3.Xorazm viloyati shaharlarining o‘ziga xos iqtisodiy-geografik salohiyati
Xorazm viloyati Quyi Amudaryo mintaqasiga kiradi. Mintaqadagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati O‘zbekiston aholisining 9,0 foizini mujassamlashtirgan holda, uning 26,9 % yalpi ichki mahsulotini ta’minlagan (2017-y.). Iqtisodiy rayonda 15 ta shahar va 91 ta shaharcha mavjud bo‘lib, ularda 1467,2 ming aholi yashaydi (respublika shahar manzilgohlarining 9,0 foizi).
Xorazm viloyati shaharlari klassifikatsiyasi va funksional tiplari Mamlakatimiz aholi manzilgohlari tarixan sug‘oriladigan voha va vodiylarida hamda savdo-sotiqqa qulay karvon yo‘llarida shakllangan. Xorazm viloyati shaharlarining boy tarixi va madaniyatida gidrografik omil (Amudaryo deltasi) hamda hududni kesib o‘tgan temir yo‘l (Chorjo‘y-Toshhovuz-Beynau) katta rol o‘ynagan. Xorazm viloyati shaharlar to‘ri kam rivojlangan va sust urbanizatsiyalashgan mintaqalardan biridir. O‘zbekiston shaharlarining 32,2 foizini tashkil etgan vohada atigi 3 ta shahar (Urganch, Xiva va Pitnak) hamda 7 ta shaharcha (Gurlan, Qo‘shko‘pir, Chalish, Xazorasp, Xonqa, Shovot, Yangibozor) va 51 ta “yangi” shahar manzilgohlari mavjud. Voha aholi manzilgohlari shakllanishini an’anaviy ravishda irrigatsiya shoxobchalari, xususan, kanal va ariqlar belgilaydi. Irrigatsiya shoxobchalarining hudud bo‘ylab yelpig‘ichsimon shaklda tarqalishi, iqtisodiyot tarmoqlari va aholi manzilgohlari joylashishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Binobarin, hudud aholisi asosan Amudaryo quyi oqimining chap sohilida qadimiy obkor dehqonchilik mintaqasida joylashgan. Toshsoqa-Polvon, Shovot, G ‘azavot hamda Daryoliq-Qilichniyozboyarna kanallari, ulardan suv oladigan ko‘plab ariqlar bo‘ylab aholi manzilgohlari shakllangan va rivojlangan. Shu bois, viloyat shaharlarining ixtisoslashuvi bir-biridan deyarli farq qilmaydi, shahar hosil qiluvchi omillaming kam rivojlanganligidan ularning soni ham oz. M intaqa shaharlarining rivojlanishida avtomobil va temir yo‘llari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi sonining ko‘payishida migratsiya katta o‘rin tutmoqda. Viloyat markazini, Urganchni hisobga olmaganda, boshqa shaharlar tabiiy ko‘payishiga ko‘ra qishloq joylarinikiga yaqin. Voha shaharlarining tarkibiy tuzilishi yillar davomida o‘zgarib borgan. Masalan, 2006-yilda mazkur mintaqada 3 ta shahar va 7 ta shaharcha mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni yana 61 taga ko‘paydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13-mart 2009-yil 68-sonli qaroriga binoan, Xorazm viloyatining 51 ta qishloq aholi punktiga shaharcha maqomi berildi. Xorazm viloyati shahar manzilgohlari qishloq tumanlari bo‘yicha deyarli bir xil taqsimlangan. Masalan, agroshaharchalar Gurlan va Xiva tumanlarida 8 tadan, Shovot va Yangiariqda 6, Bog‘ot va Qo‘shko‘pirda 5 tadan va h.k. Shu bilan birga, Xazorasp tumanining atigi 3 ta, Yangibozor tumanining 2 ta qishloq aholi punkti bunday maqomga ega bo‘lgan. Yangi tashkil etilgan shahar manzilgohlarining demografik mayli, uy-joy qurilishi, obodonchiligi, iqtisodiy negizi, ko‘p hollarda, oddiy qishloqlardan katta farq qilmaydi. Viloyatning ikkinchi pog‘onaga kiruvchi shaharlar aholisi 93,2 ming kishi, u jami shahar aholisining 16,2 foizini o‘zida mujassamlantiradi. Pitnak (Drujba) shahri kichik shaharlar bo‘g‘iniga mansub. Xonqa shaharchasining “yarim o‘rta” shaharlar pog‘onasidan joy olishiga mikrogeografik o‘mining qulayligi, viloyat markazi Urganch shahrining ta’siri sezilib turadi. Tahlil etilayotgan mintaqaning 3-pog‘ona shaharlar guruhida viloyat jami shahar aholisining 12,5 foizi istiqomat qiladi. 0 ‘rta shaharlar guruhiga vohaning “ikkinchi” ko‘hna turizm shahri Xiva kiradi. Shaharda 2008-yilda aholi soni 54,3 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda 62,6 mingga yetdi. Xivada ham aholi sonining o‘sishi turg‘unlashgan. 7-pog‘onada birgina viloyat markazi - Urganch bo‘lib, unda jami shahar aholisining 24,3 foizi istiqomat qiladi. Shahar viloyatning sanoat, transport, madaniy-ma’rifiy, xizmat ko‘rsatish sohalari to‘plangan rayon hosil qiluvchi markazidir. Viloyat markazining qulay iqtisodiy geografik о‘mi uni boshqa shaharlarga nisbatan qisqa muddatda rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Ushbu shahar aholisi soni keyinggi 10-15 yil mobaynida deyarli o‘zgarmadi, tabiiy ko‘payishi esa viloyatda eng past ko‘rsatkichga ega. Urganch shahri viloyat jami sanoat mahsulotining 27,7 foizini, iste’mol mollarini 46,8 foizini beradi. Afsonaviy Xiva (eramizgacha V asr) shahri Amudaryoning chap sohilida Polvon kanali yonidagi tekislikda qad rostlagan. An’anaviy turizm shahrining hozirgi qiyofasi (arxitekturasi) XVIII asr oxirlaridan XX asr boshlarigacha bo‘lgan davrda shakllangan. Ayni paytda shaharda gilam fabrikasi, paxta tozalash, yog‘-moy zavodlari faoliyat yuritmoqda. Amudaryo bo‘yida joylashgan Pitnak (1992-y.) shahrining rivojlanishida qulay transport-geografik o‘rin, xususan, Chorjo‘yQo‘ng‘irot temir yo‘lining qurilishi va Toshkent-Samarqand-BuxoroXorazm-Nukus avtomagistrali muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Shu bois, 1974-yilda Pitnak temir yo‘l stansiyasi, Amudaryo bo‘yidagi Sharlovuq pristani va Tuyamo‘yin gidrouzeli quruvchilari shaharchalari birlashtirildi va u viloyat ahamiyatiga molik shaharlar qatoriga kirdi.
Dostları ilə paylaş: |