Fizikaviy xossalari : quyi karbon kislotalar chumoli, sirka va propion kislotalar odatdagi sharoitda harakatchan suyuqlik. Suv bilan har qanday nisbatda aralashadilar. Moy kislotadan (C4) kaprin (C9) kislotagacha moysimon suyuqlik, qo’lansa hidli suvda kam eriydi. C10 dan boshlab keyingi vakillari qattiq kristall moddalar, suvda umuman erimaydi, ammo organik erituvchilarda yaxshi eriydilar. Nisbiy molekulyar massalarining ortishi bilan ularning suvda eruvchanligi kamayadi, qaynash temperaturalari ortadi. Normal tuzilishdagi kislotalarning qaynash temperaturalari izo – holatiga qaraganda yuqori bo’ladi.
Yuqori kislotalar pelargon (nonan) CH3 – (CH2)7 – COOH kislotadan boshlab ular hidsiz bo’ladi.
Karbon kislotalarning suyuqlanish va qaynash temperaturalari uglerod atomlarining soni bir xil bo’lgan spirtlarga qaraganda ancha yuqoridir. Buning asosiy sababi kislotalarda bodorod bog’ining spirtlarga nisbatan ancha kuchli bo’lganligidir. Vodorod bog’lanish tufayli siklik yoki chziqli struktura hosil bo’ladi:
Kislotalar
da vodorod bog’lanish energiyasi 29,3 KDJ/mol bo’lsa, spirtlarda bu energiya 12, 5 – 21 KDj/mol ga teng bo’ladi.
Kimyoviy xossalari. Karbon kislotalarning kuchi karboksil gruppasi bilan bog’langan atom yoki atomlar gruppasiga bog’liqdir. Karbon kislotalarning dissosiyalanish konstantasi radikalning kattalashishi bilan kamayadi.
Masalan sirka kislotasining dissosiyalanish konstantasi K = 1,76 ∙10-5, valerian kislotasiniki K = 1,5 ∙10-5. Karbon kislotalarning kuchi mineral kislotalarnikidan ancha kichik, ya’ni ular kam dissosiyalanadi. Karbon kislotalari orasida kuchlirog’I chumoli kislotasi bo’lib, K = 2,14 ∙10-4.
Agar karbon kislota radikalidagi vodorod, elektromanfiy zaryadga ega bo’lgan galogenga o’rin almashsa, bu holda galogenning soniga va joylashgan o’rniga qarab kislotalik kuchi har xil bo’ladi.
Masalan :
K =1,76∙10-5 sirka kislotasi misolida ko’rsak, quydagicha bo’ladi :