BASKETBOL O\'YINING O\'ZBEKISTON JISMONIY TARBIYA QISMIDA TUTGAN O\'RNI
4. Basketbolda sport mashg’ulotlarining asoslari Sport mashg’uloti ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi lozim. Buni ta’minlash uchun, sport mashg’uloti tizimsini asosiy hollarini yaxshi bilish, qat’iy rioya qilishi kerak. Sport mashg’uloti tizimsi deganda biz quyidagilarni: vazifalar, prinstiplar vositalar, metodlarni va hokazolarni nazarda tutib, sportchilarni tarbiyalash va qonuniy ravishda jismoniy rivojlanishi bir butun jarayon deb faraz qilamiz. Bu ilmiy asoslangan va amaliy tekshirilgan sitemadir. Uning samaradorligi juda ham aniqdir. Trenirovka - bu inglizcha so’z bo’lib, aynan quyidagi ma’noni anglatadi. Mashq qilish va dressirovka qilish ma’nosi demakdir. Hozirgi paytda ham ba’zi bir murabbiylar sport mashg’ulotini jismoniy mashqlarni qaytarish deb tushunadilar. Lekin bu katta xatodir. Sport mashg’uloti jismoniy tarbiyaning formasidan bo’lib, ancha keng va ko’p qirrali jarayondir. Sport mashg’ulot jarayoni 5 ta o’zaro uzviy bog’liq qismlardan iborat:
1. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik. 2. Psixologik tayyorgarlik. 3. Texnik tayyorgarlik. 4. Taktik tayyorgarlik. 5. Nazariy tayyorgarlik. Bu hamma tayyorgarlik turlarini natijasida sport tayyorgarligi yana shakllanadi. Sportchining qanday mashg’ulot qilganligi darajasining asosiy ko’rsatkichi sport natijasi xisoblanadi. Biroq musobaqa natijalariga qarab, umumiy mashg’ulot qilinganlik darajasi haqida, sportchining ba’zi bir tayyorgarligi haqida ozroq fikr yuritish mumkin. Hozirgi vaqtda hamma kuchli sportchilar yillik mashg’ulot jarayonida tayyorgarlik darajasini ba’zi bir tomonlari qay darajadaligini aniqlash uchun, umumiy jismoniy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik buyicha nazorat mashqlar (normativlar) topshiradilar. Mashg’ulot qilinganlik darajasi holatini sport formasi deb atalish qabul qilingan. Bunday sport formasi mashg’ulot musobaqa davrining boshlarida erishilgan va uni oxirigacha saqlanib qolishi kerak. Mashg’ulotni to’g’ri uyushtirganda mashg’ulotga bo’lgan chekinish yildan yilga o’sishi lozim. O’tish davrida mashg’ulot vaqtini kamayishi va uni bo’lmasligi sababli mashg’ulotga bo’lgan chekinish biroz kamayadi. Hozirgi davrga kelib, o’yin harakatlarining 29 faollashmaganligi, texnik usullar yanada ko’payganligi tayyorgarlik darjasiga bo’lgan talabni oshiradi. Hozirgi kunlarda o’yin mazmunini, tayyorlov tizimlarini funksional faoliyatini takomillashtirish va har xil malakalarni yaxshi o’zlashtirish ayniqsa zarur. O’yinchilar har turdagi harakatlar kompleksini bajarishligi ular maxsus tayyorgarlikni mukammal egallashligini talab etadi. Buning ichiga shaxsiy sifat va malakalardan tashqari o’zaro jamoa bo’lib harakat qilishni maxsus malakalari va qobiliyatlari kiradi. Har bir o’yinchining umumiy o’yin tayyorgarligidan tashqari jamoada zarur bo’lgan funksiyalarni bajarish uchun kerak bo’lgan bilim, sifat va malakalarni o’zlashtirishi lozim bo’ladi. Bolalar va o’smirlar sport mashg’uloti agar, organizmda anatomofiziologik o’zgarish ijobiy bo’lganini va sog’lomlashtirishga ta’sir qilishi hamda jismoniy o’sishi va sport natijalari yuqori bo’lishga moil bo’lganda to’g’ri deb hisoblanadi. Yosh sportchilarni tayyorlash tizimsining strukturasi quyidagilarni: dastlabki tayyorgarlik (7-10 yosh), maxsus boshlang’ich tayyorgarligi 1 yillik ta’limotga mo’ljallangan (10-11yoshlar uchun o’quv mashg’ulot guruhi), basketbol bo’yicha yo’naltirilgan tayyorgarlik (ikki va uch yilga muljallangan mashg’ulot guruhi) va sport takomillashtirish guruhlarini o’z ichiga oladi. Tizimlar o’rtasidagi o’zaro aloqa har bir tayyorgarlik bosqichlarini bevosita o’zaro bog’liqligini ta’minlaydi.
Sport mashg’ulotining tuzilishi va amalga oshirishligi onglilik, qaytarishlilik, asta sekinlik, ko’rgazmalilik, har bir o’ziga xoslilik prinstiplariga asoslanadi. Bu prinstiplarning ko’pchiligi pedagogikadan o’zlashtirib olingan bo’lib, bular sport mashg’ulotining vazifalari va sharoitlaridan kelib chiqqan pedagogik jarayondir. Onglilik prinsipi. U sportchini o’zini tayyorgarlik jarayoniga ongli ravishda va faol munosabatda bo’lishiligini nazarda tutadi. O’z tayyorgarligiga yuqori onglilik munosabatida bo’lganda nazariya va metodikani chuqur o’rganishi, sportchida katta tajriba va bilim yaratib, shu sababli samarali mashg’ulot qilish, musobaqada muvafaqiyatli qatnashish va keyinchalik shularga o’z tajribasini o’rtoqlashishidan iboratdir. Qaytarishlilik prinsipi fiziologik holatga asoslanadi. Negaki u shartli refleks aloqalarini tashkil qilish va organizmda mashg’ulot ta’siri 30 ostida zarur, bo’lgan (mos) o’zgarishlarni yuzaga keltirish uchun bajariladi. Mashg’ulot mashg’ulotlarini, jismoniy mashqlarni qaytarmasdan sportda rivojlantirish va takomillashtirish bo’lishi mumkin emas. Sport mashg’ulotida ba’zi jismoniy mashqlarni qaytarmasdan sportda rivojlantirish va takomillashtirish bo’lishi mumkin emas. Sport mashg’ulotida ba’zi jismoniy mashqlarni qaytarish, shu bilan birga butun mashg’ulotlarini optimal ravishda qaytarishlilik talab qilinadi. Ba’zi mashqlarni qaytarish soni va ular o’rtasidagi dam olish intervali sportchining tayyorgarligiga, uning yoshiga, mashq turiga, tashqi muhitga-maksimal yuklamani almashinishligiga bog’liqdir.
Haftalik yoki boshqa sikl boshida sportchining organizmi avvalgi hafta mashg’ulot yuklamasidan butunlay tiklangan bo’lishi juda muhimdir. Hozirgi paytda yuqori malakali sportchilar kundalik mashg’ulot mashg’ulotlariga o’tayaptilar, shunga qarab, ularning yuklama (miqdor va intensivlik jihatdan) qaytarilishlik miqdori o’zgaradi. Asta-sekinlik yoki izchillik prinsipi. Sportchining muvaffaqiyatida juda muhim, hattoki hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fiziologiyadan ma’lumki, organlarning o’zgarishi va organizm tizimlarini o’zgarishi, ularni funksiyalarni yaxshilanishi, uzoq muddat ichida asta-sekin davom etgan mashg’ulotning ta’sirida bo’ladi. Biroq asta-sekinlik sportchining kuchi va imkoniyatiga mos kelishi lozim. Uni mashg’ulotga bo’lgan chiniqishini yaxshilana borishiga, sport natijalari, sport mahoratini bir necha yilda o’sishga olib keladi. O’rgatish metodikasi pedagogikaning asosiy qoidalariga (oddiydan murakkabga) asoslanadi. Ko’rgazmalilik prinsipi kinogramma, o’quv kinosuratlari va hokazolar o’rgatishni sezilarli darajada tezlashtiradi, mukammal texnikani o’zlashtirishga yordam beradi. O’rganishda sportchilarni texnikasini va murabbiyni ko’rsatayotgan harakatlarini katta diqqat, e’tibor bilan kuzatish kerak.
O’ziga xoslilik prinsipi (erisha oladiganlilik) - sportchining mashg’ulotini tuzish va o’tkazishni, uning o’ziga xos xususiyatlarini (jinsi, yoshi, tayyorgarligi, sog’liqning qay darajadaligi, ma’lum sifatlarini rivojlanganlik darajasini) hisobga olishni talab qiladi. Sportchini tarbiyalashda o’ziga xos yondoshish, texnika va taktikani o’rgatishda, katta samara beradi. Har bir sportchining funksional imkoniyatlarini oshirish maqsadida, mashg’ulot yuklamasini aniqlashda ularga shaxsiy yondoshish juda muhimdir. Sportchining o’ziga xoslilik 31 imkoniyatini o’rganish avvalombor aniq mashqlar orqali olib boriladi. Bu mashqlarning doim qo’llanishi va musobaqaga qatnashish natijasi sportchining tayyorgarligini kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlaydi, hamda shunga muvofiq mashg’ulotga o’zgartirishlar kiritiladi. Yuqorida keltirilgan prinsiplar mashg’ulot jarayonida qo’llaniladigan asosiy hollar hisoblanadi, bu asosiy prinsiplar o’zaro bog’liq va o’zaro kelishilgandir. Tarbiyaning ko’p qirraliligiga asta-sekinliksiz, asta-sekinliksizga esa qaytarishliksiz erishish mumkin emas. Erisha oladiganlik (o’ziga xoslilik)ni va hokazolarni hisobga olmasdan muvaffaqiyatga erishish mumkin emas.
O’rgatish metodi yangi o’quv materialini o’rganishda qo’llaniladi. Bunga harakat malakalarini va nazariy bilimlarni egallash kerak. Mashq metodi asosan foydalaniladi. Texnika, taktika va hokazolarga bo’lgan, mashg’ulotga bo’lgan chiniqishni egallash va uni oshirish jismoniy mashqlar vositasini tizimli ravishda bajarish orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun jismoniy mashqlar mashg’ulotning asosiy vositasidir. Ular uchta asosiy gruppaga bo’linadi: 1. Basketbol o’yini bilan bevosita bog’liq mashqlar; ikki yoqlama o’yinning hamma variantlari, 1ta shchitga o’ynaladigan 5x5 dan to 1x1 gacha bo’lgan o’yinlar. Adabiyotda bu mashqlar asosiy mashqlar nomi bilan yuritiladi, ba’zi bir avtorlar, bularni musobaqa mashqlari deb ataydilar (L.P.Matveev). 2. Ikkita guruhdan iborat umumrivojlanish mashqlari: a) yengil-atletikaning turlari, og’ir atletika, futbol, qo’l to’pi va boshqalari. b) umumrivojlantiruvchi tayyorlov mashqlari har xil predmetlar va ularsiz. Mashq egilishlar, burilishlar, siltanishlar va boshqalardan iborat.
Basketbolga taalluqli jsmoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish hamda basketbol texnika, taktikasini o’rganish maqsadida qo’llaniladigan maxsus mashqlar. Sport mashg’ulotida maxsus mashqlarni qo’llash ayrim muskul guruhlarini kuchini rivojlantirganligi uchun ko’p qo’llanilyapti. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan maxsus mashqlar yordami bilan birga, basketbolni hujum va himoyasini ba’zi bir texnika elementlarini o’rganish mumkin va aksincha. Texnikani egallash uchun 32 bajariladigan mashqlarni ko’p marta qaytarilishi ham o’z o’rnida jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Odatda maxsus mashqlar, basketbolni bir qismini yoki bir necha harakatlar bog’lamini tashkil qilgan bo’ladi. Shunga binoan bu mashqlar o’z turiga yaqin yoki shu turdan bo’lishi lozim. Ruxiy tayyorgarlik, irodaviy sifatlarni tarbiyalash va jismoniy sifatlar darajasini oshirish maqsadida, maxsus ataylab tashkil qilingan og’ir, qiyin tashqi muhit yaratiladi. Bir jismoniy mashqning o’zi qay shaklda va qanday sharoitda bajarilayotganligiga qarab, uning ta’siri sportchida har xil bo’ladi. Sportchining tayyorgarligida muhim ahamiyatga ega shartlardan biri, bu gigienik reja va tabiatning tabiiy omillaridir.
Bu omillar markaziy tizimsi holatini yaxshilash uchun hamda sog’liqni mustahkamlash va chiniqish uchun juda yaxshi vositadir. Bularning hammasi sportchini hayot faoliyatini oshiradi va unga ko’p va samarali mashg’ulot qilish kerak. Yuqori sport natijalariga erishish, mashg’ulotlardan keyin o’z kuchini tez tiklashga imkon beradi. Mashg’ulot tizimda qo’llaniladigan vositalarning turli tuman bo’lishligi ya’ni basketbol taktika va texnikasini o’rgatish va takomillashtirish, irodaviy sifatlarini tarbiyalash, jismoniy mashqlarni bajarish metodlari juda muhimdir. Ko’rsatish va namoyish qilish metodi. O’rganilayotgan usulni tasavvur qilishdir. Ko’rsatish juda aniq, engil, o’zlashtirish va o’rganilayotgan harakatning muhim joylariga urg’u berilgan bo’lishi kerak. Ba’zi hollarda qaytarish va sekin ko’rsatish qo’llaniladi. Agar ko’rsatish bilan birga boshqa usullar ko’rsatilsa-ko’rgazmali qo’llanmalar, kinogrammalar va boshqalar yaxshi samara beradi. Ko’rsatishni ustalik bilan ishlatish, bolalarni o’rgatishda katta ahamiyatga ega, negaki ularda 2 chi signal tizimsi unchalik yaxshi rivojlanmagan va qabul qilinayotgan ma’lumotni asosan 1-chi signal tizimsi orqali qayta ishlaydi. So’z metodi. ancha keng qo’llaniladiganlar qatoriga kiradi.
Kuzatish natijasida o’rganilayotgan usulni ichki mexanizmlarini yoritib bo’lmaydi, bu esa usulni yaxshi shakllanishini ta’minlaydi. So’z metodi usulni ko’raolmayotganlar uchun juda qo’l keladi. Shu bilan birga 2-chi signal sitemasi faoliyati faollashadi, shug’ullanuvchilarni xotirasi va tafakkuri ishga tushadi, o’z vazifalarini to’liqroq xis qiladilar, o’zlari uchun zarur mo’ljal va kriteriyani anglab oladilar. Agar tushuntirishi qiska, aniq, hayajonli va ravshan bo’lsa, u yaxshi qabul qilinadi. Harakatni o’zlashtirish jarayoni, xatolarni va noaniqliklarni to’g’irlash 33 bilan birga olib boriladi. Bu xatoliklar tabiiydir va bu murabbiy yo’l qo’yilgan xato deb hisoblanmaydi. Bu o’rganishida doim bo’ladigan narsa hisoblanib, ular har xil sabablarga ko’ra bo’ladi. Shuning uchun o’rgatishning asosiy vazifalaridan biri, bu xatoni oldini ola bilish va to’g’rilashdir. Xatoga o’rganib qolingan bo’lsa, uni to’g’rilash juda ham qiyin. Ular ko’pinchalik halaqit beradi va uning natija samarasini pasaytirib yuboradi. 3.3. Xatolarni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar 1. O’zlashtirilayotgan yangi materialga shug’ullanuvchilarning tayyor emasliklari. 2. O’rganilayotgan harakat to’g’risida e’tiborsizlik oqibatida noto’g’ri tushuncha hosil qilish. 3. O’rgatish sxemasida foydalanadigan mashqlarni ketmaketligining buzilishi. 4. Koordinatsiya mexanizmlarini har xil sabablarga ko’ra (shug’ullanuvchilarni birdaniga yuqori natijaga erishishga bo’lgan urinishlari va hokazo) buzilishi. Harakat malakasini to’g’ri shakllanishi uchun, harakat strukturasi to’g’risidagi ma’lumotni kelib turishi.
Aniqlanayotgan xatolar o’z vaqtida, berilgan ko’rsatmalar, qayta ko’rsatishlar va sekin murabbiy bilan birga bajarish orqali tuzatiladi. Sport mashg’ulotning asosiy maqsadi - sportchilarni yuqori natijalarga erishtirishdir. Bu maqsadga erishish uchun, sportchining organizmi yuqori va juda yuklamalarni ko’tara olishi, hamda shu bilan birga yuqori ish faoliyatini saqlab qolishi kerak. Shuning uchun mashg’ulot asosida, organizmni funksional va harakat qilish imkoniyatlarini takomillashtirish, hamda uni musobaqa sharoitiga moslashishiga etadi. O’yinning ta’sirida va asosan har xil mashqlarni ishlatish natijasida organizm faoliyatida har xil o’zgarishlar bo’ladi. Yuklamani berishda kerakli samaraga erishish uchun, ular sportchi organizmida qanday o’zgarishlarga olib kelishligini aniq bilishi kerak. Har qanday yuklama quyidagi sifatlar qiyinligi, intensivligi va miqdori bo’yicha bo’linadi. Mashg’ulot yuklamasining umumiy samaradorligiga, bularning har biri o’z xissasini qo’shadi, ammo jismoniy mashqlar paytida beriladigan metodga ko’proq bog’liqdir. 34 3.3.1
. Harakat sifatlarini tarbiyalash metodlari Zarur sifatlarni tarbiyalash maqsadida, shu sport turlariga xos vosita va metodlardan foydalaniladi. Amaliyotda, o’quv mashg’ulot jarayonida quyidagi ma’lum metodlar qo’llaniladi. Qaytarish metodi - bu o’yinlarda uchraydigan uzuq-uzuq ishning bir ko’rinishidir. Uni bajariladigan ishga nisbatan katta quvvatliligini ajratib turadi. Bu metoddan tezlikni, kuchni, tezlikka bo’lgan chiniqishni tarbiyalashda foydalaniladi. Interval metodi- bu ham uzuq-uzuq ishning bir ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi. U boshqalardan aniq chegaralangan ish va dam olishdan farq qiladi. Dam olish nisbatan uzoq davom etmay, organizmni tiklanishiga ulgurmaydi. Bu metod tezlik kuchi va chidamlilikni tarbiyalashda qo’l keladi. Bu anaerobik va aerob energiya ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirib, kislorod qarzi katta bo’lgan paytlarda harakat qilishga o’rgatadi. Maksimal va intensiv metod.
U maksimal kuchni tarbiyalashga va katta kuch va quvvat bilan ishlashga qaratilgan. U yaxshi tayyorlanganlarga mo’ljallangan. Uning yordami bilan (tezkor-kuch) sifatlarini va anaerobik jarayonlarini takomillashtiriladi. Sopryajenniy (juft) metod- texnika, taktika harakatlarini takomillashtirish bilan birga harakat sifatlarini tarbiyalashga imkon beradi. Shu tarzda kuchni, chaqqonlikni, chidamlilikni shu metod yordamida tarbiyalash, o’yinchining malakaliligi esa musobaqa sharoitida foydalanish imkonini beradi. Aylanma metod- bir vaqtning o’zida bir necha sifatlarni tarbiyalash, ba’zi hollarda esa maxsus malakalarni takomillashtirish uchun foydalaniladi. Aylanma mashg’ulotdan foydalanish, bu o’quv vaqtini tejash, hamda o’quv jarayonini intensiv o’tkazish, harakat malakalarini birgalikda har tomonlama rivojlantirishga sharoit yaratadi. Sport mashg’ulotining asosiy maqsadi - rejalashtirilgan sport natijalariga erishishdir. Har bir tayyorgarlik turida foydaliroq mashqlardan foydalaniladi. Yuqori natijalarga yaxshi tanlangan mashqlar va ularni o’tkazish metodlari yordamida erishish mumkin.
Xulosa Xulsoa qilib shuni aytganda jismoniy tayyorgarlik - bu sportchini mashg’ulot jarayonining asosiy qismi hisoblanib, yuqori sport natijalariga erishishga asos bo’lib xizmat qiladi. U avvalombor sportchining har tomonlama va maxsus jismoniy rivojlanishini ta’minlaydigan jarayondir. Shunga muvofiq jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikka bo’linadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik sportchining butun a’zolarini har tomonlama rivojlanishiga; hamma harakat mushaklarini rivojlantirish, organizm a’zolari va bo’limlarini mustahkamlash va ularni funksional imkoniyatlarini oshirish, harakat koordinatsiyasini yaxshilash qobiliyati, kuchni, tezkorlikni, chidamlilikni, chaqqonlikni va egiluvchanlikni oshirish, gavda tuzilishidagi va qomatdagi kamchiliklarni tuzatishga yo’naltirilgandir. Bu vazifalarning echilishi har tomonlama jismoniy rivojlanishni ko’proq ta’minlaydi. Bunga erishish uchun har xil harakat faoliyatida ishtirok etuvchi tananing hamma qismlariga, a’zolariga, bo’limlariga jismoniy mashqlarni tizimli ravishda yaxshi ta’sir etishini ta’minlash zarur. Maxsus jismoniy tayyorgarlik - organizmni basketbol o’ynashdagi ish faoliyatida bevosita zarur bo’ladigan organizmni butun a’zolari va bo’limlari, hamma funksional imkoniyatlari juda ham yuqori rivojlanishga yo’naltirilgandir.
Tabiiyki buning uchun mashqlardan foydalaniladi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun har tomonlama ta’sir qiladigan mashqlardan foydalaniladi. Har bir jismoniy mashq organizmga har xil ta’sir qiladi. Bu ko’pincha sport mashg’ulotini bir nechta vazifasini echishda qo’l keladi. Misol uchun kross yordamida chidamlilik rivojlantirilib, tirishqoqlikni, qiyinchilikni engish irodasi tarbiyalanadi. Maxsus jismoniy tayyorgarlikka-maxsus yo’naltirilgan mashqlardan ko’proq foydalaniladi. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda asosiy o’rinni kuchga, tezkorlikka, chidamlilikka va boshqa sifatlar qaratilgan mashqlar egallaydi. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni mana shu tomonlari jismoniy rivojlanishni har tomonlamaligini hamda yuqori natijalarga erishishni ma’lum darajada belgilaydi.