Keyingimerkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning ikkinchi yarmigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. (Uning asosiy vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi). Bu davrga kelib milliy sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan rag’batlantirilishi sababli, mamlakatlar o’rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pulbalansi»o’rniga keyingi merkantilistlarning «savdobalansi»nazariyasi kelib chiqdi. «Savdo balansi»nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur konstepstiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha ko’proq pul mablag’larini jamg’arish emas, balki aktiv savdo balansiga erishishdir (eksportning importdan ustun bo’lishi). Eksportvaimport o’rtasidagifarq(ijobiysaldo)–mamlakatboyliginingo’sishidir. Demak, real boylik bu– «o’lik pullar» yig’indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir.
Shulardan kelib chiqqan holda, keyingi merkantilizm vakillari aktiv savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar:
– tashqi bozorlarni nisbatanarzontovarlar sotish yo’li bilan egallash hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish;
– mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda, tovarlarimportigaruxsatetish(zeb-ziynat buyum-laridan tashqari);
– qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltinvakumushni chetgachiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini ko’paytirish.
Pulning tovarli mohiyatini tan olsada, uning qimmatini keyingi merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidan deb qaradilar. Ammo aynan ular metallistik nazariyadan pulning miqdoriy
nazariyasiga va monometallizm tizimiga o’tishga sabab bo’lgan. Agar dastlabki merkantilistlar pulning jamg’arish funkstiyasini asosiy deb bilgan bo’lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar – muomala funkstiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga ko’ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog’liqlikda, tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to’g’ri mutanosiblikda bo’ladi.
Ular, pul taklifining ko’payishi unga bo’lgan talabni oshirgach, savdoni rag’batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar.