Karbon kislotalar. Karboksil gruppaning tuzilishi. Karbon kislotaning fizik va kimyoviy xossalari. Bir asosli kislotalarning asosiy vakillari : chumoli kislota (uning o’ziga xos xususiyatlari), sirka, stearin, olein va boshqa kislotalar



Yüklə 499,06 Kb.
səhifə2/5
tarix02.06.2023
ölçüsü499,06 Kb.
#123508
1   2   3   4   5
Karbon Kislotalar

Izomeriyasi va nomenklaturasi :
To’yingan bir asosli karbon kislotalarni nomlashda kislotalar dastlab nimadan olingan bo’lsa, shu manba nomi bilan ataladi. Masalan : tarixiy nomenklatura bo’yicha chumoli kislota - chumolidan olingan, sirka kislota sirkadan, moy kislotasi sariq moydan olingani uchun ular olingan mahsulot nomi bilan atalgan.
Bu nomlarga tarixiy nomlar deyiladi. Rasional nomenklatura bo’yicha bir asosli karbon kislotalarni nomlashda barcha kislotalarni sirka kislotasining hosilasi deb qaraladi.
Masalan :

Sistematik nomenklaturaga ko’ra karbon kislotalarni nomlarini tuzishda :





  • Bu zanjirdagi uglerd atomlari karboksil gruppasidan boshlab nomerlanadi;

  • Uglerod atomlari soniga muvofiq keladigan alkan nomiga “at” qo’shimchasi qo’shiladi va yon radikallarning holati ko’rsatiladi.

Masalan :


  • Ayrim hollarda kislotalarning nomlarini tuzishda bosh zanjirdagi uglerod atomlarining karboksil gruppa yonidagi uglerod atomidan boshlab grekcha harflar (α,β,γ…) bilan belgilab nomlashdan ham foydalaniladi.

Masalan :

To’yingan bir asosli karbon kislotalarning birinchi uch vakili chumoli – HCOOH, sirka – CH3COOH va propion - CH3CH2COOH kislotalarning izomerlari yo’q. Moy kislotadan boshlab izomerlar paydo bo’ladi. Masalan, moy kislotada ikkita izomer bo’ladi :

Valerian kislotaning 4 ta izomeri bor :





TARMOQLANMAGAN KARBON KISLOTALARINING GOMOLOGIK QATORI

Formulasi

Nomlanishi

Struktura formulasi

HCOOH

Matanat (chumoli)



CH3 – COOH

Etanat (sirka)



CH3 – CH2 – COOH

Propanat (propion)



C3H7COOH

Butanat (moy)



C4H9COOH

Pentanat (valerian)



C5H11COOH

Geksanat (kapron)



C6H13COOH

Geptanat (enant)



--------------------------------------------------------------------------

C15H31COOH

Palmetinat yoki geksodekan kislota



C6H33COOH

Margarinat yoki geptadekan kislota



C17H36COOH

Stearinat yoki oktadekan kislota



Bir negizli to’yinmagan karbon kislotalar ham mavjud.




Yuqori to’yinmagan karbon kislotalari fazoviy sis- va trans – izomer holida mavjud bo’ladi.
Masalan :

Bir negizli aromatik karbon kislotalar misolida C6H5COOH yoki
xizmat qiladi.
Benzoy kislota oq, kristallik modda, suvda oz eriydi.

Yüklə 499,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin