Batch yo‘nalishi uchun sotsiologiya fanidan


Sotsiologiyaning vazifalari



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə107/138
tarix05.09.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#141510
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   138
Социология мажмуа лотин.16

Sotsiologiyaning vazifalari. Shunday qilib, sotsiologiya tarixiy aniq ijtimoiy tizimlar amal qilishining sotsial umumiy qonun va qonuniyatlari haqidagi, ushbu qonun va qonuniyatlarning shaxslar, ijtimoiy guruhlar, birliklar, sinflar, xalqlar faoliyatida namoyon bo‘lishi va ta’sir ko‘rsatish darajasidagi haqidagi fandir.
Sotsiologiya uchun sotsial degan tushuncha asosiy hisoblanadi. «Sotsial» tushunchasi birinchi marta Karl Marks tomonidan foydalanilgan. Ular odamlarning bir-biriga bo‘lgan munosabati, hayot tarzi sharoitlari va dalillarini va insonning jamiyatda tutgan roli va holatini tahlil etganlarida «Sotsial» munosabatlar tushunchasini qo‘llagan.
Sotsial u yoki bu xususiyatning va sotsial munosabatlarning o‘ziga xos yig‘indisidir. Har qanday sotsial munosabatlar tizimi (iqtisodiy, siyosiy va boshqa) odamlarning bir-biriga va jamiyatga bo‘lgan munosabatiga taalluqli. Sotsial degan tushunchaning o‘ziga xosligini xarakterlovchi quyidagi asosiy jihatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, bu xususiyat turli guruh, individlar uchun taalluqli va ular tomonidan sotsial munosabatlarning u yoki bu xususiyatini integratsiyalash natijasi hisoblanadi.
Ikkinchidan, hozirgi sotsial munosabatlar (iqtisodiy, siyosiy va boshqa) bilan bog‘langan individlarning va ularning guruhlari o‘rtasidagi turli munosabatlarning mazmuni va xarakterini anglatadi.
Uchinchidan, sotsial jihat turli individ va guruh individlarining bir-biriga, jamiyatdagi tutgan o‘rniga, ijtimoiy hayot voqelik va jarayonlariga munosabatida namoyon bo‘ladi.
To‘rtinchidan, individlar o‘rtasidagi aloqa va o‘zaro ta’sirning namoyon bo‘lishi birgalikdagi faoliyat natijasi demakdir.
Sotsiologiya ijtimoiy hayotni u yoki bu formada va sohada o‘rganar ekan, u avvalo sotsial voqelik haqidagi bilimlarni shakllantirish, sotsial rivojlanish jarayonlarini tasvirlash, tushuntirish, sotsiologiyaning asosiy metodologiyasini va sotsiologik tadqiqot metodlarini ishlab chiqish kabi ilmiy muammolarni hal etadi.
Sotsiologiyaning jamiyat hayoti bilan xilma-xil aloqasi, uning ijtimoiy burchi birinchi navbatda u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. Har qanday fanlar kabi sotsiologiyaning eng asosiy funksiyalaridan biri nazariya va amaliyotning birligidir.
Sotsiologik tadqiqotlarning ko‘pchilik qismi amaliy muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan. Sotsiologiyaning amaliy yo‘naltirilganligi shunda namoyon bo‘ladi-ki, u ijtimoiy jarayonlarning rivojlanish mayllari haqidagi ilmiy asoslangan ma’lumotni ishlab chiqishga qodir. Mana shunda sotsiologiyaning oldindan aytib berish funksiyasi namoyon bo‘ladi.
Jamiyat hayotida sotsiologik tadqiqotlardan ijtimoiy hayotning turli sohalarini rivojlantirishni rejalashtirishda foydalanish katta ahamiyatga ega. Sotsial rejalashtirish ijtimoiy tizim qanday bo‘lishidan qat’iy nazar hamma mamlakatlarda rivojlangan.
Sotsiologiya mafkuraviy funksiyani ham bajaradi.
U birinchidan, tabiiy-tarixiy jarayonlarni anglash, jamiyat taraqqiyotining yaqin oradagi maqsadlarini va istiqbollarini ishlab chiqishga qaratilgan.
Ikkinchidan, ilmiy va mafkuraviy munozarani boshqa qarashlar tizimi orqali olib borish.
Uchinchidan, aholi o‘rtasida ilmiy va milliy mafkurani tarqatish.
To‘rtinchidan, malakali mutaxassislarni tayyorlash, ular tomonidan ilmiy mafkurani har tomonlama o‘zlashtirish. Sotsiologiya odamlar o‘rtasida munosabatlarni shakllantirishga, uyg‘un hissiyotlarni ijtimoiy munosabatlarga xizmat qildirib yaxshilashga ham yordam berishi mumkin.
Shu tufayli sotsiologiya insonparvarlik funksiyasini ham bajaradi.

Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin