Bashirov sanjarning shaharlar geografiyasi fanidan mustaqil ishi


Qarshi shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə7/18
tarix24.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#147917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
1-Mustaqil ta’lim 1.1- javob

7. Qarshi shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi.

Qashqadaryo viloyati shaharlarining joylashuvi, tabiiy-iqlimiy sharoit, yer yuzasining tuzilishi, gidrografik rejim hamda ijtimoiyiqtisodiy omillar ta’siri ostida kechgan. Janubiy mintaqa shaharlari orografik jihatdan tog‘, tog‘oldi va tekislikda, gidrografik jihatdan daryo vodiylarida shakllangan. 2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra, aholi soni 275 018 kishi. Aholining milliy tarkibi oʻzbeklar, qisman ruslar, tojiklardan tashkil topgan. Qarshi shahri iqtisodiyoti xizmat koʻrsatish sektoriga asoslangan. Aholining katta qismi savdo, bank, ta'lim, sogʻliqni saqlash kabi xizmat koʻrsatishga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat yuritadi. Qarshida Yerqoʻrgʻon ulgurji, Osiyo avtomobil, Farhod xoʻjalik mollari, Orzu, Qarshi buyum bozorlari shahar aholisi va aglomeratsiyasi uchun xizmat koʻrsatmoqda. Shaharda 17 ta bank bor. Qarshi Qashqadaryo viloyatining markazi hamda viloyatdagi asosiy trasnport tuguni hisoblanadi. Shahar avtomobil, temir va havo yo'llari orqali xorijiy mamlakatlar, respublikaning boshqa shaharlari hamda viloyat tumanlari markazlari bilan bog'langan. Qarshi aeroporti xalqaro maqomga ega aeroportlardan biri. Aeroportdan Qarshi-Toshkent, Qarshi-Moskva yoʻnalishlariga aviaqatnovlar tashkil etilgan. Aeroportda 2019-yil 1-oktabrdan boshlab "beshinchi havo erkinligi" qoʻllangan holda "Ochiq osmon" rejimi qoʻllanib kelinadi. Qarshi temir yoʻl vokzali Oʻzbekiston temir yoʻllari aksiyadorlik jamiyatiga tegishli boʻlgan temir yoʻl vokzali. Qarshi vokzali orqali respublikaning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Andijon shaharlariga temir yoʻlda borish mumkin. Qarshi-Toshkent (kuniga 2-marta), Termiz-Toshkent (har kuni), Uzun-Toshkent (har kuni), Termiz-Andijon, Termiz-Xiva yoʻnalishlarida qatnovchi poyezdlar Qarshi vokzalida toʻxtab oʻtadi. Toshkent-Qarshi yoʻnalishida Afrosiyob tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Aarsgi vokzali 2015-yilda kapital ta'mirdan chiqarilib, hozirgi koʻrinishga keltirilgan. Qarshida, shuningdek, shaharlararo yoʻnalishda qatnaydigan Qarshi-Toshkent zamonaviy avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Shahar ichida jamoat transporti unchalik rivojlanmagan. Bugungi kunda Jamoat transporti avtobuslardan iborat boʻlib, avtobus parkining katta qismi Isuzu HC 40 avtobuslaridan tashkil topgan va jamoat transporti kengayayotgan Qarshini toʻla qamrab olmaydi. 2020-yilning 22-avgust kuni Qarshi shahriga Xitoydan Golden Dragon rusumli avtobuslar olib kelinib, 1-yoʻnalish (Temir yoʻl vokzali - Yerqoʻrgʻon bozori), 2- va 7-yoʻnalishlarda aholiga xizmat koʻrsatmoqda.


Qarshi maydoni 7,5 ming gektar. Aholisi 275 ming kishi (2021). Qarshi Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshap, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, XIV asrdan Qarshi deb atala boshlagan.
Qarshi shahrining oʻzbek tarixida oʻziga xos oʻrni bor. Birinchidan, Qarshi — Movarounnahrdagi birinchi yirik turkiy tilli shahar. U payti Xorazmda (Urganch), Fargʻonada (Andijon), Shosh vohasida (Toshkent), Sirdaryo boʻylarida bir qancha yirik shaharlarda turkiy til hukmron edi, lekin Movarounnahrda bunday shahar yoʻq edi. Qarshining qurilishi bilan bu yerda turli-tuman aholi joylashdi, ammo turkiy shaharda hukmron tilga aylandi. U payti moʻgʻullarning oʻzi ham allaqachon turkiy tilda gapirardi. Xususan, Kebakxonning ona tili turkiy til boʻlganini arab sayyohi Ibn Battuta qayd etgan. Chigʻatoy ulusi, undan keyin Temuriylar davrida turkiy til rasmiy yozishmalar tili boʻlib xizmat qildi. Hozirda Qarshi shahrida paxta tozalash, yogʻ-ekstraksiya, sut, motor taʼmirlash, taʼmirlashmexanika, uysozlik, plastmassa buyumlari zavodlari, goʻsht va un kombinatlari, tikuvchilik fabrikasi, qurilish materiallari, temir yoʻl transporti, toʻqimachilik korxonalari bor. Qarshidan Nasafiy taxallusi bilan koʻplab olimlar, shoirlar yetishib chiqqan. Shulardan Alisher Navoiyning „Majolis unnafois“ asarida tilga olingan Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy, undan tashqari, Mahmud Nasafiy (musiqa va sanʼat sohasida), Qusam Shayxlar (diniy ilmlar sohasida) shuhrat qozonganlar.
Qadimiy Qarshi shahri 2006-yilda YuNESKO shafeligida 2700-yillik yubileyini nishonladi.
8. Surxndaryo shaharlarining respublika iqtisodiyotida tutgan o‘rni.
Surxondaryoda 8 ta shahar va 114 ta shaharchalar qayd etilgan. Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar Termiz va Denov. Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar esa 6 ta (Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Sharg‘un, Sherobod). Ularda 877,6 ming kishi yoki jami aholining 35,6 foizi yashaydi (taqqoslash uchun, 2008-yilda urbanizatsiya darajasi Surxondaryoda 19,1 % bo‘lgan). Bu jihatdan u mamlakatimizda faqat Xorazm viloyatidan oldinda turadi, xolos (respublika shahar aholisining atigi 5,4 foizi). Viloyat shahar manzilgohlarining hududiy tarkibiga e’tibor bersak, eng ko‘p shaharlar soni Denov va Qumqo‘rg‘on tumanlariga to‘g‘ri keladi. 2009-yildagi urbanistik o‘zgarishlardan so‘ng mintaqa shaharchalari soni yana 107 taga ko‘paydi (respublika yangi shaharchalarining 10,7 foizi). Bunday agroshaharchalaming eng ko‘pi Oltinsoyda (14 ta), Denov va Angorda (11 tadan), Qumqo‘rg‘on va Muzrabotda (10 tadan) kuzatiladi. Mintaqa shaharlar to‘ri va tarkibining shakllanishida muhim o‘rinni tabiiy sharoit va resurslar, shuningdek, transport kommunikatsiyalari egallaydi. Surxondaryo shahar aholi manzilgohlarining zichligi, hududiy urbanistik tarkibiga ko‘ra boshqa mintaqalardan ancha farq qiladi. Hudud aholi manzilgohlari joylashuvini markazdan shimoli-sharq tomonga yo‘nalgan transport yo‘llari (Termiz-Denov yo‘nalishi) hamda daryo vodiylari (Surxondaryo, Sheroboddaryo) belgilab beradi. Mintaqa shaharlar to‘rida yangi o‘zlashtirilgan Surxon-Sherobod massivi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Dastlab Surxondaryo hududida bir necha asrlik tarixga ega Termiz, Chag‘aniyon va Dalvarzintepa shaharlari shakllangan boisa, keyinchalik (1916-y.) Kogon-Termiz, sobiq Ittifoq davrida Termiz-Dushanbe, Termiz-Qo‘rg‘ontepa-Yovon temir yo‘llarining qurilishi natijasida (Denov, Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi) “yangi” sanoat shaharlari paydo bo‘ldi. Resurs shaharlar Sharg‘un, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Kokaydi, Elbayon foydali qazilmalar negizida, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Sariq, Angor qo‘riq yerlami o‘zlashtirish asosida bunyod etilgan.
Zamonaviy shaharshunoslik va shaharlar geografiyasida funksional tiplarga ajratishda ishlab chiqarish va xizmatlarning ixtisoslashuvi, shuningdek, ularning mamlakat shaharlar tizimidagi roliga asosiy e’tibor qaratiladi. Mintaqadagi mavjud shaharlarning aksariyati tuman markazlari yoki agroshaharcha funksiyasiga mos keladi. Viloyat shaharlari mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Eng yerik shaharlari Termiz va Denov hisoblanadi.
Termiz viloyatning ma’muriy hamda madaniy markazidir. U O‘rta Osiyoning qadimiy shaharlaridan hisoblanadi. O‘tgan asr boshlariga qadar Termiz harbiy va kichik chegara shahri edi. Unda yarim hunarmandchilik holatidagi bittagina paxta tozalaydigan zavod bo‘lgan. Hozirgi Termiz obod shahar. Amudaryo porti hamda temiryo‘l va avtomobil yo‘li qurilgach, shahar muhim transport tuguni bo‘lib qoldi. 1995-yilda Termizda yangi zamonaviy aeroport qurildi. Afg‘onistonga va u orqali boshqa davlatlarga chiqariladigan hamda xorijdan keltiriladigan yuklarning talay qismi Termiz porti orqali o‘tadi. Demak, Termiz qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlovchi markaz hamda yirik daryo porti sifatida rivojlanmoqda. Shaharda paxta tozalash zavodi, sut-yog‘, non va go‘sht kombinatlari, limonad zavodi, binokorlik materiallari ishlab chiqara digan va boshqa mahalliy sanoat korxona lari bor.
Denov – qadimgi yirik savdo va hunarmandchilik qishlog‘i o‘rnida barpo bo‘lgan shahar. 1929-yilda Denovdan temiryo‘l o‘tgach, ishlab chiqarish tez rivojlana boshladi. Denov sanoati qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Unda paxta tozalash, sharob, moy-sut, motor ta’mirlash, g‘isht zavodlari bor. R.Shreder nomidagi Respublika bog‘dorchilik, uzumchilik va sharobchilik ilmiy tadqiqot institutining tajriba stansiyasi shu shaharda.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin