Merkantilizm



Yüklə 91,57 Kb.
səhifə2/6
tarix13.05.2023
ölçüsü91,57 Kb.
#113067
1   2   3   4   5   6
7-мавзу

2. Dastlabki va keyingi merkantilizmning oziga xosligi

Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo’ldi va XVI asrning o’rtalarigacha faol amal qilib keldi. Uning asosiy vakillari Uilyam Stafford (1554–1612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olib borgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni ma’muriy yo’l bilan qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko’paytirishga qaratilgan (mamlakat puli qancha ko’p bo’lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki merkantilizm oltin va kumushni boylikning mutlaq shakli deb qaradi va uni chetdan olib kelish yo’lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi
savdoda ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisobladilar:
– eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho ornatishni; – tovarlar importini har tomonlama cheklashni;
mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo’l
qoymaslikni.

Dastlabki merkantilizm davrida hukumat xorijiy savdogarlarni ularning pulini mahalliy pulga almashtirish va ko’proq tovar sotib olishga qiziqtirish maqsadida ataylab chaqalarni buzib, ularning qiymmatini pasaytirish bilan shug’ullangan. Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, tashqi savdoning kengayishi merkantalistlarning boylik muammosiga bo’lgan qarashini o’zgartirishga majbur etdi.

Yüklə 91,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin