Pedagogik hamkorlikning mohiyati. Hamkorlik – shunday bir holatki, ob’yekt va sub’yekt birgalashib faoliyat olib boradi, o’rtoqlik, o’zaro yordam, jamoatchilik yuzaga keladi.
Hamkorlik pedagogikasining asosi quyidagilardan iborat:
O’quvchi shaxsini chuqurroq bilish.
O’quvchi shaxsiga insoniy yondoshish.
Jamoatchilik tarbiyasi.
O’quvchining yuqori kasbiy salohiyati.
Maktabga jamoa diqqat – e’tiborini qaratish.
Hamkorlik pedagogikasi – ilg’or pedagogikaning ko’rinishlaridan deb qarash mumkin. Uning ichiga yangi pedagogik tafakkur , rivojlantiruvchi g’oyalar kiradi.
Hamkorlik pedagogikasining kontseptsiyasi:
O’quvchi bilan hamkorlik munosabati.
O’quvchiga ijobiy emottsional (hissiy) qoniqish hosil qilish.
Maktab tarbiyasining muvaffaqiyatini amalga oshirish.
Muloqot va mehnat qilish ko’nikma va malakasini hosil qilish.
Ta’lim-tarbiya jarayonidagi hamkorlik pedagogikasi bu o’quv mashg’ulotda o’qituvchi -o’quvchi hamkorligidir. Pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib ular quyidagilardan iborat:
O’quvchilarning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;
O’quvchilarning ta’lim- tarbiya jarayonida darsga qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;
O’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirilishi;
pedagog va o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etilishlari muhimdir.
Ta’lim-tarbiyani modernizatsiyalashtirish ta’lim-tarbiya jarayonida bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish bilangina hal bo’lib qolmaydi. O’quvchi shaxsining mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlar bilan bog’liq jarayonlari ta’limning shaxsga yo’naltirilgan tizimi vositasida amalga oshiriladi.Bunda o’quvchi ta’lim-tarbiya tizimiga moslashtirilmay, aksincha, ta’lim tizimi turli shaxsga xos barcha xususiyatlari (erkinlikka intiluvchanlik, mustaqillik, shaxsiy fikrlarning mutloq o’ziga xos tizimga ega bo’lishi, o’z-o’zini tasdiqlash ehtiyojining mavjudligi va boshqalar)ni hisobga olgan holda, o’quvchiga uning o’ziga xosligi (individualligi)ni rivojlantirish, namoyon etishi uchun sharoit yaratish lozim. Zero, har qanday o’quvchi o’ziga va faqat o’zigagina xos takrorlanmas tabiati,xarakter xususiyatini faollashtirish va namoyish etishga intiladi.
Ta’lim –tarbiyada o’quvchi shaxsiga faoliyatli yondashuv bu tizimning kontseptsiyasini tashkil etib, bunda shaxs “sub’ekti” kategoriyasi erkinlikka intilish, o’z-o’zini rivojlantirish, yaxlitlik, mustaqil o’qish, o’zligini namoyon etish va faollashtirish xususiyatlari asosida anglashiladi, o’quv jarayoni hamda uning tarkibiy qismlari – maqsad, mazmun, metod, shakl, usul, vositalar o’quvchi uchun shaxsan ahamiyatga ega bo’lgan, uning shaxsiy tajribasi mahsuli sifatida tatbiq etiladi.Tarbiya asosida shaxsning rivojlanishi, moddiy-ma’naviy qadriyatlarni
o’zlashtirishi faqat uning shaxsiy faoliyati natijasida amalga oshadi.Agar o’quvchi o’quv-tarbiya faoliyati mohiyatini anglay olmasa, o’qituvchi qo’ygan vazifalarni tushunmaydi va qabul qilmaydi. Bilim ularni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan faoliyat natijasidagina shakllanadi.Inson ongi hamisha sub’ektiv mohiyatga egadir. O’qituvchi muayyan bilimlarga nisbatan befarq bo’lmay,bilimlar uning uchun shaxsiy mazmunga ega bo’lsagina puxta o’zlashtiriladi. O’qituvchi bunga o’quvchida o’quv, mashg’ulotga nisbatan qadriyatli, ijobiy sub’ektiv munosabatni tarkib toptirish natijasida erishadi.
O’quvchining o’zlashtirilayotgan bilimlari o’quvchiga shaxsan qiziqarli va kerakli bo’lishi zarur. Bu holat obrazli ifodalansa, individual tafakkurda bilimlar sub’ektivlashadi, o’ziga xos individual jihatlarga ega bo’ladi.Shaxsiy,tafakkur fikrlar ob’ektiv ahamiyat kasb etar ekan, bilimlar turli nuqtai nazarlarning to’qnashuvi, bahs-munozara, o’zaro hamkorlikdagi faoliyat natijasida o’zlashtiriladi, bu esa o’quv jarayonini noan’anaviy usulda tashkil etishning muhim shakllari (bahs-munozara, o’zaro hamkorlik) ni talab etadi.Shunday qilib, faoliyat shaxs rivojlanishining asosiy substantsiyasi hisoblanadi. Shaxs faoliyati uning ichki hissiyotlari bilan bog’liq. SHaxsiy motiv, hissiyot va shaxsiy fikr vositasida namoyon bo’ladi.
O’qituvchi o’z mashg’ulotida o’quvchilar tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullardan foydalanishi muhim. O’quv-tarbiya materiali mazmuni avval o’quvchi tomonidan ijodiy qayta ishlanadi va o’quvchini qiziqtiradigan, uning shaxsiy tajribasiga mos keladigan, uni fikrlashga undaydigan jihatlar belgilanadi.
Ushbu holatda o’quv vaziyatlari shaxs uchun ahamiyatli vaziyatga, o’quv axborotlari o’quvchi uchun muhim hodisaga aylanadi.O’quvchi o’zini ushbu hodisaning ijodkori deb hisoblay boshlaydi.
“Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot – yo halokat ,
yo saodat – yo falokat, masalasidir”,
deganida A.Avloniy tarbiya oilada, maktabda, mahallada, jamoatchidlikda ham,o’qituvchi,o’quvchi o’rtasidagi munosabatda muhim ahamiyat kasb etadi.Insonni dunyoga kelishi,faqat tug’ilishdan iborat tabiiy – biologik hodisa emas.
O’zbekistonda demokratik va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish masalalariga muhtaram birinchi prezidentimiz alohida e’tibor beradilar: “Bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz,rejalarimizning samarali taqdiri – bularning barchasi, avvalambor,zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali,ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog’liq”,-deyishlarida katta ma’no bor. Pedagogik mahorat va ta’limni tubdan isloh qilish sharoitida pedagogika fanining vazifalari ta’lim-tarbiya qonuniyatlarini, demokratik jamiyatda yashovchi shaxsning muammolarini, korrektsion tuzatish pedagogikasining usullari va talablarini mahalla, oila,maktab,hamkorligini ta’minlash, ilg’or axborot, pedagogik uslubiy shart-sharoitlarni ishlab chiqishni talab etadi.
Hamkorlik pedagogikasi – o’quvchilar ta’lim-tarbiyasini samarali yo’lga qo’yishda oila,maktab, mahalla, jamoatchilik pedagogik ta’sirini umumiy, mushtarak maqsadga, talablar birligiga keltirishda hamkorlikni yo’lga qo’yishning tamoyillari,shakllarini asoslaydi.Uning asosiy tamoyillari:
O’quvchiga ta’sir etuvchi tomonlarning maqsadi mushtarakligi;
-o’quvchiga qo’yiladigan talablar birligi;
-hamkorlikdagi tomonlarning teng manfaatdorligi;
-hamkorlikni amalga oshiruvchi asosiy tomon maktab, o’qituvchi bo’lishi.
Dostları ilə paylaş: |