Ta’lim-tarbiya jarayonida “Oila, ta’lim muassasalari, mahalla, jamoat kengashlarining”ahamiyati
Tarbiyaning predmeti shaxs sifatida unga e’tibor qaratish darkor. Jamiyatning,tarbiyaning maqsadi bir holatga qaratilgan,u ham bo’lsa”sog’lom yetuk barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat”.Ayni vaqtda ushbu maqsad ham dolzarb masalalardan biridir. Inson shaxsining shakllanishiga ta’sir etadigan omillar quyidagilardan iboratdir. : 1.Irsiy,nasliy. 2. Ijtimoiy muhit. 3. Pedagogik faoliyat. 4. Mustaqil faoliyat. Dastlab inson tug’ilganda 1- navbatda tarbiyani oiladan oladi. Sekin -asta atrof muhitga moslashadi.Darhaqiqat oila yetakchi o’rinda turadi.Oila ulug’ bir maskan kichik bir davlatdir.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 63- moddasida quyidagilar e’tirof etilgan: ”Oila-jamiyatning asosiy bo’g’inidir.Davlat va jamiyat muhofazasida bo’lish huquqiga egadir”.64-moddada esa:”Har bir ota- ona farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqishga va g’amho’rlik qilishga majburdirlar”.Har bir ota-ona o’z farzandining ta’lim-tarbiyasi uchun mas’uldir.Ota-onalar o’z farzandlariga go’daklik chog’idanoq ijobiy fazilatlarni yaxshi ko’nikmalarni singdirib borishi muhim.Shuningdek, farzandlarining komil inson bo’lib tarbiyalanishlari uchun o’z hissalarini qo’shadilar.Kelgusida ana shu farzandlar jamiyat uchun foydasi tegadigan fidoiy,vatanparvar shaxs bo’ladilar.
Pedagogika ya’ni ta’lim-tarbiya fani mamlakatimizda qo’lga kiritilgan mustaqillikni mustahkamlash,O’zbekistonning iymonli-e’tiqodli, ongli, fidokor farzandlarini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Pedagogik mahorat va ta’limni tubdan isloh qilish sharoitida pedagogika fanining vazifalari ta’lim tizimida innovatsion usul, shakl va vositalardan oqilona foydalanish ta’lim samardorligini ta’minlash, ijodiy intilishlarni kuchaytirish, mustaqil tarbiyalanish, ma’naviy- axloqiy rivojlanishga turtki berish dolzarb ahamiyatga molikdir.
Hamkorlik pedagogikasi pedagogik jarayonni takomillashtirish, va uni o’quvchi shaxsiga yo’naltirishga asoslanadi. Hamkorlik pedagogikasi ijodkor shaxsni shakllantirishga yo’naltirilgan ijodiy muhitni yaratish,ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.Bu ta’lim-tarbiya beruvchilar va ta’lim oluvchilarning o’zaro muloqotga asoslangan shaklida ta’lim berishga yo’naltirilgan tizim.
Hamkorlik pedagogikasi - 1980 yillarda ta’limda innovatsion jarayon sifatida yuzaga kelgan. Ta’lim-tarbiya jarayonida hamkorlik pedagogikasi quyidagilardan iborat: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani qilish, yaratish, masalalar yechish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Hamkorlikda o’qish darslarini tashkil qilishda, o’qituvchi – gurux, o’qituvchi -o’quvchi–o’quvchi, (fikrlashda ishlash), kichik guruh va sinf kabi tashkiliy shakllari qo’llanadi. Hamkorlikda o’qitish – bu o’qituvchining ta’lim – tarbiya jarayonida o’quvchilar guruhi, yakka, butun guruh bilan o’zaro samarali hamkorlikni tashkil qilish bilan birga, hamkorlikni amalga oshirishdagi instriktaj va interfaol jarayonlarni ifodalovchi ommalashgan iboradir. O’quvchilar hamkorlikda akademik topshiriqlar ustida, kichik guruhlarda ishlashadi, o’zlariga va o’z guruhlaridagi o’rtoqlariga birgalikda yordam berishadi.
Dostları ilə paylaş: |