Karbon kislotalar. Karboksil gruppaning tuzilishi. Karbon kislotaning fizik va kimyoviy xossalari. Bir asosli kislotalarning asosiy vakillari : chumoli kislota (uning o’ziga xos xususiyatlari), sirka, stearin, olein va boshqa kislotalar



Yüklə 499,06 Kb.
səhifə1/5
tarix02.06.2023
ölçüsü499,06 Kb.
#123508
  1   2   3   4   5
Karbon Kislotalar


Aim.uz

KARBON KISLOTALAR. KARBOKSIL GRUPPANING TUZILISHI. KARBON KISLOTANING FIZIK VA KIMYOVIY XOSSALARI. BIR ASOSLI KISLOTALARNING ASOSIY VAKILLARI : CHUMOLI KISLOTA (UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI), SIRKA, STEARIN, OLEIN VA BOSHQA KISLOTALAR. IKKI ASOSLI KISLOTALAR. TO’YINMAGAN KISLOTALARNING AYRIM VAKILLARI.


Karbon kislotalar, karboksil gruppaning tuzilishi:
Molekulasida karboksil gruppa - COOH bo’lgan alifatik va aromatik uglevodorodlarning hosilalariga karobn kislotalar deyiladi.
Karbon kislotalar molekulalari oxirida harakterli funksional karboksil gruppa bilan tugallanadi. U ikki karbonil va -OH gidroksil gruppalaridan tuzilganligi uchun karboksil gruppa deyiladi.



Bir asosli alifatik karbon kislotalarning elektron formulasi

Karbon kislotalarning umumiy formulasi :

Bu yerda m – karboksil gruppalarning soni, kislotaning nrgizligini bildiradi.
Karboksil gruppaga ikkala kislorod atomlari ugleroddan bir xil masofada joylashganligi sababli elektron zichliklari ham bir xilda taqsimlangan.
Karboksil gruppada uglerod atomi sp2 gibridlanish holatida bo’ladi.
Karbon kislotalarning gidroksil ( - OH) gruppasidagi vodorod atomi spirtlar molekulalaridagiga nisbatan ancha harakatchan. Shunung uchun suvda erigan karbon kislotalar vodorod ionlarini chiqarib dissotsiyalanadi.

Karbonil gruppadagi uglerod bilan kislorod orasidagi elektron zichlik kislorodga tomon siljiganligi uchun uglerod atomi ma’lum darajada musbat zaryadga (+σ) ega bo’ladi , natijada bu uglerod atomi gidroksil ( - OH) gruppadagi kislorod atomidan elektron zichlikni o’ziga tortadi . Gidroksil gruppadagi kislorod atomi tomon surilgan elektron zichlik evaziga qo’shni vodorod atomi elektron zichligini o’ziga tortadi. Buning natijasida gidroksil gruppadagi, kislorod atomi bilan vodorod atomi orasidagi bog’ ancha qutli bo’lib qoladi va vodorod atomi katta harakatchanlikka ega bo’ladi, ya’ni karboksil gruppada elektronlarning siljishi sodir bo’ladi.

Molekulasida karboksil gruppaning soniga qarab karbon kislotalar :

  1. Bir asosli va ko’p asosli bo’ladi;

  2. Radikalning tabiatiga qarab to’yingan, to’yimagan va aromatik bo’ladi.

Bulardan eng muhimlari bir asosli to’yingan karbon kislotalardir.
To’yingan radikalli, bir asosli kislotalarning umumiy formulasi R – COOH yoki CnH2n-1COOH, bu yerda n≥0.
Molyar massasi M = 14n + 46
To’yingan bir asosli karbon kislotalarning nomlanishida harakterli qo’shimcha “at” .
Bir asosli karbon kislotalar molekulasida bir xil sondagi uglerod atomlari bo’lgan mirakkab efirlar bilan izomer.
Masalan :


Yüklə 499,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin