Pozitsion hujum. O’yin davomida jadal hujumni yakunlashga har doim erishilavermaydi. Raqib jamoali himoyani yushtirishga ulguradigan va hamma hujumchilarni to’sadigan holler bo’libturadi. Ushanda jamoa, yaxshi yushtirilgan himoyaga hamma beshtala o’yinchi qatnashadigan pozitsion hujumni qarshi qoyishi kerak. Pozitsion hujumda basketbolchilar yakunlovchi to’p otishni tayyorlashib raqib himoyasiga bosqichma-bosqish (ketma-ket) engishadi. O’yin qoidasi bo’yicha bunday tayyorgarlikka 30 soniyagacha vaqt beriladi. Bu vaqt ilgaridan o’rganilgan har qanday qiyinchilikdagi kombinatsiyani qo’llash uchun yetarlidir, agar u barbod bo’lsa (amalga oshmasa) o’rta yoki uzoq masofadan taktik jihatdan asoslangan otishga sharoit yaratish kerak.
Pozitsion hujumda, jadal hujumdagi kabi, uchta fazani ajratish mumkin; boshlanish – jamoaning yushgan holi oldingi zonaga o’tishi va o’yinchilarni ko’zlagan pozisiaylarga joylashtirish; rivojlanish savatga hujum qilish uchun qulay vaziyat yaratish maqsadida bir qator o’aro harakatlari (seriyalarni) o’tkazish (hujumchini ta’qibdan ozod qilish, yakka olishishning qulay sharoitlarini ta’minlash va hakoza); yakunlash – o’yinchi tomonidan savatga hujum qilishni bevosita o’tkazish va sapchigan to’p uchun faol kurashni ta’minlash.
Pozitsion hujumda ikki sistema tashkil topgan: “markaziy o’yinchi orqali” va “markaziy o’yinchisiz”.
Dostları ilə paylaş: |