy qoplashni nazarda tutadi. Turistlarni hurmat qilish, qadr-qimmatini, huquqini va xavfsizligini himoya qilish turizm rivojlanishining ajralmas qismidir.
7.Ekskursiyalar klassifikasiyasi
Turizm mazmun jihatdan keng qamrovli ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Insonlarning amaliy faoliyatlari, ijtimoiy-turmush sharoitlari, tabiat manzaralariga qiziqishlari va boshqalar juda ko‘p sohalarni e’tiborga olgan holda turizm ko‘p tarmoqli sohadir. Ularning eng asosiy turlari quyidagilardan iboratdir:
1. Piyoda yurish sayohati.
2. Tog‘larda yurish sayohati.
3. Qoyalarni zabt etish sayohati.
4. Chamalab topish (ориентирование) sayohati.
5. Tezoqar daryolarda eshkak eshish sayohati.
6. Ulovlarda (avto, moto, velosiрed va hokazo) yurish sayohati.
Ta’kidlash lozimki, mazkur turlar mazmun jihatdan bir-biridan tubdan farq qilishi va tartib qoidalarning o‘ziga xosligiga qarab, ular mustaqil sport turlari hisoblanadi.
Piyoda yurish sayohatida uning shakllariga (bir kunlik, ko‘p kunlik) qarab masofalar belgilanadi va ma’lum darajada talablar qo‘yiladi.
Tog‘ turizmi (tog‘larda yurish sayohati) piyoda yurish sayohatining davomidir. Ya’ni barcha harakatlar bunda takrorlanadi. Faqat kategoriyalar (qiyinchilik darajalari: 1, 2, 3, 4, 5, 6) jihatdan boshqa turizmlardan farq qiladi. Aniqroq aytganda balandligi 1,5–5 km (dengiz sathiga nisbatan) tog‘larga chiqish, dovonlardan oshish, tezoqar suvlardan kechib o‘tish kabi murakkab harakatlar bajariladi. Qoyalarni zabt etish turizmi piyoda yurish va tog‘ turizmi bilan bevositabog‘liqdir. Faqat tik qoyalar, qoyalarga tirmashib chiqish (arqonlar, himoya vositalari va hokazo) bilan tubdan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |