Merkantilizm va uning vakillari – ijodiy merosidagi ham pozitiv, ham negativ unsurlar nuqtai nazaridan, iqtisodiy ta’limotlar tarixida o’chmas iz qoldirdi.
Birinchidan, merkantilistlar konstepstiyasi deyarli butunlay muomala sohasidagi xo’jalik hayotining amaliyotiga qaratilgan. Shunday bo’lsada, bu ularga ko’plab iqtisodiy kategoriyalarni ilmiy muomilaga kiritish, savdo sohasi, ssuda operastiyalari va pul muomalasining muhim qonuniyatlarini aniqlab berish imkonini beradi. Lekin iqtisodiyotning boshqa sohalariga bo’lgan ularning ta’siri doimo aynan bir xil bo’lgan emas.
Masalan, mamlakatning o’z sanoati va savdosini rivojlantirishi uchun pul muhim vosita ekanligini to’g’ri tushuntirib bergach, merkantilistlar shunday bo’lsada milliy iqtisodiyotga xorijiy investistiyalarni jalb qilishga e’tibor bermadilar. Bundan tashqari, ular uchun ishsizlik muammosi ham muhim hisoblanmagan. «Ixtiyoriy ishsizlik»ning asosiy sababi ishlamaslik xohishini keltiribchiqaruvchi yoki «yalqovlik», yoki «axloqiybuzuqlik» hisoblangan.
Ikkinchidan, merkantilizm bozor munosabatlari shakllanishining va Evropada ancha rivojlangan mamlakatlar – Angliya va Franstiyada uning o’rnini olgan klassik siyosiy iqtisodning o’ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqardi.
Xususan, Franstiyada XVII asrda moliya vaziri Jan Batist Kolber ancha faol protekstionizm siyosatini olib borgan davrda sanoatning qudratli manufaktura tarmog’i yaratildi. Ammo bir vaqtning o’zida mamlakat tashqarisiga don chiqarishni man etish va boshqa mamlakatlardan uni erkin olib kelish yo’li bilan fermer xo’jaliklarining shakllanishiga to’sqinlik qilindi. O’sha davrdagi Franstiya ichki bozorining uning azaliy raqibi – Angliyaga nisbatan «torligi» oqibatda aynan shu vaziyatga bog’lab tushuntirildi. Natijada, franstuz merkantilizmi kolbertizm deb atala boshladi, klassik siyosiy iqtisod doirasidagi o’ziga xos franstuz maktabi esa fiziokratizm ta’limoti deb yuritildi.
Angliyada esa merkantilizm, iqtisodiy tarixdan ma’lumki, Franstiyaga nisbatan ancha «unumli» bo’ldi. XVII asrdagi savdo va sanoat sohasidagi bu mamlakatning protekstionizm siyosatidagi asosiy yutuqlari, odatda, Ost- Indiya kompaniyasi rahbarlaridan biri – Tomas Man nomi bilan bog’lab tushuntiriladi. Shu narsa ham ma’lumki, aynan Angliyada merkantilizm bilan bo’lgan g’oyaviy kurash natijasida eng muhim nazariy xulosalar ishlab chiqildi va ular A.Smit, D.Rikardo, T.Maltus, J.S.Mill va boshqalarning asarlarida o’z aksini topdi. Bundan tashqari, Angliya XIX asrda ancha kuchli rivojlangan mamlakat sifatida eng muhim
antimerkantilistik chora- tadbirlarni, jumladan ichki va tashqi savdoda to’la erkinlik siyosatini amalga oshira boshladi.