Barqaror rivojlanish jarayonida ishchi guruhlarda ishtirok etish Reja


Ishchi guruhlardagi ijtimoiy psixologik hodisalar



Yüklə 44,57 Kb.
səhifə2/4
tarix20.10.2023
ölçüsü44,57 Kb.
#157954
1   2   3   4
1 Barqaror rivojlanish jarayonida ishchi guruhlarda ishtirok etish

Ishchi guruhlardagi ijtimoiy psixologik hodisalar
Guruhda quyidagi ijtimoiy psixologik hodisalar mavjud:ijtimoiy fikr, taqlid, ta’siriga berilish, konformizm. Ijtimoiy - psixologik muhit ko`p jihatdan jamoa a’zolarining sig’ishuvchanligiga bog’liqdir.
Guruhiy mos kelish (sig’ishuvchanlik) fiziologik va psixologik bo`lishi mumkin. Bir kishining mehnat unumdorligini keskin tushiruvchi va bu bilan ikkinchisida toliqishning oshuviga olib keluvchi fiziologik mos kelishning buzilishiga o`tinni qo`lda arralash uchun bir juft ishchi sifatida baquvvat kishi bilan dardchil yigitchani yuborishgani misol bo`la oladi.
Ishchi guruhning ichki tuzilishi
Har qanday guruh tuzilishiga ko`ra guruh a’zolari nufuzi va statusining o`ziga xos darajasini aks ettiradi. Uning yuqorisida referentometrik va sotsiometrik tarzda tanlanadigan shaxslar o`rin oladi, eng orqada esa noreferent va sotsiometrik jihatdan siqib chiqarilgan individlar turishadi. Mazkur ierarxiya zinapoyasining eng yuqori bosqichida guruhning lideri joylashadi.
Lider - bu shunday shaxsdirki, guruhning qolgan barcha a’zolari uchun o`zlarining manfaatlariga daxldor bo`lgan hamda butun guruh faoliyatining yo`llanishini va xarakterini belgilab beradigan eng ma’suliyatli yechimlarni qabul qilishga haqli deb hisoblaydilar. Lider rasman guruhning rahbari bo`lishi ham va, aksincha, bo`lmasligi ham mumkin. Lider bilan rahbarlikning yagona bitta shaxsga kelishi makbul hodisa hisoblanadi. Bordi-yu, agar bunday muvofiqlik bo`lmasa, u holda guruh faoliyatining samaradorligi rasmiy rahbar (masalan, sinf boshi) bilan norasmiy lider yoki liderlar o`rtasidagi munosabatlar qay tarzda yuz berishiga bog’liq bo`ladi.
2.Barqaror rivojlanishning tashkil qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy yo’nalishlari
Tabiiy boyliklardan foydalanmasdan turib biror bir inson, jamiyat yoki davlat yashay olmaydi. Ularning bu boqiy dunyoda farovon hayot kechirishlari va rivojlanishlari esa ularni o‘rab turuvchi atrof tabiiy muhitdan nechog‘li foydalanish imkoniyatlariga ega ekanliklari bilan belgilanadi. SHuning uchun ham qadim-qadimlardan kishilik jamiyati tabiat ne’matlarini o‘zlashtirib olishga bor kuch va g‘ayratlarini ishga solganlar. Natijada davlatlar, jamoalar va insonlar o‘rtasida turli ziddiyatlar kelib chiqqan va barqarorlikka jiddiy ziyon etkazgan. Dunyo aholisining «demografik portlash» darajasida o‘sishi va ilmiy-texnik inqilobiy jarayonlarning jadallashuvi atrof tabiiy muhitga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda, ya’ni tabiiy unsurlarga nisbatan antropogen bosimni oshirmoqda.
Tabiat insonlarning nafaqat iqtisodiy rivojlanishining moddiy asosi, balki ularning ma’naviy-estetik ehtiyojlarini qondirish manbai hamdir. Bu esa insonlarni tabiatga bo‘lgan ehtiyojlarini kundan-kunga oshirmoqda. Undan tashqari inson xo‘jalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga bo‘lgan bosimini kuchayishi tabiiy xodisa va jarayonlarni ham kuchaytirib yubormoqda. Natijada, hammamizga ayonki, tabiat va uning muvozanati buzilib ketmoqda. Hozirgi kunda butun insoniyat va uning progressiv qatlami qanday qilib inson-tabiat o‘rtasidagi optimal holatni belgilab olishga intilmoqda. Ushbu yo‘nalishda «Barqaror rivojlanish konsepsiyasi» umum e’tirof etilgan va boshqa bir qator dunyoqarashlardan ustun turgan fikrlar hamda real harakatlar majmuasidir.
«Barqaror rivojlanish» nima ekanligini uning tarixidan boshlaymiz. Mazkur konsepsiyani yaratilish tarixiga chuqur nazar tashlaydigan bo‘lsak, u aynan xalqaro hamjamiyatning atrof-muhitni muhofaza qilishga oid harakatlardan boshlanganligiga iqror bo‘lamiz.
XX asrning 60-yillarida, ya’ni «sovuq urush» ayni avjiga chiqqan davrda, butun insoniyat va xalqaro hamjamiyatning diqqat e’tibori asosan yadroviy to‘qnashuvning oldini olishga qaratilgan edi. «Karib inqirozi» deb nom olgan SSSR va AQSH o‘rtasidagi mojarodan so‘ng yadro quroliga ega bo‘lgan «katta» davlatlar bir narsaga-atom, neytron, vodorod qurollarining oz miqdorda bo‘lsa ham ishlatilishi nafaqat dushmanga, balki o‘z uyining ham barbod bo‘lishiga olib kelishi mumkinligiga iqror bo‘lishdi.
Ommaviy qirg‘in keltiruvchi qurollarning qo‘llanilishi va uchinchi jahon urushining boshlanishi Erdagi hayotning tugashi ekanligini butun insoniyat tushunib etdi. Bu urushda na mag‘lublar va na g‘oliblarning bo‘lmasligi isbot talab qilmaydigen aksiomaga aylanib qoldi. Global miqyosdagi yana bir muammolardan bo‘lmish-yoppasiga tarqalgan kasalliklar fan va texnika yutuqlari tufayli sekin va astalik bilan orqaga chekina boshladi. Ammo aynan fan va texnikaning jadal suratlarda rivojlanishi hamda insonlarning talab darajasining o‘sishi boshqa global muammoni yuzaga keltirdi. Bu muammo «sovuq urush»dan yoki vabo kabi kasalliklardan farqli ko‘zga ko‘rmaydigan, aksariyat hollarda yashirin tarzda kechadigan, lekin oqibati atom bombasidan ham xavfliroq-ekologik muammo edi.
CHunki XX asrning 70-yillariga kelib insoniyat o‘zining nisbatan qisqa (besh million yillik) tarixiy bosqichi davomida Er kurrasidagi o‘rmonlarning 3/2 qismini kesib, 6 mlrd ga unumdor tuproqlarni qishloq xo‘jalik oborotidan chiqazib, kuniga biron-bir turdagi hayvonot yoki o‘simlik dunyosi yo‘qotib yuborayotgan, 70 foizdan ortiq suv manbalarini ifloslantirib, atmosfera havosida esa is gazi miqdorini 20 mln. tonnaga oshirib, ozon tuynugini AQSHdek katta mamlakat er maydoniga teng bo‘lgan kenglikda ochib qo‘ygan edi. Natijada, odamlar orasida yangi turdagi-allergiya, SPID(OITS), yuqumli va surunkali o‘pka yo‘li va rak kasalliklarini yuzaga kelishiga olib keldi. Tug‘ilayotgan nozik bolalarda mutanlik xususiyatlari, ya’ni normal(tipik) insonlarga xos bo‘lmagan quloq va burunlarning turli shaklda bo‘lishi, qo‘shaloq chaqaloqlarning tug‘ilishi, o‘pka qo‘shaloqligi, sochsizlik, yuz qiyshiqligi, qing‘ir-qiyshiq qo‘l va oyoqli bolalarning tug‘ilishi tabiiy holga aylanib qoldi.
Inson aql-zakovati yuqori pog‘onaga ko‘tarilgan bir davrda bunday ayanchli holat uni jiddiy tashvishga tushirib qo‘ydi. Ularning sababi atrof tabiiy muhitning inqirozli holati ekanligini tushunib etgan bir guruh fan, madaniyat, maorif va davlat arboblaridan iborat bo‘lgan kishilar yuzaga kelgan salbiy ekologik oqibatdan chiqib ketishni ishlab chiqish maqsadida «Rim klubi» ni tuzishdi. “Rim klubi” a’zolarining 1970 yilda «O‘sish chegarasi» kitobi, faoliyat hisoboti tariqasida, juda ko‘p adadda va tillarda chop etildi. Unda zamonamizning ko‘zga ko‘ringan kishilari Er kurrasidagi aholining o‘sishini tabiiy resurslar imkoniyatiga monand ravishda mo‘‘tadillashtirishni taklif etishdi. Ular geometrik ravishda ko‘payayotgan Er yuzi aholisini arifmetik ravishda ko‘payayotgan tabiiy boyliklarning resurs imkoniyatlari «ko‘tara olmasligi»ni ular xalqaro hamjamiyatga uqtirishmoqchi edilar.
Darhaqiqat, ekologik muammolar aholi zich yashaydigan, etarli darajada iqtisodiy rivojlanmagan yoki avtoritar va totalitar boshqaruvni demokratik prinsiplardan ustun qo‘yadigan mamlakatlarda inqirozli darajada tus oldi. Afsuski, ushbu mamlakatlardagi ekologik falokatlar nafaqat ularning o‘zlariga, balki nisbatan boy va xavfsiz bo‘lgan qo‘shnilariga, hattoki butun Yer yuzasiga global miqyosda o‘z salbiy oqibatlarini o‘tkaza boshladi. Bunday «chegara bilmaydigan» ekologik muammolar butun insoniyatni va ayniqsa, progressiv hamjamiyatni zarbaga keltirdi. Mazkur turdagi ekologik muammolarga misol qilib Orol dengizining qurishi, CHernobil AESsining falokatga uchrashi, Sahroi Kabirdagi cho‘llanish jarayonlarining kuchayishi kabi ekologik inqirozli holatlarni olsak bo‘ladi. Ular nafaqat Ukraina, Markaziy Osiyo yoki SHimoliy Afrika mamlakatlariga, balki barcha insoniyatga o‘z zararli ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. CHunki ekologik tusdagi jarayon va hodisalar na davlat chegarasiga va na tabiiy chegaralarga bo‘ysinadi. Har bir mahalliy tusdagi ekologik talafot milliy, milliy esa regional tusdagi falokatga va u o‘z navbatida global tusdagi inqirozga aylanib bormoqda.
«Rim klubi»ning hisoboti 1972 yilning 5 iyunida SHvetsiya poytaxti Stokgolm shahrida Butunjahon «Atrof-muhitni muhofaza qilish» Konferensiyasini chaqirishga asos bo‘lib qoldi. Mazkur konferensiyani, hech mubolag‘asiz, xalqaro hamjamiyatning ekologik dunyoqarashidagi tub burilish nuqtasi, deyish mumkin. CHunki insoniyat tarixida ilk bor BMTning juda keng qamrovli va salohiyatli maxsus anjumani Yer sayyorasidagi ekologik muammolarni hal qilishga bag‘ishlangan edi. Aynan Stokgolm Konferensiyasidan boshlab davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari alohida bahs va muzokaralar mavzuiga aylanib qoldi. Endilikda ekologik muammolarning echimini topish global miqyosdagi xavfsizlikni ta’minlashning asosiy omili ekanligini hamma tushunib etgan edi.
Stokgolm Konferensiyasida 1-rasmda ko‘rsatilgan beshta muhim qaror va hujjatlar qabul qilingan, masalan:
1) «Stokgolm deklaratsiyasi»da atrof-muhitni milliy, regional va xalqaro miqyosda muhofaza qilishning 26ta prinsipi ko‘rsatildi. Ulardan biri «Har bir inson qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqiga ega, uning sifati esa insonlarni munosib hayot kechirishga va taraqqiyotga erishadigan darajada bo‘lishi kerak»dir. Deklaratsiya mezonlari bandlarining birida, butunjahon hamjamiyatining atrof muhit muammolariga nisbatan ifodalovchi munosabatlarda: «Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish atrof muhitni yaxshilash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega», deb aytilgan edi. Ushbu prinsip atrof muhit sifatini saqlash uchun fan va texnika taraqqiyoti o‘sishini cheklashni talab qiluvchi konsepsiyaga qarama-qarshi aytilgan fikrdir.
2) «Tadbirlar rejasi» 109 banddan iborat bo‘lib, unda davlatlar va xalqaro hamjamiyat o‘rtasida atrof-muhitni muhofaza qilishning tashkiliy, siyosiy, iqtisodiy masalalari yoritilgan hamda davlatlararo munosabatlar va xalqaro tashkilotlar rolini ko‘tarishga alohida e’tibor qaratilgan.
3) Stokgolm Konferensiyasi tavsiyanomasiga binoan Birlashgan Millatlar tashkilotining(BMT) Bosh assambleyasi Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi(YUNEP) tashkilotini tashkil etdi. Universal xalqaro tashkilotning qarorgohi birinchi bor Afrika qit’asida, ya’ni Keniya poytaxti Nayrobi shahrida joylashtirildi.
4) Konferensiyaning ochilish kuni (5 iyun) har yili dunyoda Butunjahon atrof muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi.
5) Stokgolm konferensiyasi qarori bilan Butujahon atrof-muhitni muhofaza qilish jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘armaga BMTga a’zo barcha davlatlar badal to‘lovlarini to‘lab turish majburiyati yuklandi.
1975 yil avgust oyida Xelsinki shahrida 35ta Evropa davlatlari hamda AQSH va Kanada ishtirokida o‘tgan Evropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi (EXHT)da «YAkunlovchi hujjat» qabul qilindi. Mazkur hujjatda butunjahon bo‘yicha ekologik xavfsizlikni ta’minlash ham milliy, ham global miqyosdagi masala qilib ko‘rsatilgan edi.
1975 yil avgust oyida Xelsinki shahrida 35 ta Evropa davlatlari hamda AQSH va Kanada ishtirokida o‘tgan Evropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi (OBSE) da “YAkunlovchi hujjat” qabul qilindi. Mazkur hujjatda butunjahon bo‘yicha ekologik havfsizlikni ta’minlash ham milliy, ham global miqyosdagi masala qilib ko‘rsatilgan edi.
Odamlarning tafakkuri, ongi va madaniyatining o‘sishi barqaror rivojlanish g‘oyasini juda ko‘p shakl va mohiyat ko‘rinishida namoyon qildi. Endilikda u ijobiy tarafga qarab mukammallashayapdi. Evropada Rim imperiyasi, Markaziy Osiyoda Amir Temur boshqargan davrda barqaror rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichi imperiyalarning harbiy kuchi, ularning ta’sir etish doirasi hisoblanar edi. XIX-XX asrlarga kelib ushbu indikator sanoat ishlab chiqarish darajasi bilan belgilanadigan bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushining oqibatlari barqaror rivojlanish aynan butun dunyo hamjamiyatining tinch–totuv yashashi orqali amalga oshishi mumkinligini uqtirdi.




  1. Yüklə 44,57 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin