Pastdan bir qo’llab to’p otish harakatda va sakrab pastdan ikki qo’llab otish kabi holatlarda qo’llaniladi. Bundan tashqari, ba’zi markaziy o’yinchilar raqib shchiti yaqinidagi kurash paytida burilish va chalg’ituvchi harakatlarni birga qo’shib muvaffaqiyat bilan bu otish usulidan foydalanishadi (18-rasm).
To’pni savatga qayta otish. Savatga otilgan to’p unga tushmay shchitdan sapchib yoki savat yaqinidan o’tib ketgan hollarda o’yinchi sakrab to’pni havoda ilib olgandan keyin to’p bilan yerga tushib, nishonga olib tashlash uchun vaqt bo’lmaydi. Bunday hollarda ikki qo’llab yoki bir qo’l bilan to’pni savatga yana tashlash kerak.
To’pni bir qo’l bilan yana qo’shimcha otish (tashlash) paytida basketbolchi to’pni yuqoriroq nuqtada ilib olishga erishadi. Sakraganda va to’pni yoyilgan panjaga qabul qilib, o’yinchi qo’lni yengil bukadi va shu bilan bir vaqtda barmoqlar va panjalar bilan yumshoq yakunlovchi harakat qilib, shu yerning o’zida qo’lni to’g’rilaydi. Halqa tepasida to’pni qayta otish paytida panja harakatlari. To’p halqaga juda yaqin bo’lsa, eng yaxshisi uni panjada ushlab qolmasdan, balki turtib yuborish kerak. Himoya – bor kuch bilan g’alaba qilishga harakat qilayotgan jamoaning tirishlari, agar uning o’yinchilari himoya harakatlari paytida qo’pol xatolarga yo’l qo’ysa, bekor bo’lib qoladi.
Himoyachiga qaraganda hujumchining texnik arsenali bayroq tajriba ko’rsatadiki, himoya malakalarini to’g’ri va diqqat bilan bajarilsa, ular ko’proq universal va samaralidir.
Himoya texnikasi ikkita asosiy guruhlarga:
- maydonga harakat qilish texnikasi;
- to’pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasiga bo’linadi.
Maydonda harakat qilish texnikasi
Himoyaning maydonda harakat qilish texnikasi usullarining xarakter va xususiyatlari, o’yinchining faol, mustaqil mudofaa harakatlari va sheriklari bilan o’zaro harakatlarining aniq holati va maqsadiga bogliqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Uzbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport tugrisida»gi konuni, 2000y.
2. Uzbekiston Respublikasining «Ta`lim tugrisida»gi konuni, 1997y.
3. Актуальное проблемы спортивных единоборств /Под общ.ред. Б.А. Подливаева, И.Д. Свичева. – М. СпортАкадемПресс. – 2002. 109 с.
4. Ашмарин Б.А. Теория и методика педагогических исследований в физическом воспитании. – М.: Физкул`тура и спорт, 1978. – 223 с. 5. Галковский Н.М., Керимов Ф.А. Вольная борьба. – Т.: Медицина, 1987. – 223 с.
6. Матвеев Л.П. –«Проблемы периодизации спортивной тренировки» М, ФиС, 1964.
7. Матвеев Л.П. –«Проблемы спортивной тренировки» М, ФиС, 1977.
8. ПлатоновВ.Н. –«Подготовка высококвалицирозванных спортсменов» М, ФиС, 1986.
9. Платонов В.Н. – «Современная спортивная тренировка» Киев, «Здоровье», 1980.
10. Шиян Б.М. –«Теория и методика физического воспитания», М, Просвещение, 1988.
11. Abdullaev A.A. Xonkeldiev Sh.X. «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati», darslik, Fargona, 2001 y.
12. Abdumalikov R, Kudratov R.X. Yarashev K.D. Kupkari, Ilmiy-ommaviy risola, T, UzDJTI nashrieti, 1997y.
13. Yunusova Yu.M., efimenko A.I. Sport trenirovkasi asoslari, T, 1991y.
14. Губа В.П. Морфобиомеханические исследования в спорте. – М.: Спорт АкадемПресс, 2000. – 120 с.
15. Губа В.П., Шестаков М.П., Бубнов Н.Б., Борисенков М.П. Измерения и вычисления в спортивно-педагогической практике. – М.: СпортАкадемПресс, 2002. – 211 с.