3.Turlimamlakatlardamerkantilizmta’limotiningo’zigaxos xususiyatlari
Har bir davlatda merkantilizm o’ziga xos usulda namoyon bo’ldi. Iqtisodiy rivojlanish darajasi, mamlakatdagi siyosiy vaziyat, turli xalqlarning milliy-psixologik xususiyatlari uning o’ziga xos tomonlarini keltirib chiqardi.
Merkantilizm Ispaniya, Italiya, Angliya va Franstiyada ancha keng tarzda rivojlandi.
Masalan, Ispaniyada boylik qimmatli metall, pul bilan bir narsa deb qaralgan. Shu bois, Ispaniyada XVII asrning boshigacha mamlakatdan oltin va kumushni olib chiqish (o’lim jazosi tahlikasi ostida) taqiqlangan. Ispan bimetall monetar nazariyasining etuk himoyachisi Marian XVII asrning 20- yillarida qimmatli toshlardan iborat xorijiy monetalarga ayirboshlanadigan tovarlarni chetga chiqarishdan boshqa, barcha har qanday tashqi savdoni man etish talabini ilgari surdi.
Bunday qattiq chora-tadbirlar mamlakat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xalqaro savdoda chetga chiqib qolgan Ispaniya iqtisodiy rivojlanishda ancha orqada qolib ketdi.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limotva davlatsiyosatisifatida Franstiyada ancha rivoj topdi. Franstiyada merkantilizm vakillaridan biri, mashxur «Siyosiyiqtisodtraktati»(1615) asarining muallifi AntuanMonkreten(1576–1621)hisoblanadi. U davlatning iqtisodiyotga faol
aralashuvini – jamg’armani ko’paytirishning, mamlakat
xo’jaligini mustahkamlash va rivojlantirishningasosiy omili sifa takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. U manufakturani rivojlantirish, xunarmandchilik maktablari tashkil
etish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, o’z mamlakati savdogarlariga tashqi savdoda monopol huquqberish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Franstiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qildi. A.Monkreten xorijiy savdogarlarni mamlakat boyligini so’rib oluvchi nasosga taqqoslaydi. A.Monkreten dasturi Franstiya tashqi savdosini kengaytirishni ko’zda tutadi, u nisbatan monetarizm g’oyasini, shuningdek, savdo balansi konstepstiyasini aks ettiradi. Franstiyadagi amaliy merkantilizmning eng yorqin vakili JanBatistKolber(1619–1683y.) hisoblanadi. U franstuz qiroli Lyudovik
XIV saroyida moliya superintendanti (vaziri) vazifasida ishlagan va faol protekstionistik siyosatni olib borgan. Keyinchalik J.B.Kolber olib borgan iqtisodiy siyosat va franstuz merkantilizmi kolbertizmdeb atala
boshladi.
J.B.Kolberning asosiy g’oyalari va ularning hayotga tatbiq etilishi
quyidagicha tavsiflanadi:
1) Franstiya tashqi savdosini faollashtirishga har tomonlama ta’sir ko’rsatdi;
2) tashqi bozorga tovar ishlab chiqarishni hisobga olgan holda manufaktura sanoatini rivojlantirishga imkoniyat yaratib berdi;
3) protekstionistik tariflardan keng foydalangach, Franstiya bojxona siyosatini tartibga solish bilan faol shug’ullandi;
4) manufaktura sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor bergan holda, qishloq xo’jaligining ancha orqada qolib ketishini keltirib chiqardi, ayniqsa, mamlakatdan don olib chiqishni noto’g’ri man etishi va mamlakatga erkin don olib kirishga ruxsat berishi natijasida dehqonchilikning qashshoqlashuviga olib keldi.
Angliya merkantilizmining ancha yirik vakili UilyamStaffordning (1154–1612y.) hayot faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar juda kam. Uning faqat boy savdogar oilasidan kelib chiqqanligi va “Bizning vatandoshlarning ba’zi bir shikoyatlarining qisqacha bayoni” asarini yozganligi ma’lum. Unda U.Stafford merkantilizm uchun xarakterli bo’lgan quyidagi g’oyalarni ilgari surgan:
1) muomalada buzilgan pullar emas, balki to’la qimmatli pullar bo’lishi kerak, chunki faqat ular tashqi tovar aylanmasida yaroqli hisoblanadi;
2) chetga xom ashyo chiqarishni man etishni taklif etadi (keyin undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilib yuqori bahoda Angliyaga qaytib kelmasin);
3) katta miqdordagi pulning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun qimmatli xorijiy tovarlarni (zeb-ziynat buyumlari) iste’mol qilishni man etishni talab qilib chiqdi;
4) Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan tovarlarni mamlakatga olib kirishni to’liq man etishni tavsiya etdi.
Angliyada keyingi etuk merkantilizm TomasMan(1571–1641) asarlarida ifoda etilgan. Manufaktura tizimining klassik vakili T.Man o’z
davrining yirik savdogar, Ost-Indiya kompaniyasining direktorlaridan biri bo’lgan. Kompaniyani chetga moneta chiqargani uchun tanqid qiluvchilardan uning manfaatini ximoya qilish maqsadida T.Man1621yilda «AngliyaningOst-Indiyabilanbo’lgan savdosi to’g’risida mulohaza» kitobini chop etdi. Monetaristlar konstepstiyasiga savdo balansi nazariyasini qarshi qo’ydi. T.Man1630yilda«Angliyaningtashqi savdodagi boyligiyokiboyliknitartiblashsifatidagitashqisavdobalansi» asarini yozdi. Unda muallif pul muomalasini qat’iy tartibga solish zararli ekanligini, pul foyda keltirishi uchun doimo harakatda bo’lishini, pulning chetga erkin chiqarilishi kerakligini, busiz tashqi savdoni risolidagidek rivojlantirib bo’lmasligini qayd qilibo’tadi.
T.Man bo’yicha, boylikning manbai faqat tashqisavdohisoblanadi, bunday boylikka «haryilixorijliklardanxaridqilgansummadanko’ra, ulargako’proqsotish»yo’li bilan erishiladi. U chetga faqat tayyor mahsulot chiqarishni, isrofgarchilikka qarshi qattiq kurashishni, qimmatbaho xorijiy tovarlarni iste’mol qilishdan o’zini tiyishni tavsiya etadi.
Keyingi merkantilizm vakillaridan biri shotlandiyalik JonLo (1671–1729y.) hisoblanadi. J.Lo kredit-bank tizimi, shuningdek, qog’oz-pul muomalasi va birja chayqovchiligi asoschilardan biri hisoblanadi. U kuchli iqtisodchi-amaliyotchi bo’lsada, faqat ikkita asar yozgan. Birinchisi “Pulvasavdo” 1705 yilda chop etilgan, ikkinchisi “Regentstvodavrimoliyatarixi” uning o’limidan sal oldin yozib tugatiladi, lekin faqat ikki yuz yildan keyin nashr etiladi. Bank va yangi turdagi akstionerlik jamiyatini tashkil etish, banknot chiqarish, kapital to’plash, aholining barcha qatlamlari o’rtasida akstiyalarni tarqatish bo’yicha uning konsteptual qarashlari va amaliy faoliyati, ularning ancha rivojlangan davlatlarning xo’jalik tajribasida keng qo’llanilishidan 150 yil ilgari kelib chiqqan.
J.Loning asosiy iqtisodiy g’oyalarini quyidagicha tavsiflash mumkin:
1) milliy iqtisodiyot rivojlanishining kaliti sifatida, banknotalarni chiqarish yo’li bilan mamlakatda pulning mo’l-qo’lligini ta’minlashga harakat qildi;
2) kredit emissiya banklarining davlatga qarashli bo’lishini, hukumat tomonidan iqtisodiy siyosatini olib borilishi va uning yordamidan foydalanishni talab qilib chiqdi;
3) tovarlar bahosining ozgina oshishi, tovarlar taklifining ancha ko’payishiga olib kelishi qoidasini asoslab berdi;
4) davlat qo’shimcha ish joylarini yaratishga imkon beruvchi muomaladagi pul miqdorini ko’paytirish yo’li bilan, ishlab chiqarish miqdoriga ancha katta ta’sir ko’rsatishi mumkinligi to’g’risida gapirib o’tdi;
5) akstionerlik jamiyatlarini tashkil etish yo’li bilan kapital markazlashuvi va birlashuvi g’oyasiga ta’sir ko’rsatdi.
Shunday qilib, aytish mumkinki, merkantilizm konstepstiyasi eng avvalo, protekstionistik tadbirlardan foydalanishga va iqtisodiy hodisa va
jarayonlarning rivojlanishida davlat aralashuviga tayanadi. Bunday qarash jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining turli bosqichlarida, shu jumladan, hozirgi davrda ham kuzatiladi.