Bashirov sanjarning shaharlar geografiyasi fanidan mustaqil ishi


Buxoro viloyati shaharlarining viloyat rivojlanishida tutgan o‘rni



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə6/18
tarix24.09.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#147917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-Mustaqil ta’lim 1.1- javob

6. Buxoro viloyati shaharlarining viloyat rivojlanishida tutgan o‘rni.


Buxoro viloyati — Oʻzbekiston viloyatlari ichida, chegasining kattaligi boʻyicha Navoiy viloyatidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Buxoro viloyati hududi asosan Qizilqum cho‘lida joylashgan. Janubi-sharqini Zarafshon vodiysi egallagan. Shimoli-gʻarbda Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shimol va sharqdan Navoiy viloyati, janubi-sharqda Qashqadaryo viloyati, janubi-gʻarbda Turkmaniston bilan chegaradosh. Buxoro viloyati tarkibida 11 qishloq tumani: Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romitan, Shofirkon, Qorovulbozor, Qorako‘l, G‘ijduvon, 11 shahar (Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, Gazli, Kogon, Olot, Romitan, Shofirkon, Qorako‘l, Qorovulbozor, G‘ijduvon), 3 shaharcha (Jondor, Zafarobod, Yangibozor), 121 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Buxoro shahar aholisining etnik tarkibi asosan o`zbek, rus, fors (eroniylar), turkman, tojik, ukrain, koreys, tatar va boshqalar tashkil etadi.
Mintaqa shaharlari juda boy tarixi, ko‘hna va navqironligi bilan alohida ajralib turadi. Biroq, hududga ta’sir etuvchi tabiiy omillar (“cho‘llik” xususiyati) shahar manzilgohlarining shakllanishi va xo‘jalik yuritish nuqtayi nazardan biroz noqulaylik tug‘diradi. Ammo tranzit, transchegaraviy va xalqaro magistral yo‘llaming kesib o‘tganligi ba’zan uning markaziyligini ham ta’minlaydi.
Viloyat orografiyasining o‘ziga xosligi, cho‘l va voha shaharlarining shakllanishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu bois, Qizilqum cho‘llaridan iborat tekislik qismida shaharlar siyrak, shimoli-sharq va sharqidagi balandlik va tog'liklardan iborat Buxoro-Qorako‘l vohasida aglomeratsiya va uning “yo‘ldosh” shaharlari shakllanmoqda. G‘ijduvon-01ot yo‘nalishidagi hududning “tarixiy geografik o‘qi”da rayon iqtisodiyotining negizi Olot, Qorako‘l, Jondor, Buxoro, Galaosiyo, Vobkent, G‘ijduvon shaharlari mujassamlangan. Kogon, Vobkent, Jondor, Qorovulbozor, Galaosiyo va boshqa ko‘plab shaharchalar shakllanayotgan Buxoro aglomeratsiyasining yo‘ldoshlari sanaladi.
Viloyat shaharlar geografiyasining o‘ziga xos jihati - may da shaharlaming ko‘pligi, kichik-kichik holda tarqoq joylashuvi va “resurs” markazlaming mavjudligi bilan belgilanadi. Ayni holat tabiiy va ijtimoiy omillar, shahar hosil qiluvchi tarmoqlaming kam rivojlanganligi bilan izohlanadi.
Shaharshunos olim A.Mavlonov mintaqa shaharlari shakllanishini uch bosqichga, ya’ni Chor Rossiyasi, sho‘rolar va mustaqillik davriga bo‘lib o‘rgangan. Viloyat shaharlarining ayrimlari juda qadimiy bo‘lsa (Buxoro, Kogon, Galaosiyo), ba’zilari mustaqillik yillarida shakllangan (Shofirkon). 1865-1917-yillarda hudud shaharlari soni unchalik ko‘p bo‘lmagan. Sobiq sho‘rolar davrida Olot, G‘ijduvon, Vobkent, Qorako‘l, Qorovulbozor, Gazli, Romitan aholi punktlari shahar maqomini olgan.
Viloyat shaharlari vujudga kelish tarixi, katta-kichikligi va bajaradigan funksiyasiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatga ega. 1959-yilgi aholi ro‘yxatida atigi 5 ta shahar manzilgohi (3 ta shahar, 2 ta shahar posyolkasi) ro‘yxatga olingan bo‘lsa, 1970-yilda 12 ta (3 ta va 9 ta) qayd etildi. 2009-yildagi urbanistik o‘zgarishlar tufayli, bu yerda 60 ta qishloqlar shaharcha maqomini oldi, natijada, umumiy urbanizatsiya darajasi 29,2 foizdan 38,8 foizga ortdi. Ammo shunga qaramasdan, hudud past urbanizatsiyalashgan viloyatlardan biri bo‘lib qolmoqda.
“Resurs” shaharlar - Gazli, Zafarobod va Qorovulbozor tor ixtisoslashuv xususiyatiga ega. Mazkur shaharlar viloyatning uch burchagida tarqoq tarzda tabiiy boyliklar, xususan, yoqilg‘i-energetika zaxiralari negizida paydo bo‘lgan. Gazli va Qorovulbozoming shakllanishida yoqilg‘i xom ashyosi ahamiyatli boisa, Zafarobod taraqqiyotiga rangli metall konlarini o‘zlashtirish asos bo‘lgan. Binobarin, Qorovulbozor shahrining qulay geografik o‘mi va mavjud infratuzilma tizimi hamda tog‘-kon va arzon xom ashyo manbalariga yaqinligi o‘sish qutbini tashkil etish uchun asos bo‘ldi.
Tuman markazlari yoki agroindustrial ixtisoslashuv viloyat shaharlari funksional tipologiyasida ustunlik qiladi. Qolgan shaharchalarning aksariyati “agroshaharcha” funksiyasini bajaradi. Ma’lumotlar tahliliga ko‘ra, yangi shaharchalarning eng ko‘pi Qorako‘l (Bandboshi, Yangiqal’a, Solur, Sayyod va b.) va G‘ijduvon (Abadi, Yuqori Rostgo‘y, Quli Jabbor, Jovgari va b.), ya’ni vohalarda sug‘orma dehqonchilik rivojlangan, aholisi zich hududlarda tashkil topgan . Romiton va Peshkuda 3 tadan, Vobkentda esa 2 tadan shaharcha shakllangan. Bunday o‘zgarishlar viloyat shaharlar piramidasini yanada maydalashtiradi. Mintaqada ham eng ko‘p kichik shaharlar qatori 76 tani tashkil etgan holda, ularda 299,7 ming aholi yashaydi. Hozirgi kunda viloyatdagi yirik shahar Buxoroda 274,7 ming aholi bor (bu borada Toshkent, Samarqand, Namangan va Andijondan keyingi 5-o‘rinda). Ikkinchi shahri Kogonda (Yangi Buxoroda) 59,5 ming, tom ma’nodagi “ikkinchi” shahri G‘ijduvonda 44,2 ming kishi istiqomat qiladi. Qolgan shahar joylar orasida faqat Qorako‘lda 20 mingdan ziyod aholi bor, xolos. Demak, 69 ta shahar joylarning aholisi har birida bundan kam
Buxoroyi Sharif Zarafshon daryosining quyi oqimida, aholi qadimdan (o‘troq dehqonchilik va ko‘chmanchi chorvachilik oralig‘ida) zichjoylashgan manzilda atrof-joylar uchun markaz sifatida shakllandi (er.IV asr). Shahar hududidan o‘z davri uchun ahamiyatli bo‘lgan “Buyuk Ipak yo‘li”ning o‘tishi, ko‘hna madaniyat, ilm-fan, savdo va hunarmandchilikning rivojlanishiga zamin yaratdi. Buxoroning keyingi iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyoti va sanoatlashuviga XIX asr oxirlarida Kaspiyorti temir yo‘li, 1907-yilda shahardan Kogonga o‘tkazilgan temir yo‘l qulaylik yaratdi va uni shahar atrofi bilan bog‘ladi. Uning hissasiga viloyatdagi jami shaharliklaming 40,3 foizi to‘g‘ri keladi. Zamonaviy Buxoro ixtisoslashuvi va ishlab chiqarish salohiyatiga ko'ra, ko‘p funksiyali - yengil sanoat, zardo‘zlik, to‘qimachilik, zargarlik va xalqaro turizm shahri sanaladi. Viloyat markazining og‘ir “yuki” vazifasi - ma’muriy-boshqaruv fimksiyasini ham alohida ta’kidlash zarur.
Buxoroga juda yaqin joylashgan Kogon shahrining viloyat iqtisodiyotidagi o‘mi, eng awalo, temir yo‘l darvozasi va sanoat markazi ekanligi bilan baholanadi. O‘zbekistonni Janubiy va Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘lovchi muhim temir yo‘llar mazkur transport tuguni orqali o‘tadi. Mustaqillik yillarida ishga tushgan Tajan-Seraxs-Mashhad temir yo‘li shahaming transport fimksiyasini yana bir karra oshirdi. Kogondagi yog‘-moy, paxta tozalash, ohak zavodlari va vagon ta’mirlash korxonalari hozirda mintaqa sanoat mahsulotining 5,3 foizini ta’minlaydi. Buxoro vohasining shimolida qad rostlagan G‘ijduvon o‘ziga xos markaz fimksiyasini bajaradi. Uning ta’sir radiusi yondosh Vobkent, Shofirkon va hatto Qiziltepa shaharlarida ham sezilib turadi. Sababi, G‘ijduvon bozorining shahar hosil qiluvchi vazifasi uning chor atrofiga xizmat qiladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin