Merkantilizm



Yüklə 91,57 Kb.
səhifə1/6
tarix13.05.2023
ölçüsü91,57 Kb.
#113067
  1   2   3   4   5   6
7-мавзу



MERKANTILIZM

1. Merkantilizm, uning mohiyati, nazariy va metodologik xususiyatlari

Natural xo’jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy munosabatlari tomonidan siqib chiqarilishi XVI asrdan XVIII asrgacha bo’lgan tarixiy davrni o’z ichiga oladi. Bu davr iqtisodiy adabiyotda, odatda merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm (italyancha «merkante» so’zidan kelib chiqqan – savdogar ma’nosini anglatadi), bu bozor (kapitalistik) iqtisodiyotiga bo’lgan birinchi ilmiy qarashlar tizimidir.
Merkantilizm – bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning rivojlanishiga bo’lgan qarashlar tizimi va protekstionizm prinstiplariga asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning yemirish davriga muvofiq keladi va “noindustrial” iqtisodiy davrdagi iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta’limot hisoblanadi.
Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab- quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya qildilar.
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar bilan tasvirlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xom ashyoni import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish; import qilinadigan sanoat tovarlariga protekstionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa, tayyor mahsulotlar eksportini rag’batlantirish; ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o’sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz, merkantilizmning asosi hisoblanadi.
Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, xunarmandchilik deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko’rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o’zgardi. Avvalo, natural-xo’jalik tizimining emirilishi, tovar-pul munosabatlarining o’sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo’lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o’rnini asoslab berishga uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko’p bo’lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag’batlantirish va

jamiyat ishlarini qo’llab-quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek, “qo’shningni quritsang, go’yoki millat boy bo’ladi” kabi noto’g’ri siyosat ilgarisurilgan.
Demak, merkantilizm bozor iqtisodiy munosabatlarining vujudga kelish davridagi birinchi iqtisodiy tafakkurlar maktabi sifatida bir qator nazariy metodologik xususiyatlarga ega. Ularning mohiyatiga ko’ra, merkantilistlar:
tadqiqot predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasini tekshirishni afzal ko’rdilar, buning ustiga, ishlab chiqarish sohasidan ajralgan holda;
tadqiqot usuli sifatida asosan iqtisodiy hodisalarning tasodifiy yuzaki tashqi ko’rinishini ifoda etishga olib keluvchi va iqtisodiyotning barcha sohalarini tizimli tarzda tahlil qilish imkoniyatini istisno etuvchi empirizm (nazariyadan ko’ra amaliy faoliyatga ko’proq moyil bo’lishlik) dan foydalandilar;
pulning paydo bo’lishini odamlarning sun’iy ixtirosi natijasi deb hisobladilar, pulning o’zini esa boylik bilan bir narsa debqaradilar;
pul qiymati (qimmati) ning kelib chiqishini oltin va kumush pullarning «tabiiy xususiyati» va mamlakatdagi ularning miqdori bilan bog’lab talqin qildilar;
mehnat taklifining oshishini yuqori ish haqi bilan emas, balki past ish haqi zarurligi bilan bog’lab ko’rsatdilar;
iqtisodiy osishni davlatning tashqi savdoni tartibga solish va savdo balansida ijobiy saldoga erishishi tufayli mamlakat pul boyligining ko’payishi natijasi sifatida qaradilar.
Shu bilan birga, merkantilistik maktabning bu va boshqa qoidalari iqtisodiy adabiyotda an’anaviy ravishda uning rivojlanishidagi ikki bosqich – dastlabki va keyingi bosqichlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi. Bunday bosqichlarga bo’linish dastlabki va keyingi merkantilistlarning aktiv savdo balansiga, ya’ni tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish yo’llarini har xil tushunganligi sababli kelib chiqadi.


Yüklə 91,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin