Basketbol sport turi bo`yicha to`G`raklarning ahamiyati, xususiyatlari va qoidalari reja



Yüklə 27,5 Kb.
səhifə1/2
tarix08.05.2023
ölçüsü27,5 Kb.
#109529
  1   2
BASKETBOL SPORT TURI BO`YICHA TO`G`RAKLARNING AHAMIYATI, XUSUSIYATLARI VA QOIDALARI


BASKETBOL SPORT TURI BO`YICHA TO`G`RAKLARNING AHAMIYATI, XUSUSIYATLARI VA QOIDALARI


REJA:



  1. Basketbolning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi

  2. Basketbol sport turining qonun qoidalari va sportchining taktik tayyorgarligi

  3. Basketbol sport turi va uning asosiy qoidalari.



XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Hozirgi zamon basketbol o‘yinining rivojlanish tarixi 1891-yilning dekabr oyidan boshlangan. Sprigfild shahridagi (AQSh, Massachusets shtati) xristian – ishchilar maktabi (hozirgi Springfild kolledji)ning anatomiya va fiziologiya o‘qituvchisi doktor Djeyms A.Neysmit talabalarning qish faslidagi jismoniy mashg‘ulotlarini bir qator jonlantirishga qaror qildi. Neysmit tomonidan ijro qilingan o‘yinning dastlabkit varianti beshta asosiy shartdan va 13 ta asosiy qoidalardan iborat bo‘lgan. Neysmit yangi o‘yin uchun futbol to‘pini tanlaydi, chunki bu to‘pni qo‘l bilan ilib olish oson bo‘lib, uni oshirish qiyin hamda yerga urilgan vaqtda to‘p yerdan doimo yuqoriga otilib o‘ynashi unga ma’qul bo‘lgan. Bunday o‘yinning avj olishi hozirgi zamon basketboli ishqibozlarini hayron qoldirishi mumkin (aytmoqchi, o‘sha zamonlarda ham o‘yinning nomi xuddi hozirgi singari: “basketbol” deb yozilgan). Neysmit shaftoli terishga mo‘ljallangan savatchani zal ichidagi balkonga o‘rnatib qo‘ygan, savatchaning yonidagi narvon ustida farrosh o‘tirgan. Uning vazifasi muvvafaqiyatli tashlangan va savatchaga tushirilgan to‘pni savatcha ichidan olib, pastga o‘yinchilarga uzatib turishdan iborat bo‘lgan. 1891-yil 21-dekabrda Springfild kollejining gimnastika zalida basketbol bo‘yicha birinchi match o‘tkaziladi.


Matbaa manbalari bu o‘yinning uch xil tug‘ilish sanasini qayd etadilar: 1891-yil 21-dekabr, 1892-yilning 15 va 20-yanvari. “O‘yin yaratuvchi”ning ta’kidlanishiga esa birinchi uchrashuv 1891-yilning “rojestvo” bayrami oldidan o‘tkazilgan ekan. Guruhda 18 kishi bor edi. Shuning uchun o‘yinda har biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. O‘yin ko‘pchilikka shu qadar ma’qul bo‘ldiki, tez orada o‘yin qoidasidan nusxa ko‘chirib berishni so‘rab Neysmitni xoli-joniga qo‘yishmadi. Keyinroq, 1892-yilda u o‘z o‘yinining birinchi “Qoidalar kitobi”ni nashr ettirdi. Unda 13 ta asosiy band bo‘lib, ularning ko‘pchiligi bizning hozirgi kunlarimizda ham amal qilmoqda.
Prinsip jihatdan u “Qoidalar”ning hozirgilaridan farqi to‘pni “olib yurish” qoidalari deb hisoblash mumkin. Neysmit o‘yinda ishtirok etuvchilar sonini qat’iy ravishda cheklab qo‘ymagan. Uning ta’rificha, o‘yinda uch kishidan boshlab 40 kishigacha qatnashishiga ruxsat berilgan. Holbuki, eng maqbul mezon har jamoada 9 kishi bo‘lishi edi. Futbol o‘yinidan nusxa ko‘chirib o‘yinchilarni uchta hujumchiga uchta himoyachiga ajratib qo‘yilgan edi. Ularga faqat o‘z “zonalarida” o‘ynashga ruxsat berilgan edi. 1892-yil 11-martda mana shu qoidalar asosida birinchi marta tomoshabinlar huzurida o‘yin o‘tkazilib, uni tomosha qilish uchun 200 kishi to‘plandi. Talabalar o‘z o‘qituvchilari bilan o‘ynaydilar va 5:1 hisobida g‘olib chiqtilar. Shundan keyin o‘yin keng miqyosida rivojlanib ketdi va xuddi 1892-yilning o‘zida Meksikada ham basketbol o‘ynala boshladi. Oradan biroz vaqt o‘tgach Lyu Allen Xartford shahrida noqulay savatchalarni – shaftoli terishga mo‘ljallangan ushbu savatlarni simdan to‘qilgan silindr shaklidagi og‘ir savatchalar bilan almashtirdi. O‘yin-yildan-yilga rivojlanib borib, uning qoidalari ham ancha takomillashtirildi. Chunonchi, 1893-yilda birinchi marta shchitga tegib qaytadigan va to‘pni tomoshabinlar orasiga borib tushishdan saqlaydigan qurilma va unga to‘r xalta biriktirilgan temir halqa o‘rnatildi.
Shchitning kattaligi 3,6x 1,8 m bo‘lgan. Oradan bir-yil o‘tgach, to‘pning kattaligi oshirilib aylanasining uzunligi 30-32 dyuymga (76,2-81,8 sm)ga yetkazildi. 1895-yilga kelib o‘yin qoidalariga jarima to‘pi tashlash kiritildi. Jarima to‘pi 15 fut (5,25 sm) masofadan turib tashlanar edi. Oradan ko‘p o‘tmay savatcha hozirgi zamon shaklini oladi, lekin shchit esa o‘zining hozirgi kattaligiga 1895-yilda erishadi. Ayni maxalda shchitni oq rangga bo‘yab qo‘yganlar, 1909-yilga kelib esa shchitni yaltiroq plastinadan tayyorlay boshlaganlar. Maydonda to‘pni olib yurish qoidasi 1896-yilda kiritilgan. To‘pni tortib olish ham unga qiyin emas edi. Oradan uch-yil o‘tgach, basketbolda foydalanilayotgan futbol to‘pi maxsus tarzda tayyorlangan basketbol to‘piga almashtirildi.
O‘yin texnikasining tez takomillashishi va o‘yinchilar harakatchanligining ortib borishi shunga olib keldiki, 1896-yilda jamoalar tarkibini 5,7 yoki 9 o‘yinchi bilan cheklab qo‘yish to‘g‘risida bir bitimga kelishildi. O‘yinda necha kishilik jamoa ishtirok etishi o‘yin maydonining kattaligiga bog‘liq bo‘lgan. Tez orada jamoadagi o‘yinchilar soni butunlay standart holga keltirildi, ya’ni bir vaqtning o‘zida 5 kishidan ortiq o‘yinchi qatnashishiga ruxsat etilmaydigan bo‘ldi va basketbol bosqichma-bosqich rivojlanib bordi. I bosqich. 1891-1918-yillarni o‘z ichiga olib, basketbolning yangi o‘yin sifatida shakllanib borish bosqichi hisoblanadi. Avvaliga gimnastika mashg‘ulotlarini biroz jonlantirish uchun yaratilgan basketbol asta-sekin sport o‘yiniga aylanib, uning o‘ziga xos barcha xususiyatlari shakllana boshlaydi. Uning dastlabki rasmiy o‘yin qoidalari yaratiladi. Uning o‘yin teknikasi va taktikasi shakllanadi.
O‘yinda ishtirok etayotgan jamoa a’zolarining har biri uchun muayyan funksiya vazifalar belgilab beriladi.
II bosqich. 1919-1931-yillardan iborat bo‘lib, bu davr milliy basketbol federatsiyalari tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa basketbolning sport o‘yini sifatida rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xuddi shu davrda dastlabki basketbol bo‘yicha halqaro turnir – musobaqalar o‘tkaziladi.
III bosqich. 1932-1947-yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davr butun dunyo bo‘yicha basketbol o‘yini har tomonlama rivojlanganligi bilan xarakterlidir. Bu davrda basketbol o‘yini federatsiyasi (FIB) tashkil etiladi. Bu xodisa unutilmas voqea bilan basketbolni sportning Olimpiya turidagi o‘yinlar qatoriga kiritilishi bilan birga sodir bo‘ladi. Shu davrda sobiq sovet basketbolchilari ham halqaro maydoniga chiqadilar. Basketbol texnikasi va taktikasiga yangiliklar kiritiladi.
IV bosqich. 1948-1965-yillarni o‘z ichiga oladi. Bu-yillarda butun dunyoda basketbol o‘yini shiddat bilan rivojlanibgina qolmay, muayyan sakrashlar tarzidagi taraqqiyot va sport mahoratining o‘sishi ham ana shu davrga to‘g‘ri keladi. To‘pni bir qo‘l bilan otish qoidasipaydo bo‘ladi, raqibning hujumiga qarshi o‘zini himoya qilish texnikasi va taktikasida ancha murakkab malakalar paydo bo‘ladi. Mini-basketbol o‘yini vujudga kelib, dunyo buylab tarqala boshlaydi.
V bosqich. 1986-1990-yillarda milliy Federatsiyalar soni ortadi. Milliy professional basketbol uyushmalari (NBA) paydo bo‘ladi. Basketbolchilarning halqaro aloqalari mustahkamlanadi, o‘yin texnikasi va taktikasida yangiliklar vujudga keladi. Musobaqalar qoidasi va hakamlik uslubiyati taqsimlashtiriladi. Mamlakatimiz sportini rivojlantirish sohasida tubdan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz jismoniy tarbiya va sportning kelajak avlodni sog’lom qilib tarbiyalashdagi o’rnini hisobga olib sport ishlarini yanada takomillashtirish, uning zamon talablari darajasida o’quv va moddiy-texnik bazasini yaratish xamda axolining sportga bo’lgan qiziqishini oshirish yo’lida maqsadli davlat miqyosidagi tadbirlar ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda. Sport millatning o’zligini anglashda uning aniq maqsadlari sari jipslashuvida va birlashuvida, o’zidagi bor salohiyatini hamda millat sifatidagi qudrati jahon uzra namoyon bo’lib muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda mamlakat sportini rivojlantirish dolzarb va nihoyatda muhim masaladir. Zero, jismonan baquvvat sog’lom va yoshlari ko’p bo’lgan millat qudratli bo’ladi, uning davlati har tomonlama mustahkam bo’lib, buyuk taraqqiyot sari rivojlanib boradi. Basketbolda ham boshqa ko‘pgina o‘yinlarda bo‘lgani singari sportchining o‘rni beqiyos ahamiyatga egadir. Zamonaviy basketbolda hujum eng o‘tkir quroldir.
Ma’lumki, o‘yin jarayonida 5 tadan o‘yinchi maydonda harakatlanadi. Basketboldagi individual reaksiya va taktik fikr qilish, maydonda jamoaviy harakatlanish yosh sportchining psixologik tipiga ham bog‘liq. Bunda yosh sportchilarning qobiliyatlari aniqlanib, hujumda taktik joylashtirilib, maxsus qo‘shimcha mashqlar orqali rivojlantiriladi. Basketbol o‘yinida hujum va himoyada individual, guruh, jamoaviy harakatlardan iborat. Markaziy o‘yinchi juda ham baland bo‘lib, u koptokni birinchi irg‘itilgandayoq jamoadoshlariga uzatishni bilishi kerak. U jamoaga shunday yordam berishi kerakki, ya’ni koptok noaniq irg‘itilgandan keyin xalqaga urilib qaytganida ham uni o‘z nazar doirasida tutishi kerak. Shuningdek, markaziy ikki o‘yinchi dastlabki bahs to‘pni tashlayotganda jarima to‘pi otilgandan so‘ng to‘pni o‘zida olib qolish uchun bahs olib boradi. Oldidagi o‘yinni boshqaruvchini ikki yonida yon o‘yinchilar hujum uchun ikki yonni egallaydilar. Bu o‘yinchilar yuqori yon o‘yinchilar (KRAY) deb yuritiladi. Bu o‘yinchilarning vazifasi o‘yinni boshqarayotgan o‘yinchiga yordam berish hamda hujumda o‘rta maydondan, uch ochkoli zonadan to‘pni otishlari va tezlik bilan ikki qadam qilib hujum uyushtirishlari lozim.
Agarda raqib to‘pi omadsiz yakunlanib, o‘z jamoasi tomonidan egallangan bo‘lsa, ikki yon tomondagi kray o‘yinchilar o‘z tomoniga tezlik bilan yugurib, shitga to‘pni tashlashi va hujumda ko‘proq uyushtirishi talab qilinadi. Basketbolda o‘yinni boshqaruvchining vazifasi quyidacha: ushbu vazifani bajaruvchi o‘yinchi to‘pni muntazam olib yurish, zonaga kirib borish, hujum uyushtirishni tashkil qilish, o‘yinda boshqaruvchilik, o‘z jamoadoshlari bilan birgalikda hujumni uyushtirgan holda ochiq turgan jamoadoshiga to‘pni oshirish va hujum qilish hisoblanadi. Asosan, razvadayushiy yuqori markazda o‘ynab, boshqarish ishlarini bajaradi. Hujum jamoani asosiy va hal qiluvchi funksiyasi bo‘lib, uni taktik jihatdan puxta rejalashtirish, tashkil qilish va amalga oshirish har bir hujum harakatini hamda butun o‘yin jarayonini foydali natija bilan yakunlash uchun imkon yaratadi. Bu holat ko‘proq boshqaruvchining zimmasida bo‘ladi. Hujum taktikasi qanchalik serqirra bo‘lsa, taktik psixousullar hajmi ko‘p bo‘lsa, taktik bilim va ko‘nikmalar doirasi keng bo‘lsa, qulay va foyda keltiruvchi usullarni tanlash hamda ularni qo‘llash imkoniyati shunchalik samarali kechadi. Hujum taktikasi individual, guruhli va jamoa harakatlaridan iborat bo‘ladi. Psixologiyada individual yondashish yosh sportchining eng muhim omili hisoblanadi. Individual harakatlarga asosan har bir o‘yinchi maydonda kechayotgan vaziyatni bilishi, uni o‘z vaqtida payqashi va jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifa doirasida foydali natija keltiruvchi shaxsi (individual) harakat qobiliyatini namoyish etishi lozim. Temperament - bu odam tug‘ilganda qabul qilingan narsadir.
Xususiyatlar, xulqatvor motivlari va genetik xususiyatlarga ega bo‘lgan ko‘nikmalar hisoblanadi. Inson xarakteri tajriba bilan rivojlanadi. Temperament tipini aniqlash asosida bolaga mashg‘ulot jarayonini to‘g‘ri tushuntirish, mashg‘ulot o‘tish bilan yosh sportchi to‘g‘ri eshitadi, tushunadi va tez o‘zlashtira oladi. Temperament tipini aniqlash usullari hozirgi zamonda juda ko‘p. Eng keng tarqalgan mashhur usul Eyzenkning temperament diagnostikasi usuli. Xans Yurgen Eysenk (ingliz psixologi) savollar tizimini ishlab chiqqan olim bo‘lib, uning ixtirosi orqali temperament xususiyatlari va turlarini aniqlash mumkin. Anketani to‘ldirish natijasida introversiya va ekstraversiyani hisobga olgan holda bolaning haqiqiy shaxsini psixologik aniqlash mumkun bo‘ladi. Bu test yosh sportchini hissiy barqarorligini ochib beradi. Eysenk testi zamonaviy psixologiyada eng ko‘p qo‘llaniladigon shaxs tipoligiyasini aniqlashning klassik usuli hisoblanadi. Temperament odamning tevarak atrofidagi voqealarga munosabati va hissiyotning ayrim xususiyatlarini belgilab beradi. Temperament ong, xotira, aqlzakovat va qobiliyatni aks ettirmaydi. Shu bois ham sport jarayonida hamma temperament egalari orasidan iqtidorli va iqtidorsiz, tezkorlik-sekinlik, chaqqonliksustlik, kuchlilik-kuchsizlik, irodali va irodasiz fazilatlariga ega bo‘lgan yosh sportchi bolalarni uchratamiz. Temperamentni 4 tipi ma’lum bo‘lib ularga: sangvinik, flegmatik, xalerik, melanxolik tiplari kiradi. Biz yosh basketbolchilarni to‘rtta tip asosiga bo‘lib olamiz. Ularni shu tiplar asosida mashg‘ulot jarayonini olib borishimiz kerak. Ularni hujum jarayonida zonaviy joylashtirishda temperament tiplar asosida joylashtirish orqali hujum yanada rivojlanadi. Hamda ularga mashg‘ulot holatida psixologik yondashib mashg‘ulot jarayoni olib boriladi.
Basketbol 1891 yilda AOShning Massachusets shtatidagi springfild kollejining jismoniy tarbiya o’qituvchisi Jeyms Neysmit tomonidan “kashf”etilgan. Bu o’yinni yaratishda Neysmit uzoq vaqtlardan beri keng tarqalgan to’p bilan o’tkaziladigan oddiy o’yinlar haqidagi tarixiy ma’lumotlardan foydalangan deb taxmin qilish mumkin. Kollejda o’tkaziladigan gimnastika darslarini jonlantirish haqida topshiriq olgan Jeyms Neysmit yopiq xonalar uchun yangi o’yin o’ylab chiqadi. U balkon panjaralarida shaftoli solinadigan savatlardan ikkitasini osib qo’yadi. O’yinda qatnashuvchilar o’z raqiblarining savatlariga futbol topini tushirishlari lozim edi. O’yinda erkaklar bilan ayollar birgalikda qatnashardilar. Neysmit taklif qilgan o’yin birinchi kundanoq talabalar orasida katta qiriqish uyg’otdi. Gimnastika guruhida 18 kishi bo’lgani uchun, ular ikk guruhga bo’linib o’ynay boshladilar. Keyinchalik har bir komandadagi o’yichilarning soni 7 va 5 tagacha kamaytirildi. To’p savatga tashlanganligi uchun bu o’yin basketbol (“basket” – savat, “bol” - to’p) deb atala boshlandi. Basketbolda ham boshqa ko’pgina o’yinlarda bo’lgani singari o’yinchining o’rni uning o’zigaxos qobiliyati bilan belgilandi. O’zining aniq nishonga uloqtirishi bilan ochkolar keltiruvchilardan odatda hujum chog’ida foydalanishadi va ular raqib halqasi tomon hujumlar uyushtiradilar. Markaziy o’yinchi qoida tariqasida juda ham baland bo’yli bo’ladi.
U koptokni birinchi irg’itilgandayoq jamoadoshlariga uzatishni bilishi kerak. Uning bo’yi jamoaga shunday yordam berishi kerakki, ya’ni koptok noaniq irg’itilgandan keyin halqaga yoki shitga urilib qaytganida, uni o’z nazar doirasida tutishi kerak. Himoyachilar raqib hujumchilariga ochko yutishlariga har qanaqasiga xalaqit berishlari kerak. Shu bois ular harakatchan, ayyor bo’lishlari va shuning barobarida o’z jamodarining hujumlarida ishirok etishga ham ulgurishlari lozim. Basketbol to’pining aylanasi 68-73sm, og’irligi 600-650 gr ga teng. O’zbekiston sportchilarining orasida birinchi olimpiya o’yinlari chempioni bo’lganlar. Erkaklar o’rtasida Alijon Jarmuxamedov Ayollar o’rtasida Tatyana Tarnikidi. Eng nomdor sportchimizdan Ravilya salimova uch karra Jahon va olti karra Yevropa chempioni unvoniga sazovor bo’lgan. Mashg‘ulotda amal qilinadigan asosiy qoidalar Mashg‘ulot boshlanishidan oldin tayyorlov mashqlarini bajaring, tanani qizdiring, qo‘l panjalarini qisib-yozing, kaftlarni aylantiring, silkiting va hokazo. Keyin oyoq uchlarida, tovonlarda yuring, so‘ng oyoqlarni keng va dadil oldinga, yonga tashlab yuring. Ilonizi qilib yuring, to‘siqlardan oshib o‘ting, aylanib o‘tishlarni, tez harakatlar bilan yugurishlarni, to‘satdan oldinga engashib o‘tishni, to‘xtashlarni, yugurishni o‘zgartirib yurishlarni va ishoraga ko‘ra bir oyoqdan ikkinchi oyoqqa sakrab o‘tishlarni, to‘pni yerga urib olib yurishni, to‘pni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab olib yurishni, to‘pni pastlab olib yurishni, bir va ikki to‘pni olib yurishlarni, to‘xtab-to‘xtab yurishni, yarim o‘tirgan holatda yurishni, to‘pni oyoqlar orasidan chap va o‘ng qo‘l bilan olib, yerga urib yurishlarni bajaring. Balandlikka joydan turib, bir oyoqda, ikkala oyoqda sakrashlarni, balandga sakrab turib yarim o‘tirish holatiga qaytishni va yana balandlikka prujinasimon sakrashlarni 4— 5 marta bajaring.
Asta-sekin tinchlantiruvchi yurishlarga o‘ting. Maydonda tartib saqlang. O‘yin tugagach, to‘pni, albatta, o‘z joyiga olib borishga odatlaning. Agar mashg‘ulot sport zalida o‘tkazilgan bo‘lsa, undan so‘ng zal havosini yaxshilab almashtiring, yoritgichlarni tekshiring, jarohatlanishga sabab bo‘ladigan ortiqcha narsalarni zaldan chiqarib tashlang. O‘yin paytida sirpanib ketib jarohat olmaslik uchun maydonning nam, ho‘l joylarini qurigunicha toza latta bilan arting. O‘yinchining ko‘rinishi doimo ozoda, xushbichim bo‘lishi kerak. O‘yin paytida qo‘l soati, taqinchoqlar, zirak va boshqa narsalarni yechib, bexavotir joyga olib qo‘ying, aks holda ular tan jarohatiga sabab bo‘lib qolishi mumkin.

XULOSA
Umuman olganda murabbiy mashg‘ulot jarayonida har bir yosh basketbolchini psixologik yondashgan holda ularga yuklama berishi mashg‘ulotlarni olib borishi kerak. Psixologik tiplar asosida bolaga ruhan yondashib, musobaqa jarayoniga tayyorlashi eng kerakli omil hisoblanadi. Bundan tashqari musobaqa jarayonida murabbiy psixologik yondashgan holda yo‘nalish va dalda berish orqali ham qo‘yilgan maqsadga erishiladi. O‘ziga ishongan xolerik tipdagi yosh sportchilarni o‘yin boshqaruviga qo‘yib, sangviniklarni hujumga, flegmatiklarni esa himoyaga xalqadan qaytgan to‘pni egallash uchun joylashtirish kerak. Ushbu taktika yo‘nalishlari orqali qo‘yilgan asosiy maqsad va g‘alabaga tezroq erishiladi.


Yüklə 27,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin