”Oila-mahalla-ta’lim muassasasi”hamkorligini amalga oshirish tamoyillari:
Ta’lim –tarbiya jarayonida so’z va ish birligi;Tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi;Hamkorlik jarayoni sub’yektlarining teng huquqliligini va yuksak mas’uliyatliligi va yuksak mas’uliyatliligi; Faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi; Tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi;hamkorlik ishlarining ilmiyligi.
”Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi a’zolarining huquq va vakolatlari”.
Jamoat kengashi faoliyati doirasida davlat va nodavlat tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni talab etadi va taklif etadi.Mahalla,ta’lim muassasalari va tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlar va yig’ilishlarda ishtirok etadi.Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari va ta’lim muassasalari qoshidagi”Ota-onalar universitetlari”va umumiy o’rta ta’lim maktablari qoshidagi”Oila,mahalla,maktab” hamkorlik markazlari faoliyatini o’rganadi;Hamkorlik ishlarini kuchaytirish yuzasidan takliflar beradi.Ta’lim- tarbiya jarayonida erishgan yutuqlaridan kelib chiqib,o’quvchilar,ota-onalar va sinf rahbarlarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish bo’yicha maktab,mahalla va tashkilotlar boshqaruviga tavsiyalar kiritadi.O’qituvchi,o’quvchi va ota-onalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo’yicha qonunchilikda ko’zda tutilgan tartibda ishtirok etadi. ”Ota-onalar universiteti” quyidagi yo’nlishlarda ish olib boradi: Ijtimoiy-iqtisodiy; Pedagogik-psixologik; Ma’naviy –ma’rifiy; Huquqiy.